Ruziboyeva Jasina Faxriddinovna Samisi talabasi, Xoliqulov Anvar Nematovich – Samisi dotsenti, I f. n


Mamlakatlarning 2022-yilda inflyatsiya darajasi1



Download 22,58 Kb.
bet2/2
Sana20.04.2022
Hajmi22,58 Kb.
#566009
1   2
Bog'liq
Jasina maqolasi

Mamlakatlarning 2022-yilda inflyatsiya darajasi1 1-jadval



Davlatlar



So’nggi Inflyatsiya darajasi

Oldingi inflyatsiya darajasi

Farqi

1

Hindiston

6.07

6.01

0.06

2

Misr

8.8

7.3

1.5

3

Gankong

1.6

1.2

0.4

4

Kanada

5.7

5.1

0.6

5

Xitoy

0.9

0.9

0

6

Molayziya

2.2

2.3

-0.1

7

Meksika

7.28

7.07

0.21

8

Rossiya

9.17

8.73

0.44

9

Arabiston

1.6

1.2

0.4

10

AQSh

7.9

7.5

0.4

11

Turkiya

54.44

48.69

5.75

12

Shvetsiya

4.3

3.7

0.6

13

Yaponiya

0.9

0.5

0.4

14

Germaniya

7.3

5.1

2.2

15

Italiya

6.7

5.7

1.0

16

Fransiya

4.5

3.6

0.9

17

O’zbekiston

9.7

9.8

0.1

Yuqoridagi ma’lumotlarga ko’ra inflyatsiya darajasi Hindiston, Misr, Gangkong, Kanada, Meksika, Rossiya, Arabiston, AQSh, Turkiya, Shvetsiya, Yaponiya, Germaniya, Italiya, Fransiyada va O’zbekistonda ham oshganini ko’rishimiz mumkin. Xitoyda bu ko’rsatkich o’zgarishsiz 0.9 ligicha turibdi. Molayziyada esa 0.1ga kamaygan. Inflyatsiya darajasi eng ko’p Turkiyada ya’ni 5.75 ga oshgan, eng kam esa Hindistonda ya’ni 0.06ga oshgan.O’zbekistonda esa bu ko’rsatkich 0.1ga oshgan.
O’zbekiston Respublikasida inflyatsiya darajasini yanada pasaytirish orqali aholi turmush darajasini yaxshilash hamda iqtisodiy islohotlar samaradorligini oshirish maqsadida 2019-yilning 18-noyabrida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-2877-son “Inflatsion targetlash rejimiga bosqichma-bosqich o’tish orqali pul-kredit siyosatini takomillashtirish” to’g’risida farmoni qabul qilindi.2
O’zbekiston Respublikasi bo’yicha umumiy iste’mol narxlari indeksi, % da 2-jadval3




2020-yil mart

2021-yil mart

2022-yil mart

O’tgan oyga nisbatan

101.32

100.84

101.53

O’tgan yilning dekabriga nisbatan

102.77

102.50

102.93

O’tgan yilning martiga nisbatan

113.62

110.85

110.45

Yuqoridagi ma’lumotlarga ko’ra 2022-yilning mart oyida iste’mol bozoridagi tovarlar va xizmatlarning iste’mol narxlari indeksi 1.5% ni tashkil etdi, 2021-yilning mart oyi davomida 0.8% ga 2020-yil esa 1.3% ga qimmatlashgan.
2022-yilning mart oyida yillik nisbatdagi iste’mol narxlari indeksining o’sish sur’ati 10.5% ni, 2021-yilning martida 10.9% ni, 2020-yil esa 13.6% ni tashkil etgan.
Hozirda yer yuzidagi global muammolardan biri bu inflyatsiya hisoblanadi. Inflyatsiya darajasining oshishiga ya’ni pulning qadrsizlanishiga quyidagilar sabab bo’ladi:4

  1. Davlat o’z xarajatlarini qoplay olmagan holda muomalaga qo’shimcha pul chiqarish bilan qoplaydi. Bu esa Tovar va xizmatlar bilan ta’minlanmagan pulning paydo bo’lishiga olib keladi. Natijada pulning qadrsizlanishi yuzaga keladi.

  2. Ishlab chiqarishning kamayishi natijasida tovarlar miqdori qisqaradi va narx oshadi.

  3. Import tovarlar narxining balandligi sababli narxlar ko’tariladi.

  4. Kreditning o’sishi va aholi o’rtasida unga bo’lgan talabning yuqoriligi sababli pu lmassasini oshishiga olib keladi.

Inflyatsiyaning o’sishi natijasida quyidagi holatlar yuzaga keladi:

  • Pul massasing keragidan ko’p bo’lishi;

  • Tovarlar qiymati va xizmatlar narxi o’sib boradi;

  • Pulning qadr-qiymati va xarid qobiliyati pasayib boradi.

Shuningdek, inflyatsining oldini olishga bir nechta takliflar kiritib o’tamiz:

  1. Iqtisodiyotga yangi pul oqimini cheklash. Iqtisodiyotga pul kiradigan asosiy kanal bu kreditlardir. Uni blokirovka qilish uchun kredit olish uchun foydasiz qilish kerak. Buning uchun Markaziy bank asosiy stavkani, undan keyin esa tijorat banklari kreditlarning yillik foiz stavkasini oshiradi. Natijada, kredit olishdan ko'ra, depozitga pul qo'yish foydaliroq bo'ladi.

  2. Bank tizimini nazorat qilish. Banklar pulni boshqaradi. Mamlakatda moliyaviy oqimlar ustidan nazoratni o'rnatish kerak.

  3. Ijtimoiy ahamiyatga ega tovarlar narxini nazorat qilish. Shuningdek, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarini qo‘llab-quvvatlash: ularga imtiyozli kreditlar berish, ular uchun soliqlarni kamaytirish, ular iste’mol qiladigan resurslarning xarid narxlarini tartibga solish.

  4. Eksport qiluvchilar faoliyatini nazorat qilish. Birinchi navbatda, mamlakat aholisi ehtiyojlari qondirilgandan so’ng eksport qilinishi kerak.

Xulosa
Xulosa qilib shuni aytish mumkunki inflyatsiya o’ssa pul massasi keragidan ko’p bo’ladi, tovarlar qiymati va xizmatlar narxi o’sib boradi, pulning qadr-qiymati va xarid qobiliyati pasayib boradi. Bularning oldini olish uchun esa quyidagilarni amalga oshirish lozim:

  1. Iqtisodiyotga yangi pul oqimini cheklash. Iqtisodiyotga pul kiradigan asosiy kanal bu kreditlardir. Uni blokirovka qilish uchun kredit olish uchun foydasiz qilish kerak. Buning uchun Markaziy bank asosiy stavkani, undan keyin esa tijorat banklari kreditlarning yillik foiz stavkasini oshiradi. Natijada, kredit olishdan ko'ra, depozitga pul qo'yish foydaliroq bo'ladi.

  2. Bank tizimini nazorat qilish. Banklar pulni boshqaradi. Mamlakatda moliyaviy oqimlar ustidan nazoratni o'rnatish kerak.

  3. Ijtimoiy ahamiyatga ega tovarlar narxini nazorat qilish. Shuningdek, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarini qo‘llab-quvvatlash: ularga imtiyozli kreditlar berish, ular uchun soliqlarni kamaytirish, ular iste’mol qiladigan resurslarning xarid narxlarini tartibga solish.

  4. Eksport qiluvchilar faoliyatini nazorat qilish. Birinchi navbatda, mamlakat aholisi ehtiyojlari qondirilgandan so’ng eksport qilinishi kerak.

Inflyatsiyaga qarshi qancha choralar ko’rilsa ham undan qutilib bo’lmaydi. Ammo nisbatan kamaytirishga harakat qilishimiz mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3272 sonli qarori.

  2. Abdullayeva Sh. Z. “Bank ishi”. Darslik. Toshkent, Toshkent Moliya instituti, 2003. 312 bet.

  3. «Pul, kredit va banklar»: «Bank ishi» ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun darslik /0 . Yu. Rashidov [va boshq./]; mas’ul muharrir B. Yu. Xodiyev; 0 ‘zR oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi. — T/: Choipon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2011. — 328 b.

  4. X. S. Xadjayev, I. A. Bakiyeva, SH. Sh. Fayziyev. “Makroiqtisodiyot” (o’quv qo’llanma) –Toshkent,Toshkent Moliya instituti, 2014, 268 bet.

  5. G. X. Nazarova. “Makroiqtisodiyot” fanidan ma’ruzalar matni. Toshkent, Toshkent Moliya instituti, 2017, 243 bet.

1
https://tradingeconomics.com 



2 www.lex.uz

3 www.stat.uz ma’lumotlari asosida muallifning ishlanmasi

4
http://hozir.org 



Download 22,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish