11-mavzu. O’zbekiston Respublikasida ta`lim soxasida amalga oshirilgan isloxotlar
Reja:
1. Mustaqillik yillarida ilmning rivojlanishi. Yangi jamiyat qurishdatalim tarbiyaning o’rni.
2.«Ta`lim haqida»gi Nizom va «Kadrlar tayorlash Milliy dasturining qabul etilishi. Dasturning maqsat va vazifalari, amalga oshirish mexanizmi va bosqishlari.
3. O’zbekistonda Oliy ta`lim sohasida qabul qilingan Nizomlar va ularda belgilangan vazifalar.
Adabiyotlar:
1.Ш.М.Мирзиёев Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатини биргаликда барпо этамиз. . – Тошкент: «Ўзбекистон» НМИУ, 2016.
2.Ш.М.Мирзиёев Қонун устуворлиги ва инсон манфаатлари таъминлаш – юрт тараққиёти ва халқ фаровонлигининг гарови. 2016 йил 7 декабрь. − Тошкент: Ўзбекистон, 2017.
3.Ш.М.Мирзиёев Танқидий таҳлил, қатий тартиб-интизом ва шахсий жавобгарлик – ҳар бир раҳбар фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши керак. 2017 йил 14 январь ∕ Тошкент: Ўзбекистон, 2017.
4.Ш.М.Мирзиёев Буюк келажагимизни мард ва олижаноб халқимиз билан бирга қурамиз. – Тошкент: «Ўзбекистон» НМИУ, 2017.
5.И.А.Каримов Жоқары мәнаўият – жеңилмес күш. Тошкент.: «Маънавият», 2008.
6.2017-2021 йилларда Ўзбекистон Республикасини ривожлантиришнинг бешта устувор йўналиши бўйича Ҳаракатлар стратегияси. – Тошкент: Maънавият, 2017.
7.Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлисга Мурожаатномасини ўрганиш ва кенг жамоатчилик ўртасида тарғиб этишга бағишланган илмий-оммабоп қўлланма. Т. 2019
8.Новейшая история Узбекистана. Руководителъ проекта и редактор: М.А.Рахимов. - Тошкент: Адабиёт учқунлари, 2018.
9.Фидойинг бўлгаймиз сени, Ўзбекистон! Услубий қўлланма / Республика маънавият ва маърифат маркази. – Т.: «Маънавият», 2017. – 208 б.
1997-yil 29-avgust kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IX sesiyasida O’zbekiston Respublikasining «Ta`lim tug`risidagi» yangi nizomi va «Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi»ni qabul etdi.
O’zbekiston Respublikasida ta`lim pastda kursatilganday formada amalga oshirishi belgilandi.
*maktabgacha ta`lim;
*umumiy urta ta`lim;
*urta maxsus kasb-hunar ta`lim;
*oliy ta`lim;
*oliy ta`limdan keyingi ta`lim;
*kadrlar bilimini jetistiriu va ularni qayta tayorlash;
*maktabdan tashqari ta`lim.
Milliy dasturda hayotimizning barcha sohalarida bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan reformalarni uch bosqichta amalga oshirish nazarda tutilgan.
Birinchi bosqich(1997-2001-yillar)
Ikkinchi bosqich(2001-2005)
Uchinchi bosqich (2005-va undan keyingi yillar)
Davlatimizda qobiliyatli yoshlarni izlap topish,ularga yordam berish, qullab-quvvatlash buyicha davlat siyosati olib borilmoqta.1997-yili tashkillashtirilgan «Umid» fondi yullamasi bilan 1997-2001 yillarda 785 yigit qizlarimiz rivojlangan davlatlarning oliy uqish joylarida uqish uchun yuborildi.Ulardan 519 uquvchilar tamomlab keldi.Tashkentte 2002-yil iyul`da Xalqaro Vestminster universiteti, 2006-yili Moskva davlat universiteti filiali, 2008-yili Singapur menejmentni rivojlantirish instituti, 2009-yili Turin politexnika universiteti tashkillashtirildi
O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 1992-yil 8-iyul`dagi «Ilm-fan va innovatsiya ishlarini rivojlantirishni davlat tomonidan qullab-quvvatlash haqida» gi farmoni Vazirlar Kabinetining shu farmon bajarilishini taminlashga qaratilgan qarori ilm-fan rivojlanishida muhim ahamiyatga ega buldi. 1997-yilda Birinchi Prezident farmoni bilan Xorazm Fanlar Akademiyasi qayta tiklandi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning 2006 yil 7 avgustda qabul qilingan «Fan va texnologiyalar rivojlanishini muvofiqlashtirish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi, 2008 yil 15 iyulda imzolangan «Innovatsion loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishni rag`batlantirish borasidagi qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida»gi va 2010 yil 15 dekabrdagi «2011-2015 yillarda O`zbekiston Respublikasi sanoatini rivojlantirishning ustuvor yo`nalishlari to`g`risida»gi qarorlarida belgilangan O`zbekistonni iqtisodiy rivojlantirish yo`nalishi innovatsion iqtisodiyotga o`tishni nazarda tutadi. Innovatsion g`oyalar, texnologiyalar va loyihalar respublika yarmarkasi g`oyat muhimligini ta`kidladi. Negaki, u muhim vazifani hal etish – innovatsion taraqqiyot jarayonlarini kuchaytirish uchun sanoatchilar, olimlar va tadbirkorlar sa`y-harakatlarini integratsiyalashtirishga xizmat qilmoqda. «O`zekspormarkaz»da bu yil oltinchi marta o`tkazilayotgan yarmarka O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo`mitasi tomonidan tashkil etildi. Unda vazirliklar, idoralar, banklar, iqtisodiyotimizning barcha tarmoqlari korxonalari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlari, fermer xo`jaliklari, O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi institutlari, oliy o`quv yurtlari, ilmiy markazlar hamda tajriba-konstruktorlik tashkilotlari keng ishtirok etmoqda. Mamlakatimiz vazirliklari, idoralari va yirik kompaniyalarining etakchi mutaxassislaridan tarkib topgan ishchi guruhi shunga rioya etgan holda, ilmiy, ta`lim, konstruktorlik tashkilotlari va ixtirochilarning 607 arizasini ko`rib chiqdi.
Ular orasidan sanoat, qishloq xo`jaligi, tibbiyot, farmakologiya, axborot, ilm-fan va ta`lim sohasini rivojlantirishga doir eng istiqbolli 550 texnologiya, innovatsion g`oya hamda loyiha tanlab olindi. Muqobil energiya manbalari, chunonchi, quyosh energiyasida ishlaydigan texnologiyalar yarmarka qatnashchilarida katta qiziqish uyg`otdi. Bu mamlakatimiz ushbu sohada ulkan salohiyatga ega ekanligi va mazkur ishlar davlatimiz tomonidan qo`llab-quvvatlanayotgani bilan bog`liqdir. Bu borada Prezidentimiz Islom Karimovning 2013 yil 1 mart kuni qabul qilingan «Muqobil energiya manbalarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`rsida»gi farmoni va Xalqaro quyosh energiyasi institutini tashkil etishga oid qarori qabul qilindi.
Mustakillikka erishgach xalkimizning o`z yurti, tili, madaniyati va kadriyatlarini o`rganilishi Yurtboshimiz o`z asarlarida yoritib o`tdilar.1992 - yilda " O`zbekistonning o`z istiklol va tarakkiyot yo`li ", 1998 - yilda " Tarixiy xotirasiz kelajak yo`k ", 2008 - yilda esa " Yuksak manaviya - engilmas kuch " 2011 - yilda " O`zbekiston mustakillikka erishish ostonasida " va bir kator asarlarida O`zbekiston tarixi masalalarini atroflicha bayon etib o`tganlar.
1997 yil fevralda I.Karimov Vazirlar Mahkamasining yig`ilishda ta`lim tizimini tubdan isloh qilish masalasini ko`tardi. U shunday dedi: «Ta`lim tizimini tubdan qayta ko`rib chiqish vaqti etdi, professional bilimlarni egallash imkoniyatlarini kengaytirish, ma`mur-menejerlarni tayyorlashni yo`lga quyish, yangi sharoitlarda, yangi zamonaviy texnologiyalarda ishlashga qobil ishchi va mutaxassislarni tayyorlashni yo`lga qo`yish lozim». Yangi «Ta`lim to`g`risida»gi Qonun bo`yicha ta`lim turlari maktabgacha ta`lim (6-7 yoshgacha), umumiy o`rta ta`lim (9 yillik), o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi (3 yillik), oliy ta`lim, oliy o`quv yurtidan keyingi ta`lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari ta`limdan iborat qilib belgilandi. «Ta`lim to`g`risida»gi Qonun hamda «Kadrlar tayyorlash millliy dasturi» maktabgacha ta`limdan to fanlar akademiyasigacha bo`lgan zamonaviy, yangi uzluksiz ta`lim tizimini vujudga keltirishga, O`zbekiston ta`lim tizimini tubdan isloh qilishga asos bo`ldi.
1997 yil 27 avgustini Oliy Majlisni IX sessiyasida O’zbekiston Respublikasining "Ta`lim tugrisida"gi Konuni va "Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi" kabul kilindi.
Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturida mamlakatimizda ta`lim isloxati utkazilishidan kuzda tutilgan maksad, ta`limni vazifalari dasturini ro`yobga chikarish boskichlari, kadrlar tayyorlashning milliy modeli asoslab berildi. Mazkur dasturning asosiy mksadi ta`lim soxasini tubdan islox kilish, uni utmishdan kolgan mafkuraviy koralashlardan va sarkitlardan tula xolos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida yuksak ma`naviy va axlokiy talablarga javob beruvchi yukori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini yaratishdir.
Ta`lim va kadrlar tayyorlash tizimini jamiyatda amalga oshirilayotgan yangilanishi rivojlangan demokratik xukukiy davlat qurilishi jarayonlariga moslash.
Milliy Dasturda ta`lim isloxatlari uch boskichda utkazilishi kuzda tutiladi:
1-boskich 1997-2001 yillar.
2-boskich 2001-2005 yillar.
3-boskich 2005 yildan keyingi yillar.
Milliy Dasturlar tamonlama kamol topgan turmushga moslashgan, ta`lim turlari va kasb-hunarni ongli ravishda tanlay oladigan, jamiyat, davlat va oila oldida o`z javobgarligini xis etadigan fuqarolarni voyaga etkazishni nazarda tutadi, Dasturni xayotga tadbiq etish jarayonida O`zbekistonda kadrlar tayyorlash milliy modeli shakllanadi.
Oliy Majlisining 1996 yil dekabrdagi Qarori bilan 1 oktyabr` - «O`qituvchilar va murabbiylar kuni» deb belgilandi.
Birinchi navbatda biz joylarga chiqib, oddiy odamlar bilan muloqotda bo`lib, Harakatlar strategiyasi asosida amalga oshirilayotgan ishlar qanday samara berayapti, ular buni qanday tushunayapti, degan savollar asosida ularning fikrlarini o`rganamiz va tahlil qilamiz. Mahalliy va xorijiy ekspertlarning yurtimizda olib borilayotgan islohotlar natijalari bo`yicha mulohazalarini bilish uchun uchrashuv-muloqotlar tashkillashtiramiz. Bu choralar bizning hozirgacha bajargan ishimizdagi umumiy holat va ma`lumotlarni shakllantirish, undan xulosa chiqarish, agar kamchiliklar bo`lsa, ularni barataf etgan holda yangi rejalarni, loyihalarni ishlab chiqish, yangi yo`nalishlarni aniqlab olish imkoniyatini beradi. Bundan tashqari, so`rovnomalar ham o`tkaziladi. Bugungi kunda 100 dan ortiq savollarni o`z ichiga olgan so`rovnomalar tayyor, ularni aholiga tarqatmoqchimiz. Eng muhimi, farmoyishda alohida belgilab qo`yilganidek, Harakatlar strategiyasini 2018 yilda amalga oshirish bo`yicha ishlab chiqiladigan Davlat dasturi loyihasiga kiritiladigan takliflar faqat keng jamoatchilik bilan dastlabki muhokama qilinganidan keyin ko`rib chiqilishi, davlat dasturining loyihasi jamoatchilik fikrlari olingandan so`ng ishlab chiqilishi ko`zda tutilyapti. Bu o`z navbatida bo`lajak hujjatning xalqchilligini, uni amalga oshirishning hayotiyligini ta`minlashga xizmat qilishi, shubhasiz. Shu bois barcha sa`y-harakatlar hozirdanoq ayni shu masalaga qaratilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |