Davlat chegarasi-davlat mustaqilligining zaruriy belgilaridan biri bulib, har qanday davlat uz hududiy chegarasiga egadir. Davlat hududining boshqa davlat hududi bilan tutash chiziǵi davlat chegarasi deb etirof etiladi.
O’zbekiston Respublikasi beshta mustaqil davlat-Qozoǵiston, Qirǵiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Afǵoniston davlatlari bilan chegaradoshdir.
Davlatimiz hududi chegaralarining umumiy uzunligi 6221 kilometrni tashkil etadi. Jumladan, Afǵoniston bilan chegara-137 km, Qozoǵiston bilan-2203 km, Qirǵiziston bilan 1099 km, Tojikiston bilan-1161 km, Turkmaniston bilan-1621 km dan iborat.
Konstitutsiyamizning 3-moddasida Uzbekistonning davlat chegarasi va hududi dahlsiz va bulinmasdir deb qayd etilgan.
Uzbekiston davlat chegarasini quriqlash vazifasini Respublika chegara qushinlari amalga oshiradi.
Deklaratsiya (fr. deklaration-bayonot)-1.Alohida siyosiy-yuridik hujjatlarning ularga tantanali xususiyat berish, ularning tegishli davlat taqdiri uchun katta ahamiyatini takidlash maqsadiga ega bulgan nomi. Normativ-huquqiy hujjat bulmish Deklaratsiyaning uziga xos jihati shundaki, ulardagi qoidalar uta umumiy, nomuayyan xususiyatga ega bulib, qushimcha ravishda qonun bilan tartibga solishni talab etadi.
2.Xalqaro huquqda tomonlar bilan kelishilgan qoidalar va maqsadlarni ifodalovchi tantanali hujjat. Majburiy xususiyatga ega emas. Odatga aylanganligi sababli davlatlar uchun majburiy bulib qolgan 1948 yilgi İnson huquqlari deklaratsiyasi bundan mustasno.
Demokratiya (yunonchi “demos” xalq, “kratos” hokimiyat)-“xalq hokimiyati” manosini anglatadi. Jamiyat taraqqiyotida davlatchilikning turli shakllari, binobarin, demokratiyaning ham turli tiplari yaratilgan. İnsoniyat tarixida demokratiyaning boshlanish nuqtasi ham, tugash nuqtasi ham yuq. Kishilik jamiyati paydo bulganidanoq, demokratiyaning kurtaklari paydo bulgan va xatto, eng taraqqiy etgan mamlakatlarda ham u uzining sunggi chuqqisiga erishganicha yuq. Demokratiyani buǵish, unga rahna solish mumkin, lekin butunlay yuq qilib bulmaydi. Har qanday davrning, har qanday jamiyatning va har qanday xalqning uziga xos demokratiyasi buladi. Demokratiyaning muhim xususiyati shundaki, unda xalq hokimiyati, yani ozchilikning kupchilikka buysunish qoidasi, rasmiy ravishda elon qilinadi hamda fuqarolarning erkinligi va teng huquqligi etirof etiladi. Bu shartlar asosiy qonun-Konstitutsiyada aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |