S. A. Salixov «patentshunoslik, litsenziyalash va sertifikatlash» fanidan Darslik toshkent – 2010



Download 1,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/94
Sana31.03.2022
Hajmi1,15 Mb.
#521299
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   94
Bog'liq
PATENTSHUNOSLIK-LITSENZIYALASH-VA-SERTIFIKATLASH

Tayanch so’zlar:
223


Normativ texnik hujjatlar, sifat ko’rsatkichlari, sifat ko’rsatkichini boshqarish, 
rejalashtirish, ishlab chiqarish, iste’mol, talab, taklif, yodometrik mahsulot tarkibi, 
miqdor, sifat, yog’.
Takrorlash uchun savollar:
1. Tovarlarni sifat ko’rsatkichlarini rejalashtirishning ahamiyati?
2. Nima sababdan tovarlarni sifat ko’rsatkichlari standart usullarda
aniqlanadi?
Tavsiya etilgan adabiyotlar:
1. Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni 
bartaraf etishning yo’llari va choralari I.A.Karimov. - T:O’zbekiston,2009-56 b.
2. Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va yangilashni izchil davom ettirish - 
davr talabi. Prezident Islom Karimovning 2008 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2009 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning 
eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Maxkamasi majlisidagi 
ma’ruzasi “Xalq so’zi”, 2009 yil 14 fevral.
3. Karimov I.A. Eng asosiy mezon - hayot xaqiqatini aks ettirish. T.: O’zbekiston, 
2009. - 24 b.
4.
O’zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasining
“Tovarlarni
sifat
ko’rsatkichlarini
yaxshilash
to’g’risida”gi
qarori. T.:1997 y.
5.
Nikolaeva M. V. " Tovarnaya ekspertiza ". M.: 2002
2.11. Tovarlarni ishlab chiqarishda sertifikatsiyalash tizimini boshqarish
2.11.1. Tovarlarni sifat ko’rsatkichlarini boshqarish.
2.11.2. Tovarlarni sifat ko’rsatkichlarini boshqarishdagi umumiy talablar.
2.11.1. Tovarlarni sifat ko’rsatkichlarini boshqarish.
Bozor iqtisodi sharoitda mahsulotlarni sifat ko’rsatkichlarini boshqarish 
umum iqtisodiy qonuniyatlar hamda bozor iqtisodi qonunlari asosida olib boriladi.
Mahsulotlarni sifat ko’rsatkichlari shu mahsulotlar uchun belgilangan normativ 
texnik hujjatlar asosida ularga qo’yiladigan asosiy talablar asosida bunyod etilishi 
kerak. Bozor iqtisodining asosiy qonuni talab va takliflar bo’lgani uchun har bir 
ishlab chiqarilgan tovarga iste’molchilarning qo’ygan talablari katta ahamiyatga 
egadir. Shuning uchun bozor iqtisodiyoti sharoitda iste’molchilarning talabi davrga 
nisbatan doimo o’zgaruvchan bo’lgani uchun ishlab chiqarish korxonalariga doimo 
yangi takliflar berilib turadi. Shu sababli, tovarlarni sifat ko’rsatkichlari doimo 
yaxshilanib borishliligi va ularni bozor iqtisodi sharoitda raqobatdoshligi oshib 
boradi. Shu sababli xalq xo’jaligida yangi turdagi assotimentlar bunyod etiladi, 
ishlab chiqarilayotgan tovarlarni sifatlari yaxshilanib, talablar ortib boradi.Shuning 
224


uchun bozor iqtisodi sharoitida ishlab chiqarish strukturasi bilan iste’molchilar 
orasida doimo raqobat sodir bo’lishi kuzatiladi. Shuning uchun bozor iqtisodi 
sharoitida tovarlar ishlab chiqarish korxonalariga kichiq va o’rta biznes 
korxonalariga mahsulotlarni ishlab chiqarish davrida ularni sifatlariga bo’lgan 
talablar doimo o’zgaruvchan bo’ladi. Shuning uchun tayyorlangan mahsulotlarni 
sifat ko’rsatkichlari har tomonlama tahlil qilib, ularni iqtisodiy barqarorligi 
chiqarilayotgan mahsulotlar miqdori ishlab chiqarish potenstialiga, ya’ni korxonani 
yuqori talablarga moyil bo’lgan uskunalarga, injener texnik xodimlarga, 
keltiriladigan xom-ashyo sifatlariga va ishlab chiqarilayotgan tovarlar sifatiga ko’p 
jihatdan bog’likdir.
Korxonalarda sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish uchun mamlakatimizda 
iste’molchilarni o’rganish, bozor infrastrukturasini, bozordagi tovarlar 
assortimentlarini, bozor sigmentlarini o’rganish va tahlil qilish va to’plangan 
axborotlarni zamonaviy texnik elektron, informastion mashinalarda tahlil qilinishi 
va ishlab chiqarilayotgan tovarlarga baho berilishi bozor iqtisodini rivojiga katta 
turtki bo’ldi. Shuning uchun mahsulotlarni sifatini boshqarish yangi 
assortimentdagi mahsulotlarni yaratish ishlab chiqarishning rivojiga yangi texnika 
texnologiyalarini yaratishga asosiy omil bo’ladi. Shuning uchun ishlab chiqarish 
bilan iste’molchilarni birligi doimo yuqori ko’rsatkichlarga olib kelib bozor 
muammolarini echishda asosiy faktorlar hisoblanadi. Shunday hollarda ham 
bo’ladiki, ishlab chiqarilgan tovarlar miqdor jihatdan yuqori bo’lib, aholi talabini 
qondira olmaydi. Bu hollarda mahsulotlar sifati past darajada bo’lgani sababli ular 
iste’molchilar tomonidan qabo’l qilinmaydi. Bunday hollarda birinchidan ishlab 
chiqarishdagi rentabilligi juda past bo’lib, ikkinchidan ishlab chiqarish uning 
yuqori mehnat sarfi kuzatiladi, uchinchidan ma’lum miqdordagi tovar ishlab 
chiqarish uchun ko’p miqdorda xom-ashyo sarflangan bo’lishi mumkin, 
to’rtinchidan ishlab chiqarilgan tovarlar bahosi iste’molchilar talabiga mos 
kelmaydi.
Mahsulotlarni sifat ko’rsatkichlarini nazorat qilish ularni texnik nazoratdan 
o’tkazish alohida nazorat organlari tomonidan boshqariladi. Bu organlarda 
xodimlar mahsulotni sifat ko’rsatkichlarini o’rganishda u (ustidan o’rnatilgan 
nazoratni ob’ektiv ma’lumotlar) berishida o’zlarini o’rnatilgan vazifalarga sadoqat 
bilan qarashlari kerak.
Nazorat qiluvchi organlar shu ishlab chiqarish korxonalarida alohida ishlab 
chiqarish strukturasi bo’lib, bu tashkilot yuqori malakali injiner texnik xodimlar 
bilan ta’minlangan bo’lishi kerak.
Mahsulotlarni sifatini aniqlashdagi kamchiliklar ishlab chiqarishda 
texnologik qilingan xatolarni yoki mahsulotlarni rejalashdagi sxemalarda ishlab 
chiqarish texnologik kartalarida, normativ texnik hujjatlarda bo’lgan 
kamchiliklarni yoki etishmovchiliklarni aniqlashda katta yordam beradi.
Standartlashtirish tarmoqlararo tizimini uning ishlab chiqarishga qanday 
ta’sir ko’rsatishini va uning qiyosiy tavsiyanomasini anglash uchun avvalambor 
standartlashtirishning vazifasini va uning fan sifatida bizga qanchalik ta’sir 
qilishini bilishimiz uchun Standartlashtirish va metrologiya fani nima ekanligini 
bilmog’imiz darkor.
225


Standartlashtirish - ishlab chiqarish bilan bog’lik bo’lgan tashkiliy, texnik 
texnologiya jarayonlarni amalga oshirishni kuzatib turuvchi hatti-harakatlarni 
turg’unligini ta’minlovchi qoida va qonunlarni o’rganish, ularni bajarilishini 
ta’minlash va nazorat qilish masalalari hal etadi.
Standartlashtirishda qabo’l qilingan ko’rsatkichlariga fan va texnikasi 
yutuqlariga asoslangan bo’lib, xalqaro bozordagi mahsulotning sifat 
ko’rsatichlariga mos bo’lishi va kelajak tarraqiyotini ko’zda tutishi zarur.
Standartlashtirishda qabo’l qilingan ko’rsatkichlar ishlari planli ravishda 
amalga oshiriladi. Standartlashtirishda norma, qoida, ular mahsulot sifatini 
ta’minlashning optimal jarayonlariga asoslanadi. Ishlab chiqarilgan tasdiqlangan 
standartlarda mahsulot va uning qismlarini bir tipga va bir xil ko’rinishga keltirish 
masalalari bir yoqlama xal etilishi kerak.
Texnologiya jarayonilari moslamalar chizmasi, materiallar zagatovkalar, 
asbob-uskunalar, texnologik vositalar, metrologiya va nazorat metodlari, 
shuningdek termin belgi va boshqa gruppalarga bo’linib unifikastiya qilinishi 
maqsadga muvofikdir.
Mahsulot konstrukstiyalarini va ishlab chiqarish bilan bog’lik bo’lgan 
moslamalarni shunday gruppalash, loyihalashda standartlashdan foydalanish ishlab 
chiqarish samaradorligi oshirishga olib keladi. 
O’zbekistonda ishlab chiqarishda konstrukstion va texnologiya jarayonlari 
loyihalash ishlarini avtomatlashtirish, gruppalash va unifikastiya qilishda ko’pgina 
ishlar amalga oshirilmoqda. Tarmoqlarni sifatini boshqarishdagi kompelks 
sistemasini joriy etishida korxona standartlari aks qilib olinadi. Korxona 
standartlari davlat va savdolararo standartlarga asoslanadi.
Standartlarni loyihalashda va joriy etishda quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
-texnik topshiriq vazifa va talablarni aniqlash hamda tuzish;
-standartning ilk reakstion loyihasini yaratish uni taqrizga yuborish
va ekspertiza qilish;
-taqrizlarni yig’ish, analiz qilish va xulosaga asoslanib loyihaning ikkinchi 
reakstiyasini tayyorlash;
-standartni bosmadan chiqarish va tarqatish.
Tarmoqning birinchi bosqichi norma standartlari quyidagilarga javob 
berishi lozim:
-Nima standartlashtiriladi?
-Nimaga asoslanadi (GOST, OST...)?
-Kim bajaradi yoki kim taminlaydi?
-Qachondan qachongacha bajariladi?
Texnologik jarayonlar, dastgohlar tekshirish metodlarini va asboblarini, 
ayrim bo’limlar va shaxslarning funkstional ishlari kabilar standartlashtirilgan 
ob’ekt sifatida qabo’l qilinadi. Korxona standarta fan-texnika taraqqiyotida 
erishilgan yutuqlarga, ya’ni stanok mashina va dastgohlarga, keng 
qo’llanilayo’tgan texnologik jarayonlarga hozirgi zamon elektron texnologiyasidan 
foydalanishga asoslangan holda yaratiladi.
Ekonomikaning ko’lamining o’sishi ishlab chiqaruvchi kuchlarni 
joylashtirishdagi o’zgarishlari teritorial, Tarmoqdararo va ichki Tarmoq 
226


aloqalarning murakkablashuvi xo’jalik yuritishning hamma bosqichlarida ishlab 
chiqarish va mahsulot taqsimoti planlashtirish sifatini jiddiy talablar qo’ymoqda. 
Bu problemani hujjatlararo maqsadlarga mo’ljallangan mahsulotga nisbatan hal 
etish san’atining bu eng yosh tarmog’idagi ishlab chiqarish sharoitlari hisobga 
olinadigan bo’lsa, yanada murakkabroqdir.
Tarmoqlararo maqsadlardagi mahsulotni sanoatning ko’pgina tarmoqlari iste’mol 
qiladiki, ularning rivojlanishi tarmoqlari ishlab chiqarish hajmining o’sish suratini 
belgilab beradi.
Tarmoqlararo ishlab chiqarish sanoati (TIS) bir tarmoq sifatini ikki kichiq 
tarmoq - almashtirish qismlari ishlab chiqarish va umummashinsozlikda 
qo’llanadigan detallar va uzellar ishlab chiqarish tarmoqlaridan iborat. Bulardan 
tashqari tarmoqlararo qo’llaniladigan mahsulotlar, hamma turdagi zagatovkalar 
mashinasozlik korxonalari sexlarida shuningdek metallurgiya va qurilish 
industriyasi korxonalari sexlarida tayyorlanadi.
Planlashtirishning tarkib topgan amaliyotini tahlil qilish uchun uning 
metodik va tashkiliy jihatdan "tor" joylarini aniqlash imkonini beradi. TIS 
tarmogini rivojlantirish planlari bilan mashinasozlik sanoati planlari o’rtasidagi 
o’zaro aloqa etarli darajada aniq belgilangan emas. Tarmoqlararo iste’mol 
qilinadigan mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirishning asosiy yo’nalishlarini 
belgilash metodikasi ham aniqlik kiritishni talab etadi. Korxonalarni 
ixtisoslashtirish ularning ishlab chiqarish xo’jalik faoliyatini texnollogik jihatdan 
bir-biriga o’xshash va takrorlanadigan mahsulotni tayyorlashga qaratish demakdir. 
Shuni ham hisobga olish kerakki, bunday mahsulot ishlab chiqarish 
programmasida asosiy o’rin tutmog’i kerak.
2.11.2. Tovarlarni sifat ko’rsatkichlarini boshqarishdagi umumiy talablar.
Tovarlarni sifat ko’rsatkichlarini boshqarishdagi umumiy talablari 
texnologiya ixtisoslashtirish ishlab chiqarish jarayonining ayrim operastiyalari yoki 
bosqichlarini ixtisoslashtirishdan iborat bo’lib, ajralib chiqishi va ishlab chiqarishni 
tashkil etishning yuksak darajada ixtisoslashgan normaga xos tipi vujudga kelishi 
bilan birga yuz beradi.
Tarmoqlararo qo’llaniladigan mahsulot ishlab chiqarish bir necha belgilar 
bilan xarakterlanadiki, bu belgilar ularni mustaqil tarmoqlarga aylantirish 
imkoniyatlari va maqsadga muvofiqligini belgilab beradi. Ma’lumki, 
korxonalarning tarmoqlarini vujudga keltiruvchi belgilar quyidagilardan iborat:
-mahsulotning iqtisodiy vazifasi, jumladan funkstional vazifasining
Umumiyligi;
-ma’lum iste’molchilar doirasining mavjudligi;
-foydalaniladigan materiallarining umumiyligi;
-texnologiya va ishlab chiqarishni tashkil etishning bir xilligi;
-kadrlarning o’ziga xos professional salohiyati.
Tarmoq vujudga kelishi, misol uchun quyi ishlab chiqarishni vujudga kelishi 
belgilarini tahlil qilish, planlashtirish praktikasini yaxshilash va mamlakatda 
yagona texnika siyosatini o’tkazish maqsadida uni mustaqil tarmoqlarga aylantirish 
227


mumkinligi va bu maqsadga muvofiqligini ko’rsatadi. Ixtisoslashtirishni 
rivojlantirish planlariga quyidagilar kiradi:
-korxona ishlab chiqarish profilini takomillashtirish topshiriqlari;
-ixtisoslashtirilgan ishlabchiqarishning mavjudlarini rivojlantirishning va 
yangi kuvvatlarini barpo qilishi kerak.
Tarmoqlararo qo’llaniladigan mahsulot ishlab chiqarish tez
rivojlantirishning muhim sharti planlashtirish va boshqarish metodlarini 
takomillashtirishdir.
Mamlakatni kompleks rivojlantirishni planlashtirishga, 
turlicha ishlab chiqarishni, respublika va davlatlararo aloqalarni to’gri bog’lab olib 
borish imkonini beradi. Rivojlantirishning asosiy yo’nalishlariga va konkret 
maqsad programmalari birlashmalariga etkaziladi. Bunda planlashtirishning asosiy 
prinstiplaridan biri - jarayonida quyidagilar bajarilishi zarur:
-
xalq xo’jaligini rivojlantirishning asosiy yo’nalishlariga muvofiq
ravishda tarmoqni rivojlantirish vazifalari asoslab berilishi kerak.
-
Tarmoqni rivojlantirishni asosiy yo’nalishlari uzoq muddatni ko’zlab
ifodalanishi lozim.
-
Tarmoqning bosh maqsadini va planlashtirilayo’tgan davrda bu maqsadga 
erishish darajasini aniq va to’la belgilab beruvchi mezonlarini aniqlash.
Hozirgi vaqtda ishlab chiqarish tarmoqlararo birlashmasini quyidagi 
tashkiliy vazifalar qiziqtiradi:
1.
Bir turli Tarmoq yoki bir-biriga yaqin tarmoq sanoat korxonalari ishlab 
chiqarish birlashmasi bu birlashmaga texnologik yoki, detalli texnologik 
yoki detalli ixtisoslashish bilan uzaro bog’lik sanoat korxonalari;
2.
Ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari. Bo’lar sostaviga sanoat korxonalaridan 
tashqari ilmiy tadqiqot institutlari, konstruktorlik loyixalash texnologiya 
tashkilotlari kiradi;
3. Sanoat savdo birlashmalari. Bunday birlashmalarda korxonalar savdo 
tashkilotlari bilan to’gridan to’gri bog’lanadi, chunki ular o’z firma 
magazinlariga ega bo’ladi yoki ularga yirik magazinlarda butun bir 
seksiyalar ajratib beriladi. Bunday hollarda korxona xaridorlar talabi va 
ehtiyojini tez hisobga olish o’z tovarlarini rivojlantirish va sifatini 
yaxshilash imkoniga ega bo’ladi;
4. Agrar-sanoat birlashmalari. Bunday birlashmalarda konserva, vino va 
boshqa sanoat koxonalari birlashtiriladi. Ularda qishloq xo’jalik mahsulotini 
yig’ish, tashib keltirish uning nobud bo’lishini kamaytirish imkonini beradi.

Download 1,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish