Ruza. Mobil aloqa tarmoqlari standart texnologiyalari



Download 383,76 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana24.11.2022
Hajmi383,76 Kb.
#871099
1   2   3
Bog'liq
18-MA\'RUZA

2G 
2,5G 
2,75G 
3G 
3,5G 
3,75G 
Pre 4G 
4G 

GSM 

cdma One 

D-AMPS 

PDC 

GPRS 

EDGE 

W-CDMA

UMTS

FOMA

TD-SCDMA 

CDMA-2000

HSPA

HSDPA 

HSUPA 

EV-DO 
Rel.0 

HSPA+ 

EV-DO 
Rev.A,B 

LTE 

LTE 
Advanced 
3Gni ishlatadigan mavjud standartlar. UMTSstandarti (ingl. Universal 
Mobile Telecommunications System – “Mobil aloqa universal tizimi”) - uchinchi 
avlod mobil aloqa tizimlari turkumiga kiruvchi sotali aloqa texnologiyasidir. 
Ushbu standartda radioefir orqali ma‟lumot uzatish uslubi sifatida W-CDMA 
texnologiyasidan foydalanilgan. UMTS tizimi 3GPP loyixasiga muvofiq 
standartlashtirilgan va Yevropa ishlab chiquvchilari tomonidan HTIning IMT-2000 
Dasturi bo„yicha talablariga javob beradi. Raqobatdagi tizimlardan ajralib turishi 
uchun UMTS standarti gohida 3GSM deb xam yuritiladi. Shu bilan, bir tomondan, 
uni 3G-uchinchi avlod texnologiyalariga tegishliligi ta‟kidlansa, ikkinchi 
tomondan, uni GSM tarmoqlarining “keyingi avlodi” ekanligi nazarda tutiladi 
(16.2-rasm). 


18.2-rasm. 3GPP loyihasining bosqichlari. 
Funksional jihatdan tarmoq tuzilmasi yer usti radioulanish tarmog„i – 
UTRAN (ingl. UMTS Terrestrial Radio Access Network) va tayanch tarmog„i – 
CN (ingl. Core Network) lardan iborat (16.3-rasmga qarang). GSM tarmoqlardan 
farqli ravishda UMTS tarmoqlarida foydalanuvchi qurilmasi - UE (ingl. User 
Equipment - abonent uskunasi) deb nomlanadi. Bunga sabab shuki UMTS 
tarmoqlarida UE nafaqat mobil stansiya vazifasini, balki ma‟lumot uzatish 
terminali funksiyalarini ham bajaradi. 
18.3-rasm. UMTS tizimlarining arxitekturasi. 
UTRAN tarmog„i tayanch tarmog„i CNga ulangan RNS (ingl. Radio 
Network Subsystem) radioulanish tarmoqlarining nimtizimlari majmuasidan 
tashkil topgan. RNS nimtizimi RNS kontrolleri va bir yoki bir nechta tayanch 
stansiyalar Node B larini o„z ichiga oladi. Radiotarmoq kontrolleri - RNS tayanch 
stansiyalarni boshqaruvini bajaradi hamda MSC/VLR - mobil kommutatsiya 
markazi bilan o„zaro ishlashni amalga oshiradi. RNSning asosiy vazifalariga 
quyidagilar kiradi: 
- radiokanallar taqsimlanishini boshqarish; 
- ulanishlarni nazorat qilish hamda ularni ketma-ketligini boshqarish; 
- masofadan dinamik kommutatsiya qilish; 
- abonent yuklamalarining taqsimlanishini nazorat qilish. 
Tayanch stansiya Node B ning asosiy funksiyasi radiointerfeysni tashkil 
etishdadir. Bunga quyidagilar kiradi: radiosignalni qayta ishlash, signal spektrini 
kengaytirish/siqish bilan modulyatsiya/demodulyatsiya, kodlash/dekodlash va 
boshqalar, shu jumladan, RNC radiokanallarni boshqarish bo„yicha ba‟zi 
operatsiyalarni bajarish (masalan, nurlanish quvvatini boshqarish, “xendoverni” 
amalga oshirish) va h.k. Tayanch stansiya FDD, TDD yoki aralash (ingl. dual-
mode) rejimlarda ishlay oladi. UMTS tizimining tayanch tarmog„i - CN quyidagi 
elementlardan iborat: 
MSC/VLR – mobil kommutatsiya markazitarmoqning markaziy elementi
hisoblanadi. U tayanch stansiyalarni (TS) katta guruhiga xizmat qilishi mumkin 
hamda abonent uskunalarining (AU) ish jarayonida zarur bo„ladigan barcha turdagi 
ulanishlarini ta‟minlaydi. MSC/VLR turli tarmoq elementlarini (xususan, RNS 
nimtizimlari elementlarini) o„zaro ulagan holda UMTS tarmog„i ichida ma‟lumot 
almashuvini ta‟minlab beradi. Shuningdek, MSC/VLR boshqa MSClar, qisman 
hududiy GMSC va yana boshqa qismlar bilan ham ulanishni amalga oshiradi. MSC 
tarkibidagi VLR registrida mehmon abonentlar uchun ko„rsatilgan aloqa 
xizmatlari, shuningdek, tizimning xizmat ko„rsatish doirasidagi AUlarning 
joylashgan o„rni haqidagi aniq ma‟lumotlar saqlanadi. HLR registri, SGSN va
GGSN tugunlari huddi GSM tarmoqlaridagi kabi vazifalarni bajarishadi. 


Operatorlar o„zlariga mos tarmoq konfiguratsiyalarini yaratishlari uchun UMTS 
tizimining arxitekturasi yetarli darajada moslashuvchan va universaldir. 
UTRAN tarmog„i 4ta asosiy interfeysdan foydalanishini eslab o„tamiz: 


Download 383,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish