Russ nashriyotiga so‘z boshi



Download 1,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/97
Sana01.01.2022
Hajmi1,61 Mb.
#280098
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   97
Bog'liq
Rework (lotincha)

Mehnatsevarlik  

  

Bizning  madaniyatimiz  mehnatsevarlik  haqidagi  fikrlarni  rag‘batlantiradi. 

Shuning  uchun  ham  biz  tunda  ishlovchi  odamlar  haqida  ko‘p  eshitamiz.  Ular  o‘z 

navbatida “tungi uyg‘oqlik”ni yaxshi deb hisoblashadi va ofisda uxlashadi. O‘zini 

loyiha  uchun  qurbon  qilganlar  “jasorat”  medali  bilan  mukofotlanishi  kerak  deb 

hisoblanadi. Hech bir hajmdagi ish o‘ta katta bo‘lmaydi.   

Bunday mehnatsevarlik majburiyat emas, balki ahmoqlikdir. Ko‘p ishlayapsiz 

degani,  biznesingizning  kelajagi  haqida  ko‘p  qayg‘urayapsiz  yoki  ko‘p  ish 

qilayapsiz degani emas. Bu faqatgina shuni anglatadiki, siz ko‘p ishlayapsiz.   

O‘zining mehnatga mukkasidan ketganligi oqibatida mehnatsevarlar ko‘pincha 

yechimini  topganidan  ko‘ra  ko‘proq  muammo  yaratishadi.  Birinchidan  bu  tarzda 

ishlashni  uzoq  va  barqaror  davom  ettirishning  iloji  yo‘q.  Chunki  inson  organizmi 

bunga  moslashmagan.  Inson  haddan  tashqari  o‘zini  urintirishi,  o‘z  imkoniyatidan 

ortiqcha ishni bajarishga urinishi avvalo o‘zi uchun jiddiy oqibatlarga olib keladi.   

Mehnatga  mukkasidan  ketganlar  ko‘pincha  eng  asosiysini  e’tibordan  chetda 

qoldirishadi. Ular ko‘p vaqt sarflash bilan muammoni hal qilishga urinishadi. Ular 

intelektual  dangasalikning  o‘rnini  qo‘pol  kuch  bilan  qoplashga  urinishadi.  Bu 

shunchaki tushunarsiz qaror.  

Mehnatga  mukkasidan  ketganlar,  hattoki,  krizisni  keltirib  chiqarishadi.  Ular 

yanada  ko‘proq  foyda  keltirishga  urinishmaydi,  chunki  ular  asilida  ham 

belgilanganidan ortiq ishlashni yaxshi ko‘rishadi. Ular o‘zlarini qahramonlardek his 

qilishni yaxshi ko‘rishadi. Ular shunchaki keyin ko‘p ishlashni boshlashlari uchun, 

muammo yaratishadi (ko‘pincha o‘zlari anglamagan holda).  

Ofisda  juda  kechgacha  qola  olmaganlar  esa  bu  mehnatsevarlar  dastidan 

o‘zlarini  shunchaki  nomigagina  belgilangan  vaqtini  ishlab  berayotgandek  his 

qilishadi. Bu esa jamoaning ruhini tushirib yuboradi, bir qator xodimlarda aybdorlik 

hissi paydo bo‘ladi, ish vaqtidan tashqari ishlayotgan xodimlar oldida xuddi “orqa 

stulda  o‘tiruvchi”dek  ishga  munosabatda  bo‘lishlariga  sabab  bo‘ladi,  hattoki  bu 




vaqtda  o‘sha  mehnatsevarlarning  kompaniyaga  arzirli  foydasi  tegmayotgan 

bo‘lsada.   

Agar  siz  shug‘ullanayotgan  har  qanday  ishda  mehnat  qilish  bilangina  biror  

natijaga  erishish  mumkin  bo‘lsa,  u  holda  sizning  bahoyingiz  va  mulohaza 

yuritishingizni  baralla  maqtash  qiyin.  Sizning  qaror  qabul  qilish  jarayonidagi 

bahoyingiz  ham  oxir  oqibat  yo‘q  bo‘lib  ketadi.  Siz    nimalar  zo‘r  berib  ishlashga 

arziydi-yu, nimalar arzimasligini hal qila olishga qodir bo‘lmay qolasiz. Va hammasi 

charchoq  va  organizmingizning  holdan  toyishi  bilan  yakunlanadi.  Hech  kim  rosa 

charchagan holida to‘g‘ri va muhim qarorlarni qabul qila olmaydi.  

Aslida mehnatga mukkasidan ketganlar ishni boshqalardan ko‘ra jud ko‘p qila 

olishmaydi. Ular o‘zlarini boshqalardan ko‘ra afzalroq deb hisoblashsada, lekin bu 

shuni  anglatadiki,  ular  keyingi  vazifaga  o‘tish  o‘rniga,  faqat  ishning  arzimagan 

detallariga sayqal berish uchun ko‘p vaqt sarflashadi.   

Mehnatga mukkasidan ketganlar – qahramonlar emas. Ular vaqtni asrashmaydi, 

balki isrof qilishadi. Haqiqiy qahramon allaqachon uyida, u o‘z ishini tez tugatish 

yo‘lini topgan.  

  


Download 1,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish