Yakun yasab shuni aytish mumkinki, yer tuzishda EТ - bu yer tuzish sohasida
malakali mutaxassislar (ekspertlar) bilimlarini EHM da taqdim etish uchun
mo’ljallangan, yer tuzish masalalarini yechishda oddiy bajaruvchilarga
foydalanish imkonini beradigan maxsus vositalar tizimidir.
Yer tuzishda EТ ni ishlab chiqish va joriy etish loyihalashning yangi texnolo-
giyasi yaratilishiga olib kelishi kerak. Unda loyihani ishlash bosqichlarining
130
an’anaviy majmui, o’zaro aloqalarining barcha murakkabliklari bilan yagona
masala sifatida qaraladi.
Nazorat savollari va vazifalar
1.
EТning asosiy tuzilishini bayonlang.
2.
EТni yaratishning asosiy bosqichlarini sanab bering.
3.
Sun’iy intellekt tizimini ishlashda qanday turlardagi instrumental vositalardan
foydalaniladi?
4.
EТning boshqa avtomatlashtirilgan axborot tizimlari oldidagi ustivorligi
nimalardan iborat?
5.
Yer tuzish ekspert tizimiga qisqacha ta’rif bering.
IX- BOB.
«PANORAMA» GEOAXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN
YER TUZISH VA YER KADASTRI ISHLARINI
AVTOMATLASHTIRISHDA FOYDALANISH
Panorama majmui 4 ta geoaxborot texnologiyasini: professional GAТ karta
2005, ishlovchining instrumentariyi Gis Toolkit, kadastr tizimi «Yer va huquq»,
vektorlovchi Panorama – taxrirchi va boshqa GAТ lar bilan ma’lumotlar almashish
uchun konvertorlarni (DXF/DBF, MIF/MID, Shape, S57/S52, SXF, GEN va
sh.o’.), maxsus ishlovlarni (boshqarish, aloqa, navigatsiya, ekologik monitoring va
boshq.) o’z ichiga oladi.
Barcha texnologiyalar foydalanuvchilar uchun ochiq. Har xil almashish
formatlari qo’llab-quvvatlanadi, elektron kartalar klassifikatorlarini rostlash
ta’minlanadi, koordinatalarning va kartalar proyektsiyalarining har xil tizimlari
qo’llab-quvvatlanadi. Ko’plab dasturlar boshlang’ich matnlarda keltirilgan, tizim
markazi kutubxonalari Windows CE, Linux (MC BC), QNX, OC PB 2 tizimlariga
ko’chirilgan, Intel, Spars, Mips protsessorlari, Borland S++, Microsoft Visual S++,
Watcom S++, GNU S++ translyatorlari qo’llaniladi.
API – kutubxonalar interfeysi ochiq bo’ladi.
Haraktdagi ilovalarni ishlash uchun kutubxonaning maxsus versiyasi va
ma’lumotlarning kompakt formati qo’llanadi.
Boshlang’ich ma’lumotlarni tayyorlash va ishlash Windows/Intel
131
platformasida bajarilishi, ilovalarni bajarish esa mobil qurilmalarda amalga
oshirilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |