3. Hozirgi sharoitlarda yer tuzish fanining rivojlanish xusus-iyatlari. Yer munosabatlarining butun tizimi o'zgarishiga olib keladigan iqtisodiy islohot, yerning ishlab chiqarish vositasi va tabiiy restirs sifatida ijtimoiy-iqtisodiy aharaiyatining oshishi bilan bog'liq yer tuzish oldida yangi murakkab masalalar paydo bo'ladi; ularning eng ahamiyatlilari quyida sanab o'tiladi:
1. Ma'muriy tumanlar yer tuzish chizmalari yer islohotining;
hududiy masalalarini - qayta taqsimlanadigan yeriar fondini yaratish,
mahalliy o'z-o'zini boshqarish organlariga va boshqalarga beriladigan
hududlar chegaralarini belgilash va boshqa ishlar uchun obyektiv
asosga aylanadi. Fermer xq'jaliklari, kichik shirkatlar, jamoa
bog'clorchiliklari yer egaliklari va yerdan foydalanishlari tashkil etilishi
bilan bog'liq xo'jaliklararo yer tuzish yanada rivojlanadi.
Noqishloq xo'jalik maqsadlari uchun yer ajratish loyihalarini iqtisodiy, huquqiy va texnik asoslash masalalari majmuasini ishlab chiqishga taiab kuchayadi.
Suv va shamol eroziyalari xavfi yuqori bo'lgan xo'jaliklar va tumaniarda hududni eroziyaga qarshi tashkil etishni jiddiy.; takomil-lashtirish zarurati tug'ildi. Bunday mintaqalarda ilmiy asoslar^an xo'jalikda ichki yer tuzish loyihalari allaqachon eroziyaga qarshi tadbirlar majmuasi asosiga aylandi. Biroq yaqin kelaj^kda adaptiv dehqonchilikning asosi bo'lib xizmat qilishi mumkin bo'iadigan yer tuzishning yangi tizimini ishlab chiqish kerak bo'ladi.
Yer tuzish fani oldida ozuqa olmadiganyerlardan (yaylpy va pichanzorlar) foydalanishni yaxshilash bilan bog'liq ahamiyatli va-zifalar turibdi. Ular hududlarini tashkil etish bo'yicha oldingi tav-siyaiar hozir yetarlik emas, takomillashtirishui; va mintaqaviy aniq-lashtirishni talab etadi. Madaniy sug'oriladigan va yaxsi^angan tabiiy yaylovlarda yer tuzish usullarini ishlab chiqish ham jkerak
Yer tuzish va meliorativ tadbirlarni, hududni tashkil etish va sug'orishni kompleks bog'lashning ko'plab masalalari yechilrnasdan qolmoqda. Xuddi shunday masalalar zaxi qochiriladigan yerlarda ham paydo bo'ladi.
6; Yer tuzish loyihalarini joriy etishni qishloq xo'jalik ishlab chiqarishini kelajakda joriy va tezkor rejalashtirish bilan mos-
187
lashtiruvclii !frslubiy&ttti- ishldb efiiqish- zarur. Buni loyihaning barcha tarkibiy qismlari va elementlari bo'yicha loyiha-smeta huj-jatlarini tayyorlash darajasiga etkazadigan ishchi loyihalar yofdamida bajarish mumkin.
7. Qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini intensivlash va ASM ko'p ukladlilikni rivojlantirish bilan bog'liq yangi vazifalar paydo bo'ldi. Yer tuzishning mulkchilik shakllari va yerda xo'jalik yuritish tuflari'iiing har xilligi, jamoa xo'jaliklarining ommaviy qayta tashkil etilishi sharoitlaridagi xususiyatlarini o'rganish kerak bo'ladi.
Yuqorida sanab o'tilgan yerdan foydalanishni tashkil etish masalalari nafaqat yer tuzish rejalari, chizmalari va loyihalarida, balki, yerlarni tekislashj meliorasiyalash va boshqa tegishli ishlarda ham yechilishi mumkin, biroq, har qanday vaziyatda ham bu yer tuzish masalalaridir. Shuning uehun har qanday yer tekislash ishlarini yer tuzish bilan bog'lash, ilmiy atamalarni unifikasiyalash, har xil tarmoqlarda va boshqarishning har xil darajalarida yerdan foydalanishga yondashuv usullari tizimi kerak.
Yer tuzish ishlarini ilmiy-uslubiy ta'minlash, ularni nazariy asoslash har xil ilmiy konsepsiyalardan kelib chiqib olib boriiadi. Ularning xo'jaliklararo va xo'jalikda ichki yer tuzish vazifalarini an'anaviy tushunish bilan bog'langan ayrimlari hozir yer islohoti ta'siri ostida yangicha ohang va mazmun kasb etdi. Fermer xo'jaliklari va boshqa mayda xo'jalik yurituvchi tuzilmalarni yaratish va ulaming hududlarini tashkil etish muammolarini o'rganuvchi yangi ilmiy yo'nalishni ham ajratib ko'rsatish kerak.
Yer kadastri hozir yer tuzish fanining mustaqil bo'limiga aylandi. Qadimdail yer hisobi va inventarizasiya, yerdan foydalanishlarni ro'yxatga o-Iish yer tuzish bilan ajralmas bog'liq edi; hozir ularga yer turlariniflg xalq xo'jaligidagi qimmatini aniqiash va sifat tavsifi, yer monitoritfgi qo'shildi. Yer kadastri ishlarini bajarish va ularning natijalaridah yer tuzishda foydalanish yer tuzish xizmatining ahamiyatli vazifasiga aylandi. Mamlakat yer fondini boshqarishning urhumiy muammolari tarkibida yer kadastri masalalarini yanada ilmiy ishlab chiqish talab etiladi.
Umuman, yer tuzish fanining ahvoli hali zamonaviy talablarga javob bermaydi. Uning yer tuzish va yerdan oqilona foydalanish
188
bo'yicha loyihaviy ishlarni ilmiy ta'minlashdagi ro]i tarmoqlararp ham, tarmoqlarda ham, ayniqsa qishloq xo'jaligida yetarlik emas, yer tuzish va ekologiyaning zaruriy bog'lanishi sezilmaydi. Ko'p ukladli iqtisodiyotning rivojlanishi, yerga xususiy mulkchilikning paydo bo'lishi, yer aylanishining murakkablashishi bilan bog'liq paydo bo'ladigan masalalarni yechish faqat endigina nazarda tutilmoqda. Bu sohalarda jiddiy yutuqiarga erishish uchun yer tuzishning ayrim umumuslubiy marralariga aniqlik qiritish kerak; ulardan eng asosiylarini sanab o'tamiz.
Yer tuzish nazariyasiga, eng awalo, yer tuzishning yerdan oqilona foydalanishni tashkil etish bo'yicha tadbirlar tizimi sifatida tushunchasini, maqsadlarini, vazifalarini, mazmunini, turlarini, har xil kb'rimshlarini, shakllarini va tamoyillarini aniqlash kiradi. Nazariya amaliyotga yo'nalish va aniq kelajakni beradi. Demak, unga nafaqat uslubiyat, ya'ni, «nimani va nima uchun qilish kerak?» degan savolga javob, balki usulni ham, ya'ni «qanday qilib va qanday ketma-ketlikda uni bajarish kerak?» degan savolga ham javob kiradi.
Ilmiy muammolar ichida umumiy va xususiylarini, uslubiyat va usiublarni ajratish kerak. Yerning ishlab chiqarish vositasi va tabiiy resurs sifatida faoliyatining umumiy qonuniyatlari asosida yer resurslaridan foydalanishni tashkil etishning umumiy tamoyillari shakllantiriladi, barcha vaziyatlarda loyiha yoki chizma yerdan foydalanishni tashkil etish yoilarini, usullarini, amallarini ko'zda tutuvchi bashorat yoki reja tuziladimi, ularga rioya qilish kerak. Bunday tamoyillarni hamda tushunchalar, maqsadlar va vazifalarni ifodalash yer tuzishning ilmiy asoslarining asosiy mazmunini tashkil etadi.