Iu
– RNC vа CN o‟rtasidagi interfeys;
Uu
- Node B bilan АУ o‟rtasidagi interfeys;
Iur
– RNClar orasidagi interfeys;
Iub
- Node B hamda RNC orasidagi interfeys.
Uu
va
Iu
interfeyslari ikki qismga bo‟linadi:
U-Plane
(ингл.
User Plane
) - transport xizmatlari va radioulanish
tarmog„i orqali ma‟lumot uzatish xizmatlarini amalga oshiruvchi abonent sathi
protokollari;
С-Plane
(ингл.
Сontrol Plane
) - radioulanish tarmog„idagi transport
xizmatlarini hamda AU va tarmoq orasidagi ulanishlarni, shu jumladan, xizmat
ko„rsatishga oid so„rovlar, uzatish resurslarini boshqarish, “xendover” va
hokazolar boshqaruvini amalga oshiruvchi boshqaruv satxi protokollari.
CDMA-2000 standarti.3GPP-2 loyihasi doirasida amalga oshirilgan
tadqiqotlar natijasida CDMA-2000 oilasi tarkibiga kiradigan standartlar guruhi
ishlab chiqildi. O„z nomidan ma‟lum qilganidek, CDMA-2000 standartlarining
oilasi (CDMA2000 1X - CDMA2000 EV-DO Rel.0, CDMA-2000 EV-DO Rev.A,
CDMA-2000 EV-DO Rev.B, - CDMA-2000 3x) kanallarni kod asosida ajratuvchi
– CDMA texnologiyasini qo„llagan holda quriladi. CDMA texnologiyasi o„zining
yuqori spektral samaradorligi tufayli sotali aloqa tizimlarining ikkinchi avlodidan
uchinchi avlodiga o„tish uchun qat‟iy yechim bo„ldi. CDMA-2000 standarti
cdmaOne (IS-95) tarmoqlarining evolyutsion rivojlanishida uchinchi avlodi deb
hisoblanadi, va shuni uchun ham bu standartlar tarmoqlari o„zaro ishlay oladi.
CDMA–2000 standartlari IS-95A versiyasining asosiy prinsiplarini saqlagan holda
uzluksiz rivojlanmoqda va takomillashib bormoqda. O„zining keyingi evolyutsion
rivojlanishida CDMA-2000 standartlari LTE standarti tomon harakatlanmoqda.
CDMA-2000 tizimining arxitekturasi GPRS va UMTS tizim arxitekturalari
bilan ko„plab umumiylikka ega. Bu yerda ham ikki darajaga bo„linish mavjud:
radioulanish - RAN va tayanch – CN tarmoqlari, shuningdek, paketli va kanalli
kommutatsiya uchun alohida nimtizimlar ishtirok etadi. CDMA tarmog„i quyidagi
tuzilish elementlaridan iborat (16.4-rasm):
18.4-rasm. CDMA-2000 tarmog„ining soddalashtirilgan sxemasi.
Radioulanish darajasida BTS - tayanch stansiyalar(transiverlar) va BSC-
tayanch stansiyalar kontrollerlari ishtirok etadi va o„zlari uchun an‟anaviybo„lgan
funksiyalarni bajaradi.
Tayanch tarmog„i darajasi quyidagi elementlardan iborat:
• PCF (ingl. PacketControlFunction) - paketli uzatishni boshqaruv markazi;
• PDSN (ingl. PacketDataServiseNode) - paketli ma‟lumotlarni uzatishga xizmat
qiladigan tugun.
Bu tugunlar paketli kommutatsiya jarayonida qatnashishadi.
• MSC– mobil kommutatsiya markazi:GPRStarmoqlaridagi kabi simli tayanch
tarmog„i hisoblanib, radioulanish tarmog„i va umumiy ulanish turg„un tarmoqlari
oralig„idagi bog„lovchi tugun hisoblanadi.MSCmarkazi kanalli kommutatsiya
yordamidaulanishni ta‟minlaydi.
Tarmoqning quyidagi tugunlari esa,o„zlarining an‟anaviy funksiyalarini
bajarishadi:
•
AAA -avtorizatsiya, autentifikatsiyava hisob markazi;
•
HLR- uy abonentlari registri;
•
VLR -mehmon abonentlar registri.
CDMA-2000 tizimlarining arxitekturasi tahlil qilinganda, PDSN -
ma‟lumotlarni paketli uzatish tayanch tarmog„i UMTS tarmog„idagi SGSN tuguni
o„rniga ishlatilishini ko„rish mumkin. Yana bir farq shundaki,CDMA-2000
tizimida AU lar mobilligini boshqarish uchun UMTS kabi HLR registri emas, balki
MobileIP protokolining kengaytirilgan versiyasi ishlatiladi (ya‟ni, IP- protokoli
bilan moslashtirilgan). Bu esa, yangi mobil aloqa tarmoklarini, asosan, mobil
Internet ilovalari va xizmatlariga yo„naltirilganligini hisobga olganda, CDMA-
2000 tizimlarining shubxasiz avzalligi hisoblanadi. Shu bilan birga, UMTS va
CDMA-2000 tizimlarida ommaviy foydalanish telefon tarmoqlariga va ma‟lumotni
paketli uzatish
tarmoqlariga ulanishda
o„xshashlik mavjud.
FOMA
standarti.FOMA (ingl. Freedom of Mobile Multimedia Acces) Yaponiyaning NTT
DoCoMo sotali aloqa operatori tomonidan taqdim etilayotgan 3G xizmatlari uchun
W-CDMA texnologiyasiga asoslangan standartning savdo belgisi hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda NTT DoCoMo kompaniyasi «pastga» kanalda 7,2 Mbit/s
«yuqoriga» kanalda 5,7 Mbit/s gacha ma‟lumot uzatish tezligini ta‟minlovchi
“O„ta tez FOMA” (ingl. FOMA High-Speed) nomini olgan HSPA xizmatlarini
taqdim etmoqda. Umuman, o„zining texnik xarakteristikalari bo„yicha FOMA
standarti UMTS standartiga juda yaqin. TD-SCDMA standarti.TD-SCDMA (ingl.
Time Division-Synchronous Code Division Multiple Access) bu bir eltuvchi
chastotali, vaqt bo„yicha duplekslovchi CDMA texnologiyasi asosidagi uchinchi
avlod tizimlarining“Xitoy” varianti hisoblanadi. Standart 2006 yilda Xitoy
telekommunikatsiya sanoatiniqo„llab-quvvatlash va CDMA-2000, W-CDMA
texnologiyalari patentlari uchunto„lovlardan xoli bo„lish maqsadida ishlab
chiqilgan va rasmiy qabulqilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |