S avezbayev


II-BOB. YER TUZISHNI AVTOMATLASHTIRISHNING HOZIRGI



Download 1,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/85
Sana14.06.2022
Hajmi1,62 Mb.
#669591
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   85
Bog'liq
YeTLAT darslik

II-BOB. YER TUZISHNI AVTOMATLASHTIRISHNING HOZIRGI 
HOLATI 
1. Yer tuzishni avtomatlashtirish tizimlarining dasturiy ta’minoti 
 
Yer tuzishni loyihalashning avtomatlashgan tizimini yaratish bir tomondan 
EHMlarning xotira sig’imiga va tezkorligiga bog’liq bo’lsa, ikkinchi tomondan 
dasturiy ta’minotiga bog’liq. Dasturiy mahsulotlar qo’yilgan vazifalarni to’la 
bajarishga mo’ljallangan dasturiy majmualar bo’lib, sanoat mahsuloti tarzida 
yetkazib beriladi. YEТLAТ da foydalaniladigan dasturiy mahsulotlar bozorining 
hozirgi tahlili shuni ko’rsatadiki, ular o’zlarining bajaradigan vazifalari, quvvati, 


16 
servis xizmatlari, ishonchliligi va ularga kiritiladigan kontseptual yechimlari bilan 
bir-birlaridan farq qiladi. 
Yer tuzish masalalarini yechishda qo’llaniladigan dasturiy maxsulotlarni 
(DM) shartli ravishda, har xil instrumental to’plamlardan (paketlar) foydalanmay-
digan va foydalanadigan guruhlarga bo’lishimiz mumkin. Birinchi guruhga kiradi-
gan barcha mahsulotlarni, ularning vazifalarni yechish imkoniyatlaridan va bu 
imkoniyatlardan to’la foydalanish mumkinligiga qarab, bir necha darajalarga 
bo’lish mumkin.
Birinchi darajali
dasturiy mahsulotlarga loyihalashning avtomatlashtirilgan 
tizimlarini yaratishga mo’ljallangan dasturiy mahsulotlar kiradi. Ularning eng ko’p 
tarqalganlari: AutoCAD, CAD+GEO. AutoCADning oldingi avlodlarida murakkab 
dasturlarni AutoLISPga (AutoCAD ga o’rnatilgan dasturlash turi) yozishda EHM 
larning tezligi va tezkor xotirasi sig’imi kamligi bilan bog’liq muammolarga duch 
kelindi.
AutoCAD ning oxirgi avlodlarida ko’plab muammolar yechildi, biroq, shuni 
hisobga olish kerakki, bu mahsulot asosan LIAТ masalalarini yechishga 
mo’ljallangan va yer tuzishning avtomatlashtirilgan texnologiyalarini shakllantirish 
uchun asosiy vosita bo’la olmaydi. Lekin, u yer tuzish ishlarining umumiy 
texnologik tizimidagi bir element sifatida xizmat qilishi mumkin.
Ikkinchi darajaga 
LIAТ asosiy vazifalaridan tashqari qo’shimcha 
imkoniyatlarga ega dasturiy vositalarni kiritish mumkin, masalan, ular ayrim yer 
tuzish kartografiyasi masalalarini yechish va uncha murakkab bo’lmagan 
geoaxborot tizimlarni yaratish bo’yicha qo’shimcha imkoniyatlarga ega. Bu 
darajadagi mahsulotlar o’z ichiga ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimini 
(MBBТ) oladi va obyektning yozma tavsifi bilan chizma ma’lumotlari orasida 
aloqa o’rnatishni ta’minlaydi. Ularga 
CADdy 
to’plamini, 
ObjectLand,
Geopolis 
dasturiy majmualarini kiritish mumkin. 
Uchinchi darajaga 
to’la miqyosli geoaxborot tizimlarini yaratish 
vositalariga ega dasturiy mahsulotlar kiradi. Bularga 
Arc/Info, ArcView 3.5
gacha
 
Map info, GeoMedia Professional
mahsulotlarni kiritish mumkin.


17 
Geoaxborot tizimlarini yaratish yer tuzishni loyihalash va kartografiya 
masalalarini avtomatlashtirish masalalarini yechish uchun nisbatan keng tarqalgan 
vosita Amerika atrof muhit tizimlarini o’rganish institutida (ESRI) ishlangan 
dasturiy mahsulot - 
Arc/Info
hisoblanadi. 
ArcInfo
tarkibidagi qator modullar kartalarni sonli asosga o’tkazish, har xil 
shakllardagi ma’lumotlarni almashish, ma’lumotlar bazasi bilan ishlash, kartalarni 
ishlash va ularni ekranda ko’rsatish, ma’lumotlarni guruhlash, ishlangan tavsifiy 
ma’lumotlarni jadval shaklida berish, har xil so’rovlarni shakllantirish, interaktiv 
grafikaviy tahrirlash, obyektlarni ularning manzillari va nomlari bo’yicha topish, 
optimal yechimlarni topish bo’yicha masalalarni yechish, qattiq asoslarda 
kartalarni tayyorlab chiqarishni ta’minlaydi. Bu tizimning kamchiliklariga 
grafikaviy (chizmalarga) ishlov berish tezligining pastligi va foydalanuvchilar 
uchun ma’lum darajadagi yopiqligi kiradi.
LIAТ va GAТ texnologiyalari birlashtirishning ajoyib namunasi sifatida 
ArcCAD
dasturiy mahsulotini ko’rsatish mumkin. Bu mahsulotni 
ArcInfo
ga va 
uning o’lchamida yaratilgan mahsulotlarga to’la birlashgan 
AutoCAD
tizimi 
sifatida qarash mumkin. U tasvirlarni tahrirlash, sathlar yuzalarini modellashtirish, 
poligonlarni joylashtirish, bufer (himoya) mintaqalarini yaratish va boshq. 
imkoniyatlarni beradi.
Тo’rtinchi darajaga
geoaxborot tizimlarini (GAТ) yaratish, kartografik 
materiallarni qayta ishlash va boshlang’ich kartografik-geodezik ma’lumotlarni 
qayta ishlashdan to tuziladigan loyihaning asosiy nusxasini tayyorlashgacha 
bo’lgan, to’la avtomatlashgan texnologik jarayonni yaratish uchun kuchli 
vositalarga ega dasturiy mahsulotlar kiradi. Ularga 
Intergraph
firmasining MGE 
mahsulotlari, ESRI va Erdas firmalarining 
ArcInfo 8,0
va undan yuqori hamda 
Erdas Imaging komplekslari (majmualari) kiradi. Hozirgi kunda Rossiyaning 
«Ponorama» va Belorusiyaning «Kredo-Diolog» dasturiy majmualarini ham ushbu 
darajaga kiritish mumkin.
Eng taniqli va kuchli geografik axborotlar bilan ishlashga va kartografik 
tasvirlarni qayta ishlashga mo’ljallangan dasturiy texnik majmua MGE va 


18 
Intergraph
firmasining masofaviy zondlash ma’lumotlarini qayta ishlovchi 
dasturiy vositalari hisoblanadi. Bu tizim har xil kartalarda, kosmik va 
aerotasvirlarda va boshq. keltirilgan. Har xil hududiy chegaralangan yozma va 
chizma ma’lumotlarni kiritish, saqlash, qayta ishlash, tahlil qilish, birlashtirish va 
modellash uchun ko’plab vazifalarni bajarish bo’yicha katta imkoniyatlarga ega.
Intergraph 
dasturiy mahsulotlari orasida yuqori darajada murakkab
grafikaviy tasvirlar bilan ishlash, kartografik ma’lumotlarni qayta ishlash va tahlil 
qilish, ma’lumotlar bazasida axborotlarni saqlash va kiritish, uch o’lchamli model-
larni tuzish, o’z texnologiyasiga tayyor yoki foydalanuvchi tomonidan ishlangan 
mavzu bo’yicha modullarni kiritish, zarur interfeyslarni yaratish uchun har xil 
amaliy vazifalarni ta’minlaydigan xususiy foydalanish tizimini yaratish mumkin.
«Panorama» geoaxborot texnologiyasi o’z ichiga kasbiy GAТ karta 2005, 
sanoat tipidagi elektron kartalar vektorizatori Ponorama – tahrirchi, har xil 
qatlamlar uchun GAТ ilovalarni tayyorlash uchun instrumental vosita GisToolKit 
va yer egalarini hisobga olish hamda ro’yxatdan o’tkazish tizimi «Yer va huquq»ni 
oladi.
“Panorama” geoaxborot texnologiyasi yuqorida keltirilgan 4 ta bir birovini 
to’ldiruvchi dasturiy majmuadan iborat bo’lib, bugungi kunda yer tuzish va yer 
kadastri ishlarini avtomatlashtirish imkonini beradigan texnologiya hisoblanadi. Bu 
texnologiya Rossiyada ishlanganligi sababli, foydalanishda qulay va MDH 
tarkibidagi davlatlar yer tuzish tizimiga tez moslashtiriladi.
“SREDO” dasturiy kompleksi ham bugungi kunda yer tuzish va yer kadastri 
ishlarini avtomatlashtirish imkonini beradigan va oliy o’quv yurtlarida ta’lim 
jarayonlariga joriy etish uchun mo’ljallangan. Uning tarkibida 5 ta o’quv 
to’plamlari bor: Umumiy to’plam; “Yo’llar” to’plami; “Injenerlik geologiyasi” 
to’plami; “Geodeziya va yer tuzish” to’plami; “Sanoat va fuqarolik qurilishi” 
to’plami. Hamma to’plamlar 11 kompyuter birlashtirilgan tarmoqda ishlashga 
mo’ljallangan. Server vazifasini bajaruvchi kompyuter tarmoq himoya kalitlarini 
o’rnatish uchun LPT yoki USB portlariga ega bo’lishi kerak. 
Yuqoridagi aytilganlardan ko’rinib turibdiki yer tuzishni loyihalashning


19 
avtomatlashtirilgan tizimini yaratish quyidagi masalalarni yechishni taqoza etadi: 
- YEТLAТning maqsadini, obyektlarini, tarkibini va vazifalarini belgilash; 
- YEТLAТni yaratishning nazariy asosini tashkil etuvchi kontseptsiyasini 
ishlash; 
- YEТLAТning kontseptual asoslaridan kelib chiqadigan, uning element-
larini loyihalashga qo’yiladigan talablarni aniqlash. 

Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish