Lauria cyiindracea nam joydagi o’simliklar va o’simlik qatlami qoldiqlari hamda qirg’oqlarga yaqin toshlar ostida hayot kechiradi.
Mashg’ulotni o’zlashtirilganlik darajasini aniqlash uchun topshiriq
1-jadval
Izoh: Ko’rsatilgan belgilar qaysi tur uchun mos kelsa. «•» bilan ifodalang.
Taqqoslovchi belgilar
|
Cochlicopa nitens
|
Sphyradium doliolum
|
La aria cylindracea
|
1 .Sistematikasi:
a) orculidae
b) cochlicopidae
v) orculinae
g) laurinae
|
|
|
|
2. Chig’anoq tipi:
a) xelikoid
b) buliminoid
v) pupilloid
|
|
|
|
3. Chig’anoq tuzilishi:
a) tuxumsimon yoki
konussimon
b) tsilindrsimon yoki ninatugmasimon
v) tuxumsimon - cho’ziq
|
|
|
|
4. Chig’anoq aylanalari soni:
a) 5-5,5
b) 8.5-9
v) 6-7
|
|
|
|
5. Chig’anoq og’zida tishsimon o’simtaning rivojlanganligi
a) tishsimon o’simta rivojlan magan
b) parietal va kolumellyar plastinka rivojlangan
v) angular plastinka rivojlangan, kolumellyar esa rivojlanmagan
|
|
|
|
6. Chig’anoq balandligi:
a) 3.5-5.0
b) 4.5-6.0
v) 3.5-4.7
|
|
|
|
Muhokama uchun savollar.
1. Сосhliсорa urug’i vakillarini chig’anoqlariniig yaltiroqligi va devorlarining o’ta yupqa bo’lishining sabablari nimada?
2. Nima uchun Golarktik turlar deb ataladi?
3. Kserofil. kseromezofil turlar qanday turl
6-Amaliy mashg‘ulot
Pseudonapaeus albiplicatus turining konxologik belgilarining populyatsiyalarda o’zgaruvchanligi
Ishning maqsadi. Pseudonapaeus albiplicata, turining konxologik belgilarining populyatsiyadagi o’zgaruvchanligini o’rganiladi.
Tip-Mollyuskalar – Mollusca
Sinf-Qorinoyodlilar- Gastropoda
Kenja sinf -O’pkalilar- Pulmonata
Turkum - Poyachako’zlilir - Styllommatophora
Oila - Enldae
Kichik oila - Pseudonapaenae
Avlod - Pseudonapaeus
Tur - Pseudonapaeus albiplicatus
Kerakli jihozlar. Pseudonapaeus albiplicatus ning uch xil populyatsiyadan yig’ilgan chig’anoqlari, fiksatsiya qilingan materiallar. Binokulyar, shtangentsirkul, yumshoq qisqichlar. jarrohlik qaychisi, parafinli vannachalar, entomologiya to’g’nog’ichlar, tomizg’ichlar, preparoval ninalar.
Ishning bajarilishi uchun qo’yilgan vazifalar. 1. Kollektsiya materiallaridan foydalanib chig’anoq tuzilishini o’rganib, ularning o’lchamlarini oling va farqlarni aniqlab, rasmini chizing. 2. Rasm(1rasm) va kollektsiya materiallaridan foydalanib, chig’anoq belgilarining o’zgaruvchanligi: shakli, rangi, skulpturasi, chig’anoq og’iz tuzulishi o’rganib, populyatsilarni bir biriga taqqoslang 3.Chig’anoqning o’zgaruvchanlik sabablarini tahlil qiling.
Ishning bajarilishi yuzasidan umumiy ma’lumot. Enldae oilasi vakillari boshqa oilalardan turlar sonining ko’pligi jihatidan ajralib turadi Hozirgi kunda MDH hududida bu oilaning 80 dan ortiq turlari mavjud bo’lib, ular 33 urug va 8 ta kenja oilaga mansub. O’rga Osiyoda esa 2 ta (Pseudonapaeinae. Chondrulopsininae) kichik oila vakillari tarqalgan.
Pseudonapaeus albiplicatus, Pseudonapaeinae kichik oilasining Pseudonapaeus avlodiga mansub bo’lib, hozirgi kunda O’rta Osiyo hududida bu avlodning 30 dan ortiq turlari keng tarqalgan.
Pseudonapaeus albiplicatus (1 -racm) ning chig’aiog’i o’ta o’zgaruvchan bo’lib, uning shakli konustsilindirsimon, devorlari qalin, yaltiroq bo’ladi. Chig’anoq o’ramlari 7-8 ta bo’lib, sal bo’rtib chiqqan yoki yassi bo’ladi.
Oxirgi 2-4 o’ramining kengligi bir xil. Chig’anoq asosan jigarrang bo’lib, yorug’ shulasimon ola-bula rang turli xil darajada rivojlangan Chig’anoq skulpgurasi ingichka yoki yo’g’on ajinsimon chiziklardan ba’zida qovurg’asimon tuzilishga ega.
Bu turning chig’anoqlari nihoyatda o’zgaruvchan bo’lgani uchun, konxologik belgilar: chokining chuqurligiga, chig’anoq og’zidagi tishsimon o’simtalarning qay darajada rivojlanganligiga, skulpturasining tuzilishiga, alohida z’tibor qaratish kerak.
1- rasm. Turli xil populyatsiyalarda tarqalgan Psendonapeus albiplicatus turining chig’anoqlari. A,B- Piyozli soy(Chotqol tizmasi) V- Xumson atrofii (Ugom daryosining chap qirg’og’i), G- Xazratishox qishlog’i atrofi(Chortoq tumani, Namangan viloyati).
Do'stlaringiz bilan baham: |