dorlik darajasi, balki, qishloq xo'jaligida foydalanilayotgan
U umdor yer turlarining ishlab chiqarish imkoniyatlarining yig'-
una (urnUmiy) ko'rsatkichi ahainiyatga ega. Bu qishloq xo'jalik yerlari
uradorligining «umumiy hajmi» - mamlakatimiz oziq-ovqat
salohiyatining judayam ahamiyatli ko'rsatkichidir.
Yerlar unumdorligi ularning qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan-ligini ko'rsatuvchi asosiy belgidir. Unumdorlik yeriarning ishlab chiqarishda haydalma yerlar, bog'lar, yaylovlar, pichanzorlar sifatida foydalanishga yaroqliligi bilan bog'liq.
Odatda tuproqlarning tabiiy va samarali (iqtisodiy) unumdorligi ajratiladi. Tuproqlarning tabiiy unumdorligi ularning buzilmagan holatida barcha tabiiy sharoitlar majmuasiga bog'liq. U tabiiy tuproq paydo bo'lish jarayoni natijasi bo'lib, mintaqalar bo'yicha bir-biridan keskin farq qiladi. Lekin dehqonchilik uchun o'zlashtirilishi natijasida tuproqlar keskin o'zgaradi, ularning sifat tavsiflarida asosiy o'rinni ularga berilgan sun'iy xususiyatlar egallaydi. Masalan, O'zbekistonning tabiiy unumdorligi nisbiy past bo'lgan o'tloqi tuproqlarida hozir qora tuproqli Ukrainaning va Rossiyaning qator viloyatlariga nisbatan yuqori hosil olinmoqda.
Tuproq unumdoriigimng asosiy ko'rsatkichi - tuproq qatlamida organik moddaning (gumusning) mavjudligidir. Kulrang o'rmon tuproqlarini va qora tuproqlarni uzoq vaqt donli, qator oralariga ishlov beriladigan ekinlarni ekish uchun foydalanganda ularning unumdorligi pasayadi - ma'danlashishi tezlashisht hisobiga gumus miqdorining kamayishi ro'y beradi, tuproqlar tarkibi yomonlashadi, uning jipslashishi oshadi, unumdor namlik zahiralari kamayadi, mikrobiologik faollik pasayadi.
Tuproqning samarali unumdorligi bu yerning o'simliklarni zarar biologik hosilni olish uchun ular hayotining barcha omillariga bo'lgan talabini qondirish qobiliyatining inson tomonidan o'zgartirilishidir. Tuproqlarning qishloq xo'jalik ekinlarining talablariga va adaptiv salohiyatiga, mehnat va moddiy-texnik vositalar xarajatlari bilan moslashishining boshlang'ich xususiyatlari qanchalik yaxshi bo'lsa, ularning hosildorligi shuncha yuqori va mahsulot birligini ishlab chiqarish xarajatlari past bo'ladi. Tuproqlarning tabiiy unum-°rngidan samarali unumdorlikka o'tish, odamning ish quroli
yordamida ishlab chiqarish vositasi sifatidagi yerga ta'sir etadigan ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirishini nazarda tutadi.
Tuproqlarning samarali unumdorligi agrar tarmoqlar rivojlani-shining ilmiy-texnik darajasi, ilg'or texnik vositalar va texno-logiyalarni qo'llash, xo'jalik yuritishning iqtisodiy mexanizmi bilan aiiiqlanadi.
O'zbekistonning ilmiy tashkilotlari tomonidan mamlakatimiz-ning barcha mintaqalarida tuproqlar unumdorligini oshirishning kelajak uchun modeliari ishlab chiqilgan. Ularni amalga oshirish yer tuzish o'tkazishni va melioratsiyalashni, ilmiy asoslangan dehqonchilik tizimlarini 6'zlashtirishni, boshqa tadbirlarni talab etadi. Tuproqlarning samarali unumdorligi qishloq xo'jaligida yer va inson omiliari orasidagi bog'lovchi bo'g'in hisoblanadi.
Sobiq ittifoq davrida^'zbekistonda yerdan foydalanish uzoq davr-largacha resurslarni tejash va ekologik xavfsizlikning elementar talablariga ham javob berm'as edi. Natijada mahsulot tannarxi to'xtovsiz o'sib bordi. Masalan 80-yillafda agrar sektorga mablag' qo'yish 40% oshgan bo'lishiga qararriasdan dehqdhchiliknmg ko'p mahsulotlarini yetishtirish kamaydi.
Yerlarning samarali unumdorligini oshirish hozirgi davrgacha lokal xarakterga ega; ularning degradatsiyasi kuzatilmoqda. Bu salbiy jarayonning oldini olish Uchun yerdan oqilona foydalanishning iqtisodiy mexanizmini yaratish, iqtisodiyotning agrar sektoriga kapi-talqo'yilmalar tarkibini o'zgartirish, uning yerni muhofazaiashga qaratilgan qismini ko'paytirib, barcha dehqonchilik mintaqalarida tuproqlarning unumdorlik xususiyatlarini kengaytirilgan qayta tiklashga erishish kerak.
Qishloq xo'jaligida va ayrim tarmoqlarda foydalaniladigan, biologik mahsulot yetishtirish bilan bog'liq yer ishlab chiqarish vositalari tarkibida asosiy o'rinni egallaydi. Uning o'ziga xos xususiyatlarini S.A.Udachin ko'rsatib o'tgan edi (Землеустороительное проек-тйрование/Под ред. В.Д.Кирюхйна. - М.: Колос, 1976. 10-11 'б'.). Ularning eng asosiylarini ko'rib chitiarniz.