12
(ТGMIBAТ);
- kartografik ma’lumotlarga ishlov berish (KMIBAТ)
- yer kadastri (YEKAТ);
- yer tuzishning rejaviy hisoblashlari (YEТRHAТ)
Bu bo’linishdagi ayrim tizimlar boshqa tizimlar
tarkibiga kirishi ham
mumkin (masalan ТGMIBAТ YEKAТ tarkibiga kirishi mumkin). Biroq ularning
asosiy funktsional vazifalari (1-rasm) ularning yuqori tizim tarkibida ham yetarli
darajada mustaqil ishlash imkonini beradi. ТGMIBAТ ma’lumotlarni elektron
taxeometrlar, yer yo’ldoshlari tizimlari, digitayzerlar, skanerlar, an’anaviy usullar
va
vositalardan foydalanib, aerotasvirgeodezik va yerda tasvirga olish usullari
yordamida olishga mo’ljallangan. Uning yordamida olingan obyekt to’g’risidagi
ma’lumotlar asosida topografogeodezik ma’lumotlar banki yaratiladi.
Kartografik ma’lumotlarga ishlov berish tizimi (KMIBAТ) kartografik
materiallarni sonli ma’lumotlarga aylantirish va hududning sonli modelini yaratish,
yaratilgan yoki boshqa tizimlardagi hududning sonli modellaridan kartalarni
tuzishda, ularni ko’paytirishda grafikaviy tahrirlashda foydalanish uchun
qo’llaniladi.
Yer kadastrining avtomatlashtirilgan tizimi (YEKAТ) yer uchastkalarining
son va sifat tavsiflari bo’yicha ma’lumotlarni o’zida mujassamlaydi va yer hisobini
olib borishga, yer egaliklari va yerdan foydalanishlarni ro’yxatga olishga,
tuproq
bonitirovkasini o’tkazishga, yerlarni baholashga, yerlardan foydalanish ustidan
nazoratni olib borishga va davlat organlarini yer munosabatlarini huquqiy tartibga
solish, iqtisodiy ta’sir va rag’batlantirish usullaridan foydalanishlari uchun axborot
bilan ta’minlashga qaratilgan.
REТHAТ yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilishni rejalash va
bashoratlashga, yerga egalik qilish va yerdan foydalanish sohasidagi maqsadli
davlat dasturlarini ishlashga, yer munosabatlarini tartibga solishning iqtisodiy
mexanizmini
joriy etishga, standart va nostandart so’rovlarni ma’lumotlar bilan
ta’minlashga qaratilgan.
13
1-
rasm. Yer resurslarini boshqarishning avtomatlashgan tizimlari
YEТLAТ esa yer tuzish masalalarini yechishning asosiy tizimi bo’lib, u
xo’jaliklararo va xo’jalikda ichki yer tuzish ishlarini bajarishda, ishchi loyihalarni
amalga oshirish ustidan mualliflik nazoratida foydalaniladi.
Тopografo-geodezik ma’lumotlarni olish va ishlov berishning
avtomatlashgan tizimi (ТGMIBAТ)
Ichki tizimlar: kosmik, aerotasvirgeodezik, yerda to’planadigan
ma’lumotlar.
Kartografik ma’lumotlarga ishlov berishning avtomatlashgan tizimlari
(KMIBAТ).
Ichki
tizimlari:
kartografik
materiallarni
sonli
ma’lumotlarga aylantirish va yer yuzasining sonli modelini yaratish;
koordinatalarni, shartli belgilarni, karta o’lchamlarini sonli ko’rinishga
aylantirish; kartalarni tuzish,
geografik tahrirlash, ko’paytirish,
yangilarini yaratish.
Yer kadastrining avtomatlashtirilgan tizimi (YEKAТ). Ichki tizimlari:
yer yuzasining sonli modellarini yaratish, yig’ish va tuzatishlar kiritish;
birlamchi ma’lumotlarga ishlov berish; yer egaliklari va yerdan
foydalanishlarning yerlarini hisobga olish, ro’yxatdan o’tkazish;
yerlardan foydalanishni nazorat qilish, yer monitoringi; me’yoriy
ta’minotni shakllantirish; standart so’rovlar bo’yicha
hujjatlarni
tayyorlash, nostandart so’rovlarni ta’minlash.
Rejaviy yer tuzish hisoblashlarini avtomatlashtirish tizimi (REТHAТ).
Ichki tizimlar: maxsus me’yoriy axborot ta’minoti; yerdan
foydalanishni rejalash va bashoratlash; yerdan samarali foydalanishni
tashkil etish bo’yicha tadbirlarni dasturlash; yerdan foydalanishning
maxsus tartibi va shartlariga ega hududlar chegaralarini belgilash.
Yer tuzishni loyihalashning avtomatlashtirilgan tizimi (YEТLAТ).
Ichki tizimlari: me’yoriy axborot ta’minoti; yer tuzish ishlarini tashkil
qilish
va rejalashtirish; loyiha oldi hisoblashlari; xo’jaliklararo yer
tuzish; xo’jalikda ichki yer tuzish; ishchi loyihalash
14
1-rasmda keltirilgan tizimlar orasidagi aloqalarni va yangi bozor iqtisodiyoti
sharoitidagi yer tuzish ishlari mazmunini tahlil qilish «O’zbekiston yer resurlarini
boshqarish» super tizimining modelini yaratish mumkinligini ko’rsatadi va ushbu
super tizim tarkibida YEТLAТ ning o’rnini aniqlaydi (2 rasm).
2-rasm. Davlat yer resurslarini boshqarishning avtomatlashgan tizimi tarkibida
YEТLAТ
Yer tuzishni loyihalash ishlari bilan «O’zdaverloyiha» instituti va uning
viloyatlardagi bo’linmalari shug’ullanishlarini hisobga olib YEТLAТ ni ushbu
institutda va uning viloyat bo’linmalarida tashkil etish maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: