Ruza. Kimyoviy reaksiya turlari. Noorganik birikmalarning asosiy sinflari



Download 177,5 Kb.
bet9/11
Sana26.09.2021
Hajmi177,5 Kb.
#186354
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Ruza. Kimyoviy reaksiya turlari. Noorganik birikmalarning asosiy

Mavzu: Oksidlar

Ta’rif: Kimyoviy elementlarning kislorodli birikmalariga oksidlar deyiladi va ular binar(ikki elementli) birikmalarga kiradi.

Umumiy formulasi: R2On

Ularni nomlash uchun element nomidan keyin “oksid” so‘zi qo‘shiladi. Agar element o‘zgaruvchan valentli bo‘lsa, uning valentligi rim raqami bilan qavs ichida ko‘rsatiladi.

Na2O – natriy oksidi, CO – uglerod (II) oksidi, Mn2O7 – marganets (VII) oksidi.

Amalda He, Ne va Ar dan boshqa barcha elementlarning oksidlari ma’lum.

Oksidlar quyidagicha bo‘linadi:



  1. Indefferent (befarq) oksidlar – ular tuz hosil qilmaydi. Masalan, N2O, NO, CO.

  2. Tuz hosil qiluvchilar 3 ga bo‘linadi:

  1. Asosli oksidlar – suv bilan ta’sirlashib asoslarni hosil qiladi. Masalan, Li2O – Cs2O, CaO – BaO, MgO, FeO, CuO.

  2. Kislotali oksildar – ya’ni angidridlar. Ular suv bilan ta’sirlashib kislotalarni hosil qiladi. Masalan, CO2, N2O5, SO3, CrO3, Mn2O7, Cl2O7.

  3. Amfoter oksidlar – ham kislota ham asos hosil qiluvchi oksidlar. Masalan, BeO, ZnO, SnO2, PbO2, Al2O3, Fe2O3.

Olinishi.

  1. Elementlarning bevosita kislorod bilan ta’siridan:

C+O2=CO2 2Mg+O2=2MgO

  1. Asoslarni parchalab olinadi:

Ca(OH)2→CaO+H2O Cu(OH)2→CuO+H2O

  1. Tuzlarni parcahalab olinadi:

Mg(HCO3)2→MgO+2CO2+H2O Cu(NO3)2→CuO+2NO2+1/2O2

  1. Murakkab moddalarni yoqib olinadi:

2CuS+3O2=2CuO+2SO2

Fizikaviy xossalari.

Asosli oksildar qattiq moddalar bo‘lib, faqat ishqoriy va ishqoriy-yer metallarining oksidlari suvda yaxshi eriydi. Kislotali oksidlar gaz, suyuq va qattiq holda bo‘ladi.

Kimyoviy xossalari.


  1. Asosli oksidlardan faqat ishqoriy va ishqoriy-yer metallari oksidlari suv bilan ta’sirlashadi:

Na2O+H2O=2NaOH CaO+H2O=Ca(OH)2

  1. Kislotali oksidlar suvda erib kislotalarni hosil qiladi:

SO3+H2O=H2SO4 Cl2O7+H2O=2HClO4

  1. Asosli oksidlar kislotali oksidlar bilan tuz hosil qiladi:

CaO+SO2=CaSO3

  1. Asosli oksidlar kislotalarda erib tuz hosil qiladi:

FeO+H2SO4=FeSO4+H2O

  1. Kislotali oksidlar asoslar bilan ta’sirlashadi:

N2O5+Ca(OH)2=Ca(NO3)2+H2O

  1. Amfoter oksidlar kislota va asoslar bilan ta’sirlashadi:

ZnO+2NaOH=Na2ZnO2+H2O

ZnO+2HCl=ZnCl2+H2O



  1. Oksidlar dissosilanmaydi.


Download 177,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish