Qonunni toHdiruvchi aktlar bu harakatdagi qonunlar asosida chiqarilgan va boshqa davlat organlari tomonidan bajarilishini ta'minlovchi me'yoriy hujjatlardir. Ularga Prezident farmonlari, hukumat qarorlari va farmoyishlari, vazirliklar va qo'mitalar, mahalliy hokimiyat organlarining ular vakolatiga kiritilgan masalalar bo'yicha buyraqlari, ko'rsatmalari, qoidalari, yo'riqnomalari kiradi.
105
Bunday hujjatlarga, masalan, O'zbekiston hukumatining «Fermer xo'jaligi to'g'risida», «Dehqon xo'jaligi to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi qonunlarini amalga oshirish muddatlari va chora-tadbirlari to'g'risida» (1998-yil), «Qishloq xo'jaligini isloh qilishga oid qonun hujjatlariga muvofiq qishloq xo'jaligi kooperativlari (shirkat xo'jaliklari) tuzish chora-tadbirlari to'g'risida» (1998-yil), «O'zbekiston Respublikasida davlat yer kadastrini yuritish to'g'risida»gi (1998-yil) va boshqa qarorlari kiradi.
Yer tuzish va yerdan foydalanishni hamda uni muhofaza qilishni tashkil etish masalalari bo'yieha qonunni to'ldiruvchi aktlarga qishloq va suv xo'jaligi vazirligi, Yer resurslari davlat qo'mitasi va boshqa yo'riqndmalari, ko'rsatmalari, buyruqlari ham kiradi. Ular, asosan, feqat shu organlar tarkibidagi muassasalar, tashkilotlar va mansabdor 'shaxslarga taalluqli bo'ladi. Xususan, quyidagilarni ko'rsatish mumkin: «O'zbekiston Respublikasida yer tuzishning Asosiy Nizomi» (1999-yil), «O'zbekiston Respublikasi Yer resurslari davlat qo'mitasi or-ganlari tomonidan yer qonunchiligini buzgan qonunbuzarni ma'muriy javobgarlikka tortish bo'yieha muvaqqat yo'riqnoma» (1999-yil), «Fermer4 xo'jaligini yuritish uchun yer uchastkalarini fuqarolarga uzoq muddatga ijaraga berish tartibi» (1998-yil).
Yo^riqnoma bu har qanday ishlarni bajarish tartibi va usullarini belgilovchi qoidalar yig'indisi, amal qilinadigan qo'rsatmalardir, Bu hujjat vazirliklar, davlat qo'mitalari, mahaliy boshqaruv organlari tomonidan chiqariladi.
Yer tuzish texnikasi barcha yer tuzish ishlarining ajralmas qismi hisoblanadi. Bunda izlanishlar va loyihaviy yechimlar natijalarini to-za qog'oz varog'ida emas, balki to'la va aniq plan-xarita materiallarida grafikaviy tasvirlash ko'zda tutadigan ma'lum usullardan foydalaniladi, Shu sababli, yer tuzish uchun zarur aniqlikda va axborotlar, elementlar to'laligida bajarilgan har xil planlar va xaritalar kerak.
Yer ustida, Havoda va kosmosda olihgan tasvirlar yordamida tayyor-langan plan materiallari bo'yieha yer resurslarini o'rganish va xari-talash, yer konturlari, yer egaliklari va yerdan foydalanishlar may-donlarini hisoblash, qidiruv va izlanishlar, yer tuzishni loyihalash amalga oshiriladi. Loyihalar maxsus texnik (geodezik) ishlarni bajarish yordamida joylarga (naturaga) ko'chiriladi; faqat shundan keyingina ularni tatbiq etishga kirishish mumkin.
106
Yer tuzishdagi texnik ishlar, maxsus geodeziya injenerlik ishlari, plan-xarita materiallaridan foydalanish usullari yer tuzishning texnik asoslari hisoblanadi; ular maxsus «Yer tuzishda geodezik ishlar» fanida o'rganiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |