tushunchasini patentga
loyiq
tushunchasi bilan
aralashtirmaslik lozim. O’rtadagi farq avvalo shundan iboratki, "patent sofligi"
atamasini moddiy ob’ektlar (mashina, qurilmalar va h.k.) ga taalluqli, "patentga
loyiq"
atamasi esa texnikaviy echimga tegishli. Patent sofligi deganda, muayyan
buyum begona patent ta’siri ostiga tushib qolmasligi nazarda tutiladi.
Patent sofligiga ega buyum boshqa mamlakatlarda mavjud bo’lgan
patentlarga xilof bo’lmaydi, shuning uchun unga nisbatan boshqa patent egalari
tomonidan xech bir da’vo bo’lmaydi. Agar buyumdagi texnikaviy echimga patent
olish mumkin bo’lsa, unda bu echim patentga loyiq hisoblanadi.
Patent sofligi va patentga loyiqlik masalasi bir vaqtda yuzaga kelishi
mumkin, lekin ularning mohiyati har xil. Shunday qilib, patent sofligi texnika
ob’ektining huquqiy xossasi bo’lib, u mazkur mamlakatlarda amal qiluvchi
patentlar mutlaq huquqi uchinchi shaxsga taalluqli degan xavfdan holi, erkin
foydalanish mumkinligidan iboratdir. Patent sofligi qandaydir bir mamlakatga
nisbatan yoki bir necha mamlakatlarga nisbatan ta’minlanishi mumkin. Sanoat
mulklariga bo’lgan huquqning hududiy tavsifiga ko’ra, qandaydir texnika ob’ekti
(buyum) patenti, masalan, AQShda berilgan patent ta’siri ostida bo’lishi mumkin,
shu bilan birga Hindistonga nisbatan patent sofligiga ega bo’lishi mumkin. Patent
sofligini aniqlash, u yoki bu mamlakatda berilgan patentning amal qilish muddati
bilan ham bog’liq. Buyumlar patent sofligiga ega bo’ladi, garchi ular muddati
o’tgan patent ta’siri ostida bo’lsa ham. Patent sofligiga ega bo’lmagan mahsulot,
hujjatlarni berish O’zbekiston Respublikasi tashkilotlari o’z zimmasiga olgan
majburiyat buzilishigagina emas, balki moddiy zarar ko’rishga, ayrim jiddiy
hollarda tashqi savdo shartnomalari buzilishiga ham olib keladi. Eksportchi
mamlakatda sanoat namunasi patenti ta’siri ostida buyum ham patent sofligiga ega
bo’lmaydi. Patent sofligini korxonalar—mahsulot ishlab chiqaruvchilar, loyihalash
va konstruktorlik tashkilotlari tomonidan maxsus ekspertiza o’tkazib aniqlanadi.
Patent sofligi ekspertizasi (patent soflishni tekshirish) mazkur ob’ekti muayyan
mamlakatga (yoki bir necha mamlakatga) sotish (foydalanish) mumkinligini
aniqlaydi va bunday sotishni uchinchi shaxs patentga xilof emasligini ta’minlash
choralarini belgilaydi. Bu mazkur mamlakatda amal qiluvchi barcha mutlaq
huquqni ob’ektga aloqasi bo’lgan patentlarni izlash, ularni tahlil qilish,
shuningdek, mazkur ob’ektni tegishli mamlakatga to’sqinsiz sotishga imkon
beruvchi vaziyatlarni o’rganishdan iboratdir.
Patent sofligi patent (yangicha nomi aqliy mulk) bo’limlari xodimlarining
uslubiy yordamida mazkur ob’ektni bevosita ishlab chiquvchi va uning barcha
94
o’ziga xosliklarini yaxshi biluvchi konstruktorlar, loyihachilar, texnologlar
tomonidan tekshiriladi.
Ob’ektlarni patent sofligini tekshirish quyidagi hollarda o’tkaziladi:
• natijasi tayin texnikaviy echim bo’lgan ilmiy-tadqiqot yoki tajriba
konstruktorlik ishlari yakunlanganda;
• ob’ektlarni ishlab chiqarganda yoki sezilarli darajada
takomilashtirilganda;
• ob’ektlar loyixalanganida, O’zbekiston Respublikasi xamkorligida
qurilayotgan zavodlar, fabrikalar, shaxtalar, elektrostanstiyalar, temir yo’llar va
bular uchun butlovchi jihozlar etkazib berishda, shuningdek, O’zbekiston
Respublikasi xududida qurish mo’ljallanayotgan inshootlar, korxonalar va boshqa
kapital qurilish ob’ektlari uchun etkazib berishda;
• ob’ektlarni eksporshga etkazib berishda;
• O’zbekiston Respublikasi tashkilotlari texnikaviy xujjatlarni chet elga
berishida;
• mamlakat ilmiy-texnikaviy yutuqlari uchun chet el firmalariga
litsenziyalar sotishda;
• yangi standartlar ishlab chiqish va mavjudlarini qayta ko’rib chiqishda;
• O’zbekiston Respublikasida yoki chet el yarmarkalarida ob’ektlarni
ko’rgazmasini o’tkazishda.
Patent sofligi ta’minlash uchun mas’uliyat buyum yoki
hujjatlarni ishlab chiqqan korxona va tashkilotlar zimmasidadir. Tarmoqlardagi
chetga sotish uchun mo’ljallangan mashinalar, uskunalar, jihozlar, materiallar va
texnologik jarayonlar patent sofligini ta’minlashni tashkil etish vazirlik va
muassasalarning vazifasiga kiradi. Vazirlik va muassasalarda patent sofligiga
tekshirilishi lozim bo’lgan mashina, uskunalar, jihozlar, materiallar va texnologik
jarayonlarning ro’yxati tuziladi.
Patent sofligiga tekshirish haqidagi xulosani o’z vaqtida tuzish korxona va
tashkilotlarning majburiyatlaridan hisoblanadi. Ana shu xulosalar va boshqa
materiallar asosida vazirlik eksportni amalga oshiruvchi tashqi savdo tashkilotlari,
shuningdek, asosiy etkazib beruvchilar e’tiboriga, eng avvalo, patent sofligiga ega
bo’lmagan mashinalar, uskunalar, jihozlar, hujjatlar va h.k.lar haqidagi ma’lumotni
etkazadi. Vazirlik shunday ob’ektlarni etkazib berish mumkinligi, haqida o’z
taklifini bildiradi. Biroq, u yoki bu buyumni u yoki bu mamlakatga etkazib berish
mumkinligi haqidagi masalani hal etish mutlaqo tashqi savdo tashkilotlar
zimmasidadir, ular bu masalani etkazib berishni muayyan shartlari (etkazib berish
hajmi, tijorat kon’yukturasi va boshqa shartlar) ga bog’liq holda hal etadilar.
Chet elga texnika ob’ektini etkazib berish uchun, buyurtma tashqi savdo
birlashmalari yoki bosh etkazib beruvchi, patent sofligiga ega bo’lmagan shunday
ob’ektni oluvchi mamlakatga, etkazib berish haqidagi qarorni qabul qiladi va
mazkur holda chet elda mazkur ob’ektni sotishda uchinchi shaxs patentiga xiloflik
mumkinligi bilan bog’liq oqibat uchun mas’uliyatni o’z zimmasiga oladi.
O’zbekiston Respublikasida chiqariladigan barcha mahsulotlarga nisbatan
tekshiruv va patent sofligini ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi. Buni xorijlik
talabnomachilarga beriladigan mamlakatimizda amal qiluvchi patentlar miqdori
oshganligi, O’zbekiston Respublikasida patent egalari foydalanadigan huquqlar
95
bilangina emas, balki O’zbekiston Respublikasida foydalanish uchun
mo’ljallangan mahsulot ob’ekti bilan ham tushuntirilishi mumkin. O’zbekiston
Respublikasi patent egasining huquqi buzilgan taqdirda uning da’vosi ko’lami
chiqarilgan mahsulot hajmi va qiymatiga bog’liq bo’ladi.
Patent sofligining ekspertiza uslubiga
Do'stlaringiz bilan baham: |