Boshlanish
Yangi real vaoqelik
Sizning qo‘lingizda, noodatiy insonlar uchun mo‘ljallangan noodatiy biznes-
kitob. Ulardan ba’zilari, o‘z biznesini ishga tushirish haqida, hali hech orzu ham
qilmagan bo‘lsa, boshqalari allaqachon o‘z biznesini tuzishgan va uni yaxshi
natijalar bilan rivojlantirib bormoqda.
Bu kitob yetuk, tajribali tadbirkorlar, biznes dunyosining “A” sinfidan o‘rin
olgan uddaburon biznes namoyondalari uchun. Ya’ni o‘zlarini yaratish, yetakchilik
qilish va g‘alaba qilish uchun dunyoga kelgan deb his etuvchi kishilar uchun.
Bu kitob g‘ayrati bir oz kamroq kichik biznes sohiblari uchun. Ehtimol, ular
“A” sinfga oid bo‘lmasligi mumkin, lekin biznes ularning hayotida markaziy o‘rinni
egallagan. Ular tinimsiz raqobatchilarining afzalliklarini qidirishadi va ulardan ko‘ra
yaxshiroq bajarishga, samaraliroq ishlashga va ulardan o‘tib ketishga urinishadi.
Bu kitob o‘zining asosiy ishiga boshi bilan sho‘ng‘ib ketgan, lekin har doim o‘z
loyihasini amalga oshirishni orzu qilganlar uchun. Ehtimol bu kishilarga o‘zi
shug‘ullanayotgan ishi yoqar, lekin rahbari yoqmas. Balki ular o‘z ishlaridan
shunchaki zerikishayotgandir. Ular o‘zlari yoqtirgan ish bilan shug‘ullanishni va
uning uchun haq olishni xohlashadi.
Vanihoyat, bu kitob hali hech qachon o‘z biznesini yaratish haqida o‘ylab ham
ko‘rmagan odamlar uchun. Ehtimol, ular bunga qodir emasman deb hisoblashar.
Ehtimol, ular o‘zlarida buning uchun yetarli mablag‘, vaqt, dadillik va bilim yetarli
emas deb hisoblashar. Balki ular shunchaki tavakkal qilishdan qo‘rqishar. Haqiqiy
sabab nima bo‘lishidan qat’iy nazar bu ularning ushbu kitobni o‘qib chiqishlariga
halaqit bermaydi, chunki undagi g‘oyalar mukammaldir.
Bizni yangi real voqelik qamrab oldi. Bugungi kunda har kim biznes bilan
shug‘ullanishi mumkin. Oldin qo‘llab bo‘lmagan vositalarni hozirgi vaqtda qo‘llash
mumkin. Oldin ming dollar turgan texnalogiyalardan hozirda arzimagan pulga, hatto
tekinga foydalansa ham bo‘ladi. Ikki, uch kishi, ba’zi hollarda butun bir bo‘lim
bajaradigan vazifani, hozirda bir kishi o‘zi bajarishga qodir bo‘lib qoldi. Besh yil
oldin bo‘lishi mumkin bo‘lmagan narsalar, bugunda oddiy holga aylanib qoldi.
Pul topish uchun haftasiga 60/80/100 soatlab vaqtingizni sarflashingiz shart
emas, 10-40 soat yetarli. Siz yig‘ib qo‘ygan jamg‘armangizni sarflashingiz yoki
katta tavakkalga qo‘l urishingiz shart emas. Siz o‘zingizning doimiy ish joyingizda
ishlab, o‘zingizni ta’minlash uchun doimiy tushib turadigan daromadga ega bo‘lib,
shu bilan birga unga qo‘shimcha ravishda o‘z biznesingizni ham tashkil etishingiz
mumkin, sizga hattoki ofis ham kerak emas. Bugungi kunda siz uyda ishlab turib
ham, sizdan ming kilometr masofa uzoqlikda yashovchi insonlar bilan birgalikda
ishlashingiz mumkin.
Ishga boshqacha yondashish vaqti keldi. Demak, qani boshladik.
Do'stlaringiz bilan baham: |