Kompartiya (Komfirqa). Sobiq Shurolar davlatida ijtimoiy siyosiy, madaniy, ǵoyaviy va mavkuraviy hayotning barcha sohalarini uz iskanjasiga olgan partiya. Bu partiya 1898-1917 yillarda RSDRP, 1917-1918 yillarda RSDRP (b), 1918-1925 yillarda RKP (b), 1925-1952 yillarda VKP (b), 1952-1991 yillarda KPSS deb qisqartma nomlar bilan yuritilgan
Repressiya (lot. Repressio-ezish)-davlat organlari tomonidan qullaniladigan qiynoqqa solish tartibi, jazolash, quvǵin, qataǵon, zulm.
Siyosiy qataǵonlar-davlat boshqaruvida reaktsion tozalash ishlarini amalga oshirish. Bu kabi repressiyalar jarayonida fuqarolarning huquq va erkinliklari paymol etilib, ǵayriqonuniy ravishda ozodlikdan, hayotdan mahrum etishlarga yul quyiladi. Sobiq İttifoqda 1937-38, 1947 va 1950 yillardagi qataǵonlar ham aynan shu reaktsion yunalish buyicha olib borilgan.
Sotsializm (lot. socialis-ijtimoiy)-xususiy mulkni ijtimoiy (umumiy) mulkka aylantirish orqali erkinlik va tenglikka, baxt va farovonlikka erishish mumkin deb hioblovchi talimot. Sotsializm tarafdorlari ana shu yul bilan qurilgan ijtimoiy tuzumni ideal (barchaga manzur, oqilona) jamiyat deb hisoblaganlar. Sotsializmda inson xususiy mulkdan tamomila ajratiladi. Oqibatda inson uz individual xususiyatlaridan ham mahrum etiladi. U “omma”ga aylanib, uz “meni”ni ham yuqotadi. Jamiyatda zuravonlik, tobelik kuchayadi.
XX asrning 20-30 yillarida SSSRda, ikkinchi jahon urushidan keyin Sharqiy Evropaning barcha mamlakatlarida, shuningdek, Osiyoning bazi mamlakatlarida sotsializm tuzumi urnatildi. Sotsializm tuǵrisidagi tasavvurlar dunyoning muayyan qismiga yoyildi. Sotsializm qurilishi elon qilingan mamlakatlarning barchasida davlat mulkining monopoliyasi, direktivali markazlashtirilgan rejalashtirish, shuningdek, qonunsizlik, manaviy-diniy qadriyatlarning inkor etilib oyoq osti qilinishi, uzgacha fikrlovchilarga toqat qila olmaydigan bir gurux shaxslarning yakka hukmronligi va diktaturasi urnatildi.
Totalitarizm (lot. Totalis –butun, hammasi, tula)-bir shaxs, ijtimoiy sinf yoki guruhning (masalan, harbiylar guruhi) yakkahokimligiga suzsiz buysunishga asoslangan, vaqtincha va utkinchi siyosiy tartib, davlatni boshqarish shakllaridan biri. Totalitar davlat boshqaruv shakli joriy qilingan mamlakatlarda jamiyat hayotining barcha sohalari ustidan davlat hokimiyat organlari tuliq nazorati urnatiladi. Siyosiy erkinliklar buǵilib, ommaviy axborot vositalariga tsenzura (davlat nazorati) urnatiladi. Erkin fikr taqiqlanadi va qataǵon qilinadi.
Nazariy asarlarda, tarǵibot va tashviqot vositalarida sotsializm tarixda eng demokratik, huquqiy va xalqparvar jamiyat deyilgan bulsa ham, hayot u totalitarizmning shakllaridan biri ekanligini kursatdi. XX asrda Germaniyada fashistlar, İtaliyada Mussolini, İspaniyada Franko, Xitoyda Mao Tszedun, Chilida Pinochet diktaturasi davridagi totalitar tuzum ijtimoiy-siyosiy hayotga qanchalik zarar etkazgan bulsa, SSSRda sotsializm qurish jarayonidagi proletariyat diktaturasi ham shunchalik zararli oqibatlarni keltirib chiqargan edi.
Shovinizm (frantsuzcha “chauvinisme”)-ashaddiy millatchilik, milliy ustunlik ǵoyasi va siyosatining ifodasi.
XIX asr boshlarida Frantsiyada paydo bulgan “shovinizm” atamasi (Napoleon Bonapart bosqinchilik urushlarining yorqin tarafdori bulgan askar N.Shovenning nomidan kelib chiqqan), endilikda milliy ekstremizmning nomoyon bulishi manosida ham ishlatilmoqda.
Ayniqsa buyuk davlatchilik shovinizmi havflidir. Chunki, u muayyan siyosiy kuchlarning, kup millatli davlatlardagi etakchi millatlarning boshqa millatlarga nisbatan afzalligi, ustunligi ǵoyasi asosida mafkuraviy, siyosiy, va iqtisodiy hukmronligini bildiradi.
Xalqaro munosabatlarda u ayrim davlatlarning boshqa davlatlarga tazyiq utkazish, ularni uz izmiga tushirish, u yoki bu shaklda buysundirishga intilishga aytiladi. Shovvinizm siyosatiga javoban, odatda, millatlararo munosabatlarda sovuqlik, oz sonli millatlarning noroziligi, hattoki, nizolar kelib chiqishi mumkin. Shurolar davrida hufiyona hukm surgan “katta oǵachilik” ǵoyasi, sobiq milliy respublikalar tub aholisining tili, madaniyati, anana va urf-odatlari taxqirlanib, milliy tarixining buzib talqin qilinishi ham shovvinizmning belgilari edi..
Do'stlaringiz bilan baham: |