S avezbayev



Download 1,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/85
Sana14.06.2022
Hajmi1,62 Mb.
#669591
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   85
Bog'liq
YeTLAT darslik

Birinchi guruhga
o’ta quvvatli, ochiq turdagi, tarmoqda foydalanishga mo’l-
jallangan va ko’plab ilovalarga ega tizimlar kiradi. Тizimning ochiqligi foydala-
nuvchiga o’zi hohlagan qo’shimcha masalalarni yechishga, yangi formatdagi 
ma’lumotlarga, hamda har xil ilovalar orasidagi aloqalarga qiyinchiliksiz 
moslashishni ta’minlaydi. Bu guruhda ko’proq tanilgan GAТ 
Intergraph
firmasi-
niki va 
Frc/info
tizimi hisoblanadi. Ular har xil rejimda ishlaydigan kartografiya 
materialini sonli shaklga keltirish blokiga ega, ko’p sonli tashqi qurilmalardan 
foydalanadi, ko’p kanalli rejimda ishlaydi, menyuni to’g’rilashga yo’l quyadi, har 
xil murakkablikdagi dasturlash tillari o’rnatmasiga ega, foydalanuvchilar 
ilovalarini yuqori darajadagi tillarda (Cu 
++
va Pascal) yozish imkonini beradi. 
Ikkinchi guruh
ham asosan ochiq tizimlardan tashkil topgan, ko’proq geode-
ziya sohasidagi katta miq’yosli ilovalarga yo’naltirilgan; uning asosida obyektlarni 
joylarga bog’lashni ta’minlovchi har xil o’lchashlar va hisoblashlar o’tkaziladi. Bu 
tizimlar foydalanuvchilar interfeyslari, ma’lumotlarni kiritish imkoniyatlari bo’yi-
cha ojizroq, biroq aniq masalalarni yechishda samaraliroq va arzonroqdir. Ularga 
ProCart, FinGis,
Gradis, Grical/Grivis, Sistem-9
va boshq. kiradi. Ular quvvatli, 
zarur qo’shimcha qurilmalar bilan ta’minlangan ishchi stantsiyalarga o’rnatiladi. 
Uchinchi guruhga
yanayam quvvatsizroq, stolda ishlatiladigan oddiy 
shaxsiy kompyuterlar asosida ishlaydigan GAТlar kiradi. Ularda tarmoq 
tomonidan qo’llab quvvatlash yo’q yoki yetarlik darajada emas, ma’lumotlar 
bazasi hajm va bajariladigan operatsiyalar tezlik bo’yicha cheklangan. Bu guruh 


23 
GAТlariga 
MapInfo, WinGis, ArcView, AtlasGis, GeoGraf
va boshqalar kiradi. 
Ular asosan ilmiy, o’quv va ma’lumot olish maqsadlarida foydalanish hamda 
kattaroq GAТlar uchun ma’lumotlar tayorlashga mo’ljallangan. 
Yer kadastrining avtomatlashtirilgan tizimlari rivojlanishi, har xil yerlar va 
ular bilan bog’liq ko’chmas mulklarni baholash, hisobini olib borish bilan bog’liq 
tasvirga olishlar, avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari va avtomatlashtirilgan 
xaritalash maxsus yer axborot tizimlari (YEAТ, ing. LIS) paydo bo’lishiga olib 
keldi. Ular yer tuzish ishlarini bajarishda ham keng qo’llanila boshladi. 
Yer tuzish izlanishlarida GAТ hududlar to’g’risidagi ma’lumotlarni yig’ish, 
uzatish, saqlash, tahlil qilish, ko’rsatish va chiqarish tizimi sifatida katta 
ahamiyatga ega. Хususan YEТLAТ va GAТ hududga bog’langan ma’lumotlarni 
yer tuzishni loyihalash maqsadida to’plash va foydalanish imkonini beradi. 
GAТ o’zida yaxshi ishlangan MBBТga va yer sathini tavsiflaydigan 
ma’lumotlarni boshqarish maqsadida yuqori darajali kompyuter grafikasiga ega. 
GAТ obyektlar yoki yer sathini tavsiflovchi har xil turdagi ma’lumotlarni – 
koordinatalar, shakllar, kenglik bo’yicha ma’lumotlar, yozma ma’lumotlar va 
sonlarni qayta ishlash imkonini beradi. Barcha har xil ma’lumotlar bitta modelga 
jamlanadi. Undan keyin chizmaga asoslangan interaktiv asboblar ma’lumotlarni 
boshqarishni, ularni tuzatishni, so’rovlar yaratishni, tahlilni va natijalarni 
chiqarishni ta’minlaydi. 
Yuqoridagilardan kelib chiqib GAТga quyidagi ta’rifni berish mumkin. 
GAТ - bu mashina - dastur majmuasi bo’lib, atrof muhitni inventarizatsiya-
lash, tahlil qilish, modellashtirish, bashoratlash va boshqarish bilan bog’liq hamda 
ta’lim sohasida tushunish maqsadida, ilmiy va amaliy masalalarni yechishda 
samarali foydalanish uchun, aniq hududga taalluqli kenglikka bog’langan 
ma’lumotlarni va boshqa axborotlarni yig’ish, saqlash, qayta ishlash, tasvirlash va 
tarqatishni ta’minlaydi. 
GAТ qo’llaniladigan sohalar juda keng. Ular: tabiiy resurslardan foydala- 
nish; qishloq xo’jaligi; landshaftli rejalash; yer to’g’risidagi ma’lumotlar tizimi 
(kadastrlar); atrof muhit va yerdan foydalanish; ekologiya; favqulotdagi holatlarni 


24 
tahlil qilish; shahardan tashqaridagi yerlardan foydalanish; statistika va 
modellashtirish; o’rmon xo’jaligi va biznes; tranport; turizm sanoati; shaharlarni 
rejalash; geologiya; ta’lim; sog’liqni saqlash va boshq. 
Kenglik ma’lumotlarini yoki oxirgi amaliy vazifani modellash turiga bog’liq 
bo’lmagan holda GAТ texnologiyasi quyidagi ustunliklarga ega:
- yagona birlashgan ma’lumotlar modeli har xil ma’lumotlarni boshqarishni 
yengillashtiradi va ortiqcha ishdan qutqaradi, bu esa xatolar soni kamayishiga va 
mehnat unumdorligi oshishiga olib keladi; 
- oddiy va o’rta murakkab masalalarni yechish uchun har xil turdagi hududiy 
va nohududiy ma’lumotlarni tahlil qilish va so’rovlarni kiritish, natijalarni 
bashoratlash, yechimlarni sinab ko’rish imkonini beradi; 
GAТning asosiy talablari quyidagilardan iborat: 
- kartografik ma’lumotlarni digitayzer, skaner, sonli fotokamera, sichqon 
yordamida kiritish, boshqa tizimlardan fayllarni olish (shu jumladan ma’lumotlar 
formatlarini almashtirib), rastrli tasvirlarni yarim avtomat interaktiv vektorlash; 
- kartografik va yozma ma’lumotlar bazasini boshqarish (ularning arxitektu-
rasini yaratish, kartografik va boshqa obyektlar orasida aloqani o’rnatish, 
ma’lumotlarni yangilash, izlash, tanlash); har xil turdagi vektorli va rastrli 
ma’lumotlar qatlamini, yuzalar qatlamini va uch o’lchamli obyektlarni qo’llash; 
- tizim ichida dasturlash tilining mavjudligi foydalanuvchiga tizim ichida 
hisoblash dasturlarini va boshqa foydalanuvchilar ilovalarini, yangi turdagi 
ma’lumotlar qatlamlarini yaratish imkonini beradi, boshqa ma’lumotlar bazasiga 
va GAТlarga erkin kirishni ta’minlaydi, foydalanuvchilarning interfeys tizimlarini 
o’zgartiradi va to’ldiradi; 
- koordinatalar tizimini o’zgartirish va kartografik proyektsiyalarni 
ellipsoidda va sharda o’zgartirish, tayanch nuqtalari bo’yicha tasvirlarni tuzatish; 
- o’lchashlarni o’tkazish (uzunlikni, maydonlarni, perimetrlarni, obyekt 
shakllari tavsiflarini hisoblash); 
- ma’lum uzoqlik shartlarini qoniqtiruvchi poligonlarni qurish, yaqin qo’shni 
poligonlarni izlash; 


25 
- ko’plab kartografik obyektlar ustida amallarni bajarish (bo’lish, qo’shish, 
chiqarish); 
- tarmoqlardagi amallar: optimal marshrutlarni aniqlash va boshq. 
- doimiy va vaqtinchalik tayanch nuqtalari tarmoqlari asosida yuzani qurish 
va ularni tahlil qilish; 
- har bir ayrim hudud bo’yicha ma’lumotlar butunligini buzmasdan va 
takrorlantirmasdan ko’plab hududlar bilan (har biri o’zining ichki koordinatalari 
ko’rsatkichlariga ega bo’lishi mumkin) yagona koordinatalar kengligida bir vaqtda 
kelishilgan tarzda ishlash imkoniyatini ta’minlovchi, virtual birlashtirilgan 
tartibdagi kartografik ma’lumotlar bilan ishlash; 
- hududlarni ustma-ust ko’p marta taxlash bilan georelyatsion ma’lumotlar 
bazasi arxitekturasini qurish, bu kartografik obyektdan uning yirik miq’yosli 
ko’rinishi hisoblangan yangi hududga o’tish imkonini beradi; 
- sonli fotogrammetriya va stereo tasvirlarni RSda qo’shish (keyinchalik 
stereo tasvirlarni yaratish va birinchi tasvirga olishda yuzaga keladigan geometrik 
og’ishlarni yo’qotish uchun stereo juftligi rasmlarini birlashtirish; aniq fotogram-
metriya masalasi uchun avtomatlashgan tarzda relyefning sonli modelini nisbiy va 
absolyut koordinatalar tizimida yaratish va chiziqli o’lchashlarni o’tkazish; sath 
chiziqlari va relyef tasvirining uch o’lchamli sonli modeli asosida sintezlash; rangli 
va oq-qora stereo tasvirlarni shaxsiy kompyuterlarda ko’rsatish; stereoskopik 
tasvirlarni miqyoslash); 
- hisobot shaklini umumlashtirish va tarkibiga oq-qora va rangli kartalarni 
yaratish, rasmiylashtirish, boshqa masshtabdagi kesimlari va tushuntirish matnlari 
keltirilgan oynalarni, grafik elementlarni va sh.o’. joylashtirish; 
- yozma va chizma ma’lumotlarni har xil printerlarda, plotterlarda chiqarish, 
fayllar yaratish, boshqa tizimlarga o’tkazish (shu jumladan ma’lumotlar 
formatlarini o’zgartirib). 
GAТlarda ishlatiladigan ma’lumotlar kartografik asosdan va unga mos 
ma’lumotlar bazasidan iborat bo’ladi. Chizma ma’lumotlar kompyuterlarga har xil 
usullar va manbalardan kiritiladi. Karta va planlarni sonli ko’rinishga o’tkazish 


26 
uchun digitayzerli kiritishdan – ya’ni har bir karta obyekti uchun koordinatalar 
nuqtalarini topish usulidan foydalaniladi. Bu ko’p mehnat va aniqlik talab etadigan 
qiyin jarayon, bunda xatoliklarga yo’l qo’yish xavfi katta. Shunga qaramasdan 
jarayonni avtomatlashtirish texnologiyasi ishlab chiqilgan: 1) kartografik asosni 
skanerlash (natijada karta rastr ko’rinishida saqlanadi, ya’ni matritsa shaklida, 
bunda har bir element bir nuqtani tavsiflaydi); 2) rastrni sonli ko’rinishga ekranda 
aylantirish. 
Dasturning avtomatlashtirilganligi darajasiga qarab, ekranda foydalanilayot-
gan tasvir vektorizatorga va ekran muharririga bo’linadi. Vektorizator avtomatik 
tarzda tasvirni sonli ko’rinishga o’tkazadi. Ekran muharriri digitayzerning o’rnini 
bosadi va bahosi bo’yicha yer tuzish tashkilotlarida foydalanish uchun qulay. 
Barcha quvvatli GAТlar (

Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish