S a m a r q a n d d a V l a t u n I v e r s I t e t I r a h m o n q u L o r z I b e k o V



Download 5,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/193
Sana01.07.2022
Hajmi5,54 Mb.
#724679
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   193
Bog'liq
orzibekov rahmonqul o\'zbek adabiyoti tarixi

«Sanobar» qissasi.
Xalq kitobi «Sanobar» o'zbek va turkman 
xalqlari orasida «Gul Sanobar», «Kitobi Sanobar», «Sanobaijon», 
«D ostoni shahzoda Sanobar» nom lari bilan qo'lyozm a ham da 
toshbosma nusxalarda keng tarqalgan, sevib o ‘qilgan.
Bu asaming turkm an xalq kitobi sifatida yaratilgan namunasining 
avtori XVIII asr turkm an adabiyotining taniqli vakili Shaydoyidir. 
Bu asar kitobiy manba: XVT—XVII asrlarda maydonga kelgan fors- 
tojik tiUdagi «Gul va Sanobar» asosida yaratilgan bo'lib, nasr va 
nazmda yozilgan. Voqealar bayoni nasrda berilib, qahramonlaming 
ruhiy holatlari, munosabatlari nazmda, xalq poetik ijodiga xos bo'lgan 
to'rtliklar hamda aruz vaznida yozilgan muxammas formalarida 
ifodalangan. Shunga ko'ra, asaming tili va poetikasi, tasviriy ifodalarida 
ham xalq og'zaki ijodi bilan klassik adabiyot a n ’analari uyg'unlashib 
ketgan.
«Sanobar»ning o'zbek xalq kitoblari shaklidagi variantlari syujet 
chizig'i, mazmuni va boshqa xususiyatlari bilan Shaydoyi asariga 
nihoyatda yaqin turadi. Hatto aytish mumkinki, tili va ayrim detallari 
bilan farq qiladi, xolos.
Asarda shahzoda Sanobar, G ulparizod, Zevar, M ehrangiz 
o'rtasidagi ishqiy sarguzashtlar hikoya qilinadi.
Chin mamlakati podshosi Xurshidshohning yakkayu yagona o'g'li 
Sanobar tushida Shabiston shahrining hukmdori Farruxning qizi
— Gulga oshiq bo'lib qoladi. Ishq, hijron o'tida qiynalib, qizning 
visoliga erishish niyatida otasidan safarga ijozat so'raydi. Otasi safar 
taraddudi uchun kerakli ham m a narsani hozirlatadi. Vazir Zevar 
hamrohligida 500 yigit bilan Sanobar yo'lga tushadi. Ammo Um m on 
dengizida ko'tarilgan to'fon oqibatida kema suvga g'arq bo'ladi, 
yigitlaming hammasi halok bo'lib, ko'p mashaqqatlar bilan bo'lsa 
ham faqat ikki do'st — Sanobar bilan Zevargina om on qoladi. Lekin 
u la r b ir-b irla rin i to p ish a olm aydi. S an o b ar M eh ran g izn in g
ko'shkidan chiqib qoUb u yerda qirq qalandar bilan uchrashadi.


Dev va ro ‘dapolar bilan jang qilib, g'olib keladi. U ko‘p qiyinchilik 
va mushkulliklardan so‘ng Simuig‘ qushning ko'magi tufayli shahri 
Shabistonni topib, Gulparizodning visoliga yetishadi. Bir qancha 
vaqt o'tgandan so‘ng Sanobar Gulparizod ham da Mehrangiz parini 
olib vataniga — ota-onalari huzuriga qaytadi.
K o ‘rinadiki, «Sanobar» ishqiy-rom antik xarakterdagi xalq 
kitoblaridan bo‘lib, voqealam ing g‘aroyib vaziyatlarda kechishi, 
q a h ra m o n la r sarg u zash tlarid a ertaklarga xos se h rli-fa n ta stik
holatlarning uchrashi e ’tibori bilan qissaxon va tinglovchilami o'ziga 
rom etgan. Undagi ko‘pgina motivlar shu tipdagi boshqa asarlarda 
ham uchraydi. Shu jihatdan, dastawal. «Qissai Sayfulmuluk» asari 
ahamiyatlidir. H ar ikkala asarda ham qahramonlar tushlarida afeonaviy 
uzoq yurtda yashovchi go‘zal parizodlami ko‘rib, sevib qolishadi, 
uni qo‘lga kiritish uchun yo'lga chiqishib, turli-tum an to ‘siqlami 
yengishib, ajoyib-g‘aroyib sarguzashtlami boshdan kechirishib, o ‘z 
murodu maqsadlariga erishadilar. Yo‘lda uchragan boshqa bir pari 
qiz esa ularga ko‘maklashib, voqealar finalida oshiqlarning sevgilisiga 
aylanadi.
Bunday motivlar, syujet chiziqlari ishqiy-romantik ruhdagi xalq 
kitoblarining hammasiga xosdir. «Sanobar» kitobining dastlabki 
voqealari «Qissai Sayfulm uluk» dostoni v o qealarini eslatadi. 
Sanobarning tushida Jam ol (G ul) pariga oshiq bo‘lishi, bir necha 
kema yasatib, do‘sti Zevar va yigitlari bilan yo‘lga chiqishi, dengizda 
t o ‘fo n k o ‘ta rilib , k e m a la rn in g h a lo k a tg a u c h ra s h i, o m o n
qolganlarning taxta-poraga ilashib qirg‘oqqa chiqishi, Sim urg‘ 
qushning oyog‘iga ilashib uchishi, zangilarga asir tushish epizodlari 
Sayfulmulukning ham boshidan o ‘tgan voqealardir.
«Oshiq Giarib va Shohsanam».
Bu xalq kitobining versiyalari 
b oshqa tu rk iy tild a so ‘zlashuvchi xalqlar yozm a va og ‘zaki 
Adabiyotlarida ham mavjud. U turli o'lkalarda «Oshiq G ‘arib va 
Shohsanam», «G ‘arib va Shohsanam», «Shohsanam va G ‘arib», 
«Qissai O shiq G ‘arib va Shohsanam » kabi nom lar bilan keng 
tarqalganligini aniqlash masalasida har xil qarashlar hukm surib 
kelmoqda. Agar ozarboyjon olimlaridan H.Arasli va S.Yoqubov 
«Oshiq G ‘arib» dastlab Ozaiboyjonda yaratilgan, XVI asrda yashagan


G ‘arib taxallusli oshiq shoiming kuylab yurgan termalari doston, 
xalq kitobi variantining yuz aga kelishiga zamin bo‘lgan desalar,i
H.K o‘ro‘g‘li, S.A.Andreev — Krivich hamda A.Ishaev asaming kelib 
chiqishi 0 ‘rta Osiyo, jumladan, Xorazm bilan aloqador deyishadi. 
Albatta, bu dostonning o‘zbekcha versiyasi dastaw al Xorazm da 
yaratilganligi shubhasizdir. Chunki boshqa xalqlar folklori va yozma 
adabiyotida ayrim asarlam i, b a ’zi syujet, m otiv va obrazlarni 
o‘zlashtira borib, ularga o ‘z davri ruhi, mahalliy va milliy an’analarini 
sin g d irib a s a rla r y a ra tis h S h a rq p o e z iy a sig a xos m u h im
xususiyatlardan biridir.
D oston m atnlarida Xorazm dialekti unsurlarining m o ‘lligi, 
asaming deyarli ham m a o ‘rnida qo‘l m a’nosida «al» qo ‘llanishi, «- 
lik» suffiksining «-li» tarzida ishlatilishi va hokazolar buni yaqqol 
ko ‘rsatib tu rad i. A sarda «-li» q o ‘shim chasi b a ’zan «-digan» 
qo‘shimchasi o ‘mida:
Xush qol emdi, jonim onam,
Men bukun ketoli bo ‘Idum, —
ishlatiladi.
Asaming ozarboyjon versiyasidagi Arzrum, Tabriz shaharlari 
o'm ida Vayangan shahri (qadimgi shaharlardan, Xorazmda) kabi 
mahalliy nomlarning zikr etilishi, voqealarning deyarli shu yerlarda 
davom ettirilishi ham dostonning o ‘zbek tilidagi varianti dastlab 
X orazm da y aratilg an lig in i va m a h alliy -m illiy k o lo rit b ilan
sug‘orilganligini ko‘rsatadi. Shohsanamning XVII asrda Eronda 
hukmdorlik qilgan Shoh Abbosning qizi sifatida berilishini nazarda 
tutib, bu asar XVII asrdan keyin yaratilgan yoki xalq kitobi holatiga 
ko‘chgan deyish mumkin. 0 ‘zbek xalq og‘zaki ijodida shu asar 
syujeti va g‘oyaviy mazmuniga o'xshab ketuvchi «Hiloloy G ‘arib» va 
«Davlatyor» qissalari mavjud. Bu asarlarda ham xalqning Eron 
bosqinchilariga qarshi otlanishi, ozod ishq va turmush haqidagi orzu- 
intilishlari bilan bog'liq motivlar uchraydi. Dostonning xalq kitobi 
variantlariga «ammo roviylar andoq rivoyat qilurlarkim», «alqissa,

Download 5,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish