S a m a r q a n d d a V l a t u n I v e r s I t e t I r a h m o n q u L o r z I b e k o V


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar



Download 5,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/193
Sana01.07.2022
Hajmi5,54 Mb.
#724679
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   193
Bog'liq
orzibekov rahmonqul o\'zbek adabiyoti tarixi

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
1. Nodiraning ismi, hayotiga oid qanday yangi ma’lumotlami 
bilasiz?
2. Amiriy va Nodira munosabatlarini, ijodiy hamkorligini 
qanday talqin etasiz?
3. Nodiraning vafodorlik, sevgi, samimiyat va sadoqat kuychisi 
ekanligini isbotlovchi she’rlarini keltiring, tahlil qiling.
4. «Firoqnoma» qanday asar; uning yozilish sabablari.
5. Tarixiy va badiiy adabiyotda, san’atda Nodira obrazi.


1. Nodira hayoti va ijodi haqidagi ilmiy manbalarni qiyosan 
o‘rganib, konspektlashtirib chiqish.
2. Nodira she’rlaridan beshtasini yoddan bilish va ulami tahlil 
qilib berish.
Adabiyotlar
1. Nodira. Devon. Ikki jildlik. —Т., 1963.
2. Nodira. Ey, sarvi ravon. -Т., 1993.
3. Qayumov A Qo‘qon adabiy muhiti. —Т., 1960.
4. To‘xtasin Jalolov. 0‘zbek shoiralari. -Т., 1970.
5. Abdullayev V. 0‘zbek adabiyoti tarixi. Darslik, uchinchi 
kitob. -T.,: 1980.
6. Qodirova M. Davr nodirasi (hayoti va ijodi). —Т., 1992.
7. 0‘zbek adabiyoti tarixi. 5 jildlik, 4-jild. —
Т., 1978.


SHAVQIY KATTAQO‘RG‘ONIY
Shavqiy Kattaqo'rg'oniy XIX asrning I yarmidagi o'zbek 
adabiyotining ko'zga ko'ringan vakillaridan biridir. U o'z 
zamonasining har jihatdan bilimli ziyolisi, ilg‘or fikrli selisonayn 
(uch tilli) shoiri sifatida shuhrat qozongan. Vozeh Buxoriyning 
«Tuhfat ul-ahbob fi tazkirat ul-ashob» (1871) asarida «Shavqiy 
keksa kishi ekan, Kattaqo‘rg‘on shahridan. Ilm tahsil qilgan, she’r 
aytishga ehtirosi zo‘r. Arab, fors va turkiyda ko'p she’rlar aytgan 
hamda devon tuzgan. «Muxtasari viqoya»ni ham nazm yo‘li bilan 
sharhlab, foydali ish qilgan. Biz uni ko'ra olmagan bo‘lsak-da, 
bilgan kishilardan eshitishimizcha, juda samimiy, ulfat va 
xushsuhbat kishi bo'lgan ekan. She’rlari g'oyat nafis, lug‘at ilmidan 
tugal bilimga ega. 1278 hijriy yilgacha vafot etgan» kabi muhim 
qaydlar keltiriladi.
Mirsiddiq Hashmat ham XIX asr oxirida tuzgan «Tazkirat 
ush-shuaro» asarida, Qori Rahmatullo Vozeh asaridagi 
fikrlarga tayangan holda, Shavqiyni etuk shoir va adib, lug'at 
va shar’iya ilmlarining chuqur bilimdoni («dar masnaviy va 
ash’ori turkiy va forsiy-forisi maydoni balog'at, az ulumi 
shar’iya va lug‘at bahramand») sifatida ta’riflaydi. 1927 yilga 
kelib kattaqo'rg'onlir hajvchi shoir, adib Abdulhamid Majidiy 
o'z yurtdosh ijodkorlari merosini o'rganishga kirishib, Shavqiy 
hamda Miriy tarjimai holi va aniqlangan asarlari haqida «Maorif 
va o'qitg'uvchi» jurnalida ilk maqolalarini e’lon qildi. U 
yo'qatilgach, bu yo'ldagi sa’y-harakatlar to'xtab qoldi. Faqat 
50-yillarning oxiridagina Shavqiy Kattaqo'rg'oniy ijodini 
tadqiq-tashviq etishga kirishildi. Natijada sobiq ittifoq qoiyozma 
fondlarida, ayrim shaxslarda saqlanib kelgan shoir asarlari 
aniqlandi. Shular asosida «O'zbek adabiyoti» ko‘p tomligiga 
uning she’rlaridan namunalar kiritildi. Tanlangan she’rlari 
alohida kitob holida bosilib chiqdi. O'zbek adabiyoti tarixini 
o'rganishga bag'ishlangan boshqa manbalarda Shavqiy hayoti 
va ijodiga doir fikrlar bayon qilindi. 1963 yili nomzodlik 
dissertatsiyasi yoqlandi.


Shavqiy taijimai holi va ijodiy faoliyati haqida uning o‘z asarlarida 
muhim ma’lumotlar bor. Chunonchi, shoiming «Debochai devon 
va g‘azaliyoti Shavqiy» qoiyozma asariga yozilgan muqaddimada 
uning tahsil yillari, madrasadagi ustozlari, o'z faoliyatiga doir 
qaydlari hamda so'z san’ati borasidagi fikrlari keltirilgan:

Download 5,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish