S. Ashirboev, I. Azimov O’zbek tilining tarixiy grammatikasi


Buyruq-istak maylining II shaxs ko’plik formalari



Download 1,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/67
Sana30.04.2022
Hajmi1,4 Mb.
#599340
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   67
Bog'liq
тарихий грамматика

Buyruq-istak maylining II shaxs ko’plik formalari. 
Eski o’zbek tilida buyruq-istak maylining II shaxs ko’pligi uchun quyidagi 
formalar qo’llangan: 

(undoshdan keyin: -
ың/-iң//-uң/-үң
). Eski o’zbek tilining barcha davrlarida 
keng qo’llangan: 
Ey pari ruxsarlar, bizgә nigah әylәb otың//bir nazar birlә 
gadanы padshah әylәb otың (Lutfiy).Өzgә qыlmaң bu degәn sөzүmni (SHN). 
-ңыz/-ңiz
(undoshdan keyin:
-ыңыz/-iңiz//-uңыz/-uңiz//-uңuz/-үңүz
).Bu forma 
eski o’zbek tilida nisbatan kam qo’llangan:
Ahbab, yigitlikni g’animat 
tutuңuz//өzni qarыlыq mehnatыdыn qorqutuңuz (Navoiy MQ). Bu kishigә ul 
chaqlы nimәrsә beriңiz (SH.tar.) 
-ңlar/-nlәr
(undoshdan keyin: 
-ыңlar/--iңlәr//-uңlar/-үңlәr
) affiksi bilan 
yasalgan forma eski o’zbek tilida kam qo’llangan: 
Anda barыb, otav suqub 
keliңlәr (SH.tar.). Xizmatыmы yaxshы qqыlыңlar bilib (Muqimiy). 
-ңыzlar/-ңizlәr 
(undoshdan keyin: 
-ыңыzlar/-iңizlәr
) affiksi bilan yasalgan 
forma ham eski o’zbek tilida kam qo’llangan: 
Atayi haqыn anda istәңizlәr (Atoiy). 
Faryad qыlыb aytыb turur: meni өtkәziңizlәr teb (SH.tar.). 
III shaxs formalari.
Buyruq-istak maylining III shaxs birlik formasi eski 
o’zbek tilida 
–sun/-sүn
affiksi bilan hosil qilingan (
barsun, kelsүn
), ko’plik 
formasi esa birlik formasiga 
–lar/-lәr 
affiksini qo’shish bilan hosil bo’ladi 
(
barsunlar, kelsүnlәr
). Bu affiksning 
–sыn/-sin
formasi o’tmishda o’g’uz va 
qipchoq gruppasidagi turkiy tillar uchun xarakterli bo’lib, o’zbek tilida asoan XIX 
asrdan boshlab uchraydi. 
Alisher Navoiy asarlarida buyruq-istak maylining III shaxs birlik ma’nosi 
fe’l negiziga 
–dik
qo’shilishi bilan ham ifodalangan.Bu affiks faqat yumshoq 
variantda bo’lib, singarmonizm qonuniga bo’ysunmaydi: 
CHekibtүr sa’y etib 
bisyar-bisyar/ yүdik bashtыn ayaq zinhār-zinhār. Yug’andыn soң suyub ayvandыn 
aldik/ haririn suvg’a yāxud otg’a saldik
(Farhod va SHirin). 
Keltirilgan misollardagi 
yudik, aldik, saldik 
fe’llari 
yuvsin, olsin, solsin 
ma’nosini ifodalaydi. 
SHart mayli.
SHart mayli formasining yasalishida eski o’zbek tili bilan 
hozirgi o’zbek tili o’rtasida deyarli farq yo’q. 
SHart mayli affiksi eski o’zbek tilida 
–sa/-sә
ko’rinishida qo’llangan: 
barsa,kelsә 
kabi. Bu affiks dastlab 
–sar/-sәr 
formasida qo’llangan: 
barsar, kelsәr
kabi. 
SHart mayli formasiga shaxs-son qo’shimchalarining qo’shilishi quyidagicha 
bo’lgan: 
1. SHart mayli affiksi 
–sar/-sәr 
formasida qo’llanganda, shaxs-son 
affikslarining faqat to’la variantlari qo’shilgan: 
barsar-men,kelsәr-sen,barsar-biz
kabi. 
2. 
–sa/sә 
formasida qo’llanganda, shaxs-son affikslarining qisqargan 
variantlari qo’shilgan: 
barsam, kelsәm, barsalar 
kabi.



51 
XI-XIV asrlarda esa to’la variantlari ham qo’shilgan:
barsa-men, kelsә-sen
kabi. 
SHart fe’lining analitik formalari: 
-sa/-sә erdi: 
Tapsam erdikim,nedur andыn murād (Navoiy LT). Kashki 
Yusufnы kөrmәsә erdim (QR).
 
-di/-dы//-ti/-tы ersә: 
Qoydum ersә bu mashaqqat jānыma (Navoiy LT). Idris 
shagirdi birlә muңa tapыndы ersә, biz ham tapыnur-biz (QR). 
-mыsh/-mish ersә.
Kel, meniң bag’rыmnы kөr, yuz pāra har bir dag’ыda// 
kөrmish ersәң bag’ara gar lālai sadbarg kam (Munis). 
 
 

 
Savol va topshiriqlar 
1.
Mayl deb nimaga aytiladi? 
2.
Zamon tushunchasiga izoh bering. 
3.
Eski o’zbek tilidagi tuslovchilarning guruhlari va xususiyatlarini aytib 
bering. 
4.
Buyruq-istak maylida qaysi affikslar ishtiroketadi? 
5.
SHart mayli formalariga manbalardan misol keltiring. 
 

Download 1,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish