G`azallarining nomlari:
"Ashraqat min..." (9 bayt, “Sharqda chiqqan quyoshning hidoyat nurlari piyolada aks etishi”, Jamshid obrazi bor);
"Har gadokim..." (13-bayt, Shoh G`oziy bor);
"Ko`rgali husnungni..." (7 bayt, Jomi Jam, Xizr, navoye-Navoiy- ishtiqoq san’ati);
"O'n sakiz ming olam oshubi..." (7 bayt, 18 raqami 5 marta qo`llangan, Masih obrazi bor);
"Sho'x ikki g'izolingni..." (7 bayt, Farhod ila Majnun, xayafshon-xay-ter, afshon-sochuvchi. Mumtoz adabiyotda u yoqimli hid taratish, yanada go`zallashish ma’nolarini anglatadi);
"Ko'nglung istar yorlar.." (7 bayt, Masih, Xizr, Ziloli Xizr – Xizr suvi, tiriklik suvi);
“Yordin ayru ko'ngul...” (7 bayt, 1) yordan ayrilgan ko`ngilni sultoni yo`q mulkka;
sultoni yo`q mulkni joni yo`q jismga;
joni yo`q jismni gul-u rayhoni yo`q qora tuproqqa;
gul-u rayhoni yo`q qora tuproqni oyi yo`q qorong`u kechaga;
oyi yo`q qorong`u kechani obi hayot bulog`i yo`q zulmatga;
obi hayot bulog`i yo`q zulmatni jannat bog`i bo`lmagan do`zaxga;
jannat bog`i bo`lmagan do`zaxni mastlik imkoni bo`lmagan xumorga
o`xshatadi);
“Qaro ko'zum.." (8 bayt, Ko`hkan-tog` qazuvchi, Farhodning laqabi);
"Ko'nglum o'rtansun agar..." (10 bayt, Masih, parixon-baxshilik, duoxonlik, duo bilan yomon ruhlarni haydash);
"Tifllar toshiki..." (7 bayt, Ranglar: qora, siymgun(kumushsimon, oq), qizil, ko`k...Iskandar nomi uchraydi);
"Gulruxi ra'noqadim..." (7 bayt);
"Ey sabo..." (9 bayt);
"Meni ishqdin man etar soda shayx..." (10 bayt);
"Do'stlar, ahli zamondin..." (7 bayt);
“Ko'z qonidin dema..." (7 bayt);
"Ko`nglum ichra dard-u g'am avvalg`ilarg`a o`xshamas" (7 bayt, Shirin-u Layli (3-bayt), Farhod ila Majnun (5- bayt), Jamshid-Faridun, Shoh G`oziy-7-bayt);
"Oshiq o`ldum..." (7 bayt);
"Ko'kragimdur subhing..." (7 bayt, Layli-Majnun);
"Ne navo soz aylagay..." (7 bayt, “Bir egasiz it bo`lub erdi Navoiy yorsiz”);
"Havo xush erdi-yu..." (8 bayt);
"Har qachonki, kemaga..." (7 bayt);
“Navbahor ayyomi bo'lmish..." (7 bayt);
"Orazin yopqoch ko`zumdin..." (7 bayt, Xizr);
"Kechti umrum naqdi g'aflat birla nodonlig`da hayf" (9 bayt);
“Men jahondin kechtim-u..." (7 bayt, Xizr);
"Mehr ko'p ko'rguzdum, ammo mehribone topmadim" (8 bayt, Taxallusi maqta`da (g`azalning oxirgi baytida) emas, begona baytda (maqta`dan oldingi baytda) qo`llangan, Vomiq-u Farhod-u Majnun);
"Qoshi yosinmu deyin..." (7 bayt);
“Ochmag'ay erding jamoli...koshki" (9 bayt);
"Yordin hijron chekar..." (9 bayt);
“Lolagun to'n ichra, yorab, ul g`azoli Chin erur" (8 bayt, Taxallusi maqta`da (g`azalning oxirgi baytida) emas, begona baytda (maqta`dan oldingi baytda) qo`llangan, 1-baytning 1-misrasi 2-baytning 2-misrasida takrorlangan);
“'Do'stlar, mahram deb elga.." (9 bayt, Sirni oshkor qilmaslik haqida);
"Meni men istagan..." (7 bayt);
"Menga nomehribon yor..." (9 bayt, Majnun);
"Rahm etib, ey do'stlar.." (7 bayt);
"Mening firoqim-u aning visoli tun bilan tong" (7 bayt);
“Kimga qildim bir vafokim.." (7 bayt);
"Kimki bir ko'ngil buzug`ning..." (9 bayt, Ka’ba, Astrobod);
"Sarig' og'rig' bo'dum..." (7 bayt);
"Oqara boshladi bosh-u..." (9 bayt, 40 dan 50 yoshga qadam qo`ydi, Hayot o`q yanglig` o`tmoqda, Yigitlik- bahor, kuhulat (o`rta yoshlik) – xazon, qarilik – qish);
"Xil`atin to aylamish jonon qizil sorig`, yashil.." (7 bayt)
Do'stlaringiz bilan baham: |