S. A. Salixov «patentshunoslik, litsenziyalash va sertifikatlash» fanidan Darslik toshkent – 2010



Download 1,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/94
Sana31.03.2022
Hajmi1,15 Mb.
#521299
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   94
Bog'liq
PATENTSHUNOSLIK-LITSENZIYALASH-VA-SERTIFIKATLASH

 
mualliflik
 
huquqi va turdosh huquqlar 
to’g’risidagi
 
qonun hujjatlari
 
fan, adabiyot
 
va san’at asarlarini
 
(mualliflik 
huquqi), sahna asarlarini, ijrolarni, fonogrammalarni, efir va kabel orqali 
ko’rsatuv hamda eshittirishlar beruvchi tashkilotlarning
 
ko’rsatuv va 
eshittirishlarini
 
yaratish hamda ulardan foydalanish natijasida kelib chiqadigan 
intellektual mulk sohasidagi
 
munosabatlarni tartibga soladi.
Alohida huquqlar faqat qonunda ko’zda tutilgan hollarda va faqat 
intellektual mulk ob’ektlaridan normal foydalanishga hamda uning egasining 
qonuniy manfaatlariga zarar etkazilmagan taqdirdagina cheklanishi mumkin.
Alohida huquqlar quyidagi hollarda cheklanishi mumkin:
O’zbekistonda muhofaza qilinadigan ixtiro, foydali modellar, sanoat 
namunalari tarkibidagi qurilmalarni boshqa davlat - Parij konvenstiyasi 
ishtirokchisining transport vositasida, bu transport vositasi vaqtincha yoki 
tasodifan O’zbekiston Respublikasi hududida bo’lganda qo’llanish, bunda bu 
qurilmalar faqat shu vosita ehtiyojlari uchungina foydalanilishi shart;
Tarkibida patentlangan ob’ektlar bo’lgan vositalar ustida ilmiy tadqiqot yoki 
tajribalar o’tkazish;
Tabiiy ofatlar, halokatlar, epidemiyalar va boshqa favqulodda hollarda 
tarkibida patentlangan ob’ektlar bo’lgan vositalarni qo’llanishi. Vazirlar 
Mahkamasi milliy xavfsizlik manfaatlari yo’lida patentlangan ob’ektlardan 
foydalanish to’g’risida patent egasining roziligini olmasdan turib qaror qabul 
qiladi, lekin bunday hollarda obe’ktdan foydalanilgani uchun unga tegishli tovon 
to’lanadi;
Tarkibida patentlangan ob’ektlar bo’lgan vositalarni, agar bu vositalar 
qonuniy yo’l bilan xo’jalik oborotiga kiritilgan bo’lsa, qo’llanish (masalan, patent 
egasining o’zi yoki uning litsenziyasi). 
Dorixonalarda shifokor restepti bo’yicha dorilarni bir marta tayyorlash.
Ixtiroga patent – ixtironing ustuvorlik sanasidan boshlab yigirma yil 
mobaynida amal qiladi, mohiyati bo’yicha ekspertiza o’tkazilgandan so’ng 
beriladi;
Ixtiroga dastlabki patent
 
(2002 yil oktyabr oyigacha) – dastlabki ekspertiza 
o’tkazilgandan so’ng berilib, ustuvorlik sanasidan boshlab besh yil mobaynida 
amal qiladi. Talabnoma beruvchining mohiyati bo’yicha ekspertiza o’tkazish 
to’g’risidagi iltimosigi ko’ra patentga aylantirilishi mumkin;
26


Sanoat namunasiga patent – mohiyati bo’yicha ekspertiza o’tkazilgandan 
so’ng beriladi va ustuvorlik sanasidan boshlab 10 yil mobaynida amal qiladi, 
patent egasining iltimosi bilan amal qilish muddatini yana besh yilga uzaytirish 
imkoniyatini saqlab qoladi;
Sanoat namunasiga dastlabki patent (2002 yil oktyabr oyigacha) 
– 
Dastlabki 
ekspertiza o’tkazilgandan so’ng beriladi va ustuvorlik sanasidan boshlab besh yil 
mobaynida amal qiladi. Dastlabki patent egasi iltimosiga ko’ra patentga 
aylantirilishi mumkin.
Foydali modelga patent – dastlabki ekspertiza o’tkazilgandan so’ng beriladi 
va ustuvorlik sanasidan boshlab besh yil mobaynida amal qiladi va talabnoma 
beruvchining iltimosiga ko’ra yana uch yilga uzaytirilishi mumkin.
Tovar belgisiga guvohnoma-ekspertiza o’tkazilgandan so’ng beriladi va 
ustuvorlik sanasidan boshlab 10 yil mobaynida amal qiladi va har safar 10 yilga 
uzaytirish imkoniyatini saqlab qoladi.
Agar ob’ekt patentga layoqatlilik mezonlariga mos bo’lsa, u tegishlicha 
ixtiro, foydali model, sanoat namunasi deb tan olinadi. Qonunga muvofiq 
ko’rsatilgan ob’ektlar uchun quyidagi mezonlar belgilangan:
Ixtirolar uchun – uning yangiligi, ixtiro darajasi va sanoatda qo’llanishi;
Foydali model uchun – uning yangiligi va sanoatda qo’llanilishi;
Sanoat namunasi uchun – uning yangiligi, o’ziga xosligi va sanoatda 
qo’llanilishi. 
Patent ekspertizasini o’tkazish vaqtida foydalaniladigan eng muhim 
tushuncha texnika darajasi tushunchasidir. Texnika darajasi
 
o’z ichiga ixtironing 
ustuvorlik sanasigacha jahonda barcha uchun ma’lum bo’lgan va barcha 
foydalanadigan ma’lumotlarni oladi.
Dastlabki ekspertizaning mohiyat jihatidan ekspertizadan farqi eng avvalo 
shundaki, dastlabki ekspertiza vaqtida talabnoma berilgan ob’ektning (ixtiro, 
foydali model) mahalliy yangilik talablariga muvofiqligi tekshiriladi, ya’ni patent 
ekspertlari
 
faqat O’zbekistondagi mavjud patent hujjatlarini tekshiradilar, mohiyat 
jihatidan ekspertizada esa ob’ektning jahon texnika darajasiga muvofiqligi 
tekshiriladi. Patent idorasi ma’lumotlar rasmiy ravishda chop etilgandan so’ng uch 
oy o’tgach patent egasiga (yoki tovar belgisi egasiga) muhofaza hujjati, tegishlicha 
patent, dastlabki patent yoki guvohnoma beradi. Patent, dastlabki patent yoki 
guvohnoma O’zbekiston Respublikasi nomidan beriladi va Patent idorasi rahbari 
tomonidan imzolanadi. Shuni qayd etib o’tish kerakki, hamma vaqt bitta ob’ektga 
faqat bitta muhofaza hujjati (patent, dastlabki patent yoki guvohnoma) beriladi. 
Agar patent egasi bir nechta bo’lsa (masalan, ikki firma yoki ikki hammuallif) ular 
bitta patent oladilar.
Qayd etib o’tamizki, keyinchalik patent egasi patent yoki dastlabki patentni 
kuchda saqlab turish uchun muntazam ravishda boj to’lab turishlari shart, boj 
to’lamaslik muhofaza hujjatining amal qilishi to’xtashiga olib kelishi mumkin. 
Patent, davtlabki patent quyidagi hollarda ham amal qilishdan to’xtalishi mumkin:
patentning amal qilish muddati tugagach;
patent, dastlabki patent yoki tovar belgisining haqiqiy emasligi uchinchi 
tomonning davo arizasi bilan sud orqali tasdiqlanganda;
27


patent egasining Patent idorasiga bergan arizasi asosida.
Agar patent, dastlabki patent yoki guvohnomaning amal qilish muddatidan 
ilgari to’xtatilsa, bu haqidagi ma’lumot Patent idorasining “Rasmiy axborotnoma” 
byulletenida chop etiladi. O’zbekiston qonunchiligi bo’yicha xorij fuqarolari va 
yuridik shaxslari bevosita talabnoma berish huquqiga ega emas. Ular patent olish 
va uni kuchda saqlab turish uchun ishlarini O’zbekistonning patent bo’yicha 
ishonchli vakillari orqali yuritishlari mumkin. 
Patent egasining huquqlaridan istisnolar.
Himoya qilinayotgan seleksiya yutug’idan:
shaxsiy

Download 1,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish