15- m o d d a. Mualliflik xuquqi.
Muallif (hammualliflar)ning o’zi yaratgan asarga bo’lgan mualliflik
hukuqi boshqa shaxslarning aynan shu asarga mualliflik xuquqi e’tirof qilishini
istisno etadi.
19-modda. Mualliflik nomiga bo’lgan.
Muallif asardai o’z ism-sharifi, taxallusi ko’rsatgan holda yoki imzosiz
foydalanish yoki shu tarzda farqlanishga ruxsat berish borasidagi alohida
huquqga (mualliflik nomiga bo’lgan huquqga) egadir.
20-m o d d a. Asarning daxlsizligiga bo’lgan huquq.
Muallif o’z asariga o’zgartishlar va qo’shimchalar kiritish hamda asarga
o’zining roziligisiz biror-bir shaxs tomonidan o’zgartishlar yoki qo’shimchalar
kiritilishidan asarini himoya qilish borasida alohida huquqqa (asarning
daxlsizligiga bo’lgan hukuqqa) egadir.
Asarni nashr qilish, omma oldida ijro etish yoki undan boshqacha tarzda
foydalanish chog’ida asarning o’ziga ham, uning nomiga ham, muallifning nomi
ko’rsatilishiga ham biror-bir o’zgartish kiritishga faqat muallifning roziligi bilangina
yo’l ko’yiladi.
Muallifning roziligisiz uning asarini bezaklar bilan, so’zboshi, xotima, sharh
yoki biror-bir tushuntirishlar bilap nashr etish taqiqlanadi.
Muallifning vafotidan keyin asarning dahlsizligini himoya qilish
vasiyatnomada ko’rsatilgan shaxs tomonidan, bunday ko’rsatma bo’lmagan
taqdirda esa muallifning merosxo’rlari, shuningdek Qonunga muvofiq zimmasiga
mualliflik huquqlarini himoya qilish vazifasi yuklatilgan shaxslar tomonidan
amalga oshiriladi.
21-modda. Asarni e’lon qilish huquqi.
Muallif nomuayyan doiradagi shaxslarning asardan foydalanishiga imkon
yaratib berish huquqi (asarni e’lon qilish huquqiga) egadir.
Asarni nashr qilish, omma oldida ijro etish, ommaga
namoyish etish yo’li
bilan yoki boshqa tarzda ommaviylashtirish orqali muallif tomonidan yoki
uning roziligi bilan nomuayyan doiradagi shaxslarning asardan foydalanishi
uchun birinchi bor imkon yaratib berilsa, asar e’lon qilingan hisoblanadi.
Muallif asarni e’lon qilish to’g’risida ilgari qabul qilgan qaroridan
asardan foydalanish huquqini olgan shaxslarga ular shunday qaror tufayli
ko’rgan zararining o’rnini, shu jumladan, boy berilgan foydani qoplash sharti
bilap voz kechish huquqiga (asarni chaqirib olish huquqiga) egadir.
Basharti, asar e’lon qilingan bo’lsa, muallif o’z asarini chaqirib olganligini
ommaga ma’lum qilishi shart. Bunda muallif asarning avval tayyorlab
qo’yilgan nusxalarini o’z hisobidan muomaladan olib qo’yishga haqlidir.
Bu qoidalar, basharti, muallif bilan tuzilgan shartnomada o’zgacha hol
nazarda tutilgan bo’lmasa, xizmat asarlariga nisbatan ham tadbiq etiladi.
22-modda. Muallifning asardan foydalanish huquqi.
Muallif asardan har qanday shaklda va har qanday usulda foydalanish
borasida alohida huquqlarga egadir.
Asarni takrorlash va ularni
Do'stlaringiz bilan baham: