Ruziboyeva Jasina Faxriddinovna - SamISI talabasi, XoliqulovAnvar Nematovich – SamISI dotsenti, i.f.n. Mamlakatimizda inflyatsiya darajasi va uni kamaytirish yo’llari Annotasiya: Ushbu maqolada inflyatsiya turlari va shakillari, uning kelib chiqish sabablari, hozirgi kunda mamlakatimizda inflyatsiya darajasining holati va unga qarshi kurashish chora-tadbirlari ko’rsatilgan.
Kalit so’zlar: Inflyatsiya, import, eksport, valyuta kursi, iste’mol bozori.
Аннотация: В данной статье описаны виды и формы инфляции, ее причины, современное состояние инфляции в стране и меры по борьбе с ней.
Ключевые слова: инфляция, импорт, экспорт, валютный курс, потребительский рынок.
Annotation: This article describes the types and forms of inflation, its causes, the current state of inflation in the country and measures to combat it.
Keywords: Inflation, import, export, exchange rate, consumer market.
“Inflyatsiya” lotincha “inflation” so’zidan olinib shishish, taranglashish, bo’rtish degan ma’nolarni bildiradi va ma’lum bir davr mobaynida mamlakatdagi Tovar va xizmatlar bahosi umumiy darajasining o’sishi, pulning xarid qobiliyatining pasayishini anglatadi. Narxlarning umumiy darajasi ko’tarilishi natijasida mamlakat pul birligining xarid qobiliyati pasayadi va natijada davlat pul birliging qadirsizlanishiga olib keladi. Pulning qadirsizlanishi deganda bir xil miqdordagi pulga ma’lum bir muddatdan so’ng sotib olinishi mumkin bo’lgan Tovar va xizmatlar miqdorining kamroq miqdorda sotib olinishi tushuniladi.
Inflyatsiyaning pul birligi xarid qobiliyatining pasayishi, narxlarning oshishidan tashqari quyidagi uch belgisi ham bor:
Valyuta kurslarining o’zgarishi;
Kundalik ehtiyoj mollaridan iborat iste’mol savati narxining o’sishi;
Kredit berish shartlarining qimmatlashuvi va muddatining qisqarishi.
Inflyatsiyaning asosiy ko’rsatkichi bo’lib iste’mol narxlari indeksining ma’lum bir vaqtdagi o’zgarishi hisoblanadi. Iste’mol narxlari indeksi – uy-xo’jaligi talabidan kelib chiqqan holda Tovar va xizmatlar umumiy narxlarining o’rtacha o’zgarishi darajasini namoyon etadi. Umumiy ko’rsatkich iste’mol savatidagi har bir Tovar va xizmatlar uchun narxlarning o’zgarishini inobatga olgan tarzda hisoblanadi.
Xalqaro amaliyotda inflyatsiyaning narxlarning o’sishi jihatidan uch shakli ajratiladi:
Sokininflatsiya. Ushbu inflyatsiyada muomaladagi pulmassasi, milliy pul birligining xarid qilish qobiliyati saqlanib turadi va mahsulotlar, ko’rsatiladigan xizmatlar, bajariladigan ishlarga bo’lgan narx-navolar yiliga o’rtacha 3% dan 10%gacha oshishi mumkin.
Shiddatli inflyatsiya. Ushbu inflyatsiyada muomaladagi pul massasi ko’payadi hamda milliy pul birligining xarid qilish qobiliyati tushadi va mahsulotlar, ko’rsatildigan xizmatlar, bajariladigan ishlarga bo’lgan narx-navolar yiliga o’rtacha 10%dan 100%gacha ba’zi hollarda 200%gacha ham oshishi mumkin.
Giperinflyatsiya. Ushbu inflyatsiyada milliy iqtisodiyot inqirozga uchraydi va natijada ishlab chiqarish, bozor boshqaruvsiz qoladi. Narx va ish haqi o’rtasidagi farq ortadi hamda narx-navo yiliga 1000%dan ortiq yoki oyiga 100%dan ortiq darajada oshadi.
Hozirgi kunga kelib har qanday darajadagi inflyatsiya salbiy jihatga ega degan fikrlar jamiyatda mavjud, lekin inflyatsiyaning barcha darajasi ham iqtisodiyot uchun zararliemas. Kichik foizli barqaror inflyatsiya iqtisodiy o’sish uchun tabiiy jarayon. Inflyatsiyaning past darajasi iqtisodiyotda qo’shimcha talab yaratishi orqali iqtisodiy o’sishga turtkiberadi. Inflyatsiyaning batamom to’xtatilishi esa iqtisodiyotning o’sish darajasini kamaytirib yuborishi mumkin. Shiddatli inflyatsiya kelgusida yuqori inflyatsiyaga olib kelib, iqtisodiyotni izdan chiqarishi mumkin. Shu sababli past darajadagi barqaro rinflyatsiya ijobiy hisoblanadi.
Inflyatsiyaning asosiy sabablari bir nechta bo’lib faqatgina narxning ko’tarilib borishi bilangina namoyon bo’lib qolmaydi, balki narxning boshqarilishiga ham bog’liq bo’ladi va quyidagi inflyatsiya shakillari ajratiladi:
Oshkora inflyatsiya – bu makroiqtisodiy tengsizlikning talab tomonidan qaralganda doimiy tarzda narxning ko’tarilib borishi. Oshkora inflyatsiya bozor mexanizmini buzmaydi, ya’ni ba’zi bir bozorlarda narx ko’tarilishi bilan bir vaqtda narx boshqa bozorlarda pasayib borishi mumkin.
Yashirin inflyatsiya – bu inflyatsiyada davlat tomonidan ma’muriy tarzda ba’zi bir iste’mol mahsulotlariga narx o’rnatiladi va tartibga solib turiladi. Yashirin inflyatsiyaning asosiy maqsadi ba’zi mahsulotlarning narxini davlat tomonidan ijtimoiy past darajada belgilash. Inflyatsiyaning bu turida iste’mol mahsulotlarining narxi keskin o’sishi kuzatilmasligi mumkin.