Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar



Download 401,17 Kb.
Sana29.05.2022
Hajmi401,17 Kb.
#617804
Bog'liq
net lug\'at


«E-lug‘at» dasturining imkoniyatlari
04.11.2014
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: Husanboy Ubaydullayev.

Mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni amalga oshirish doirasida chet tillarini o‘qitishning kompleks tizimi, ya’ni uyg‘un kamol topgan, mustaqil fikrlovchi yosh avlodni shakllantirishga, respublikaning jahon hamjamiyatiga yanada integratsiya-lashuviga yo‘naltirilgan tizim yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-dekabrdagi «Chet tillarini o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-1875 sonli Qarori qabul qilingan. Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Respublikada bir qator namunali ishlar amalga oshi-rilmoqda, jumladan, ingliz tilini birinchi sinfdan boshlab o‘qitish tizimi joriy etildi.
Chet tilini o‘rganuvchilar uchun muhimi so‘z boyligi bo‘lib, bunda lug‘atlarning ahamiyati katta hisoblanadi, biroq ularni doimiy ravishda, olib yurish bir muncha noqulayliklar tug‘diradi va ulardan foydalanish ma’lum bir vaqtni talab etadi. Hozirgi paytda chet tillarini o‘rganish jarayonida elektron lug‘atlardan foydalanish ta’lim jarayonining unumdorligini oshirib, ta’limda yangicha yondashuvni yuzaga keltiradi. Shu sababdan ham o‘zbek, rus va ingliz tillari bo‘yicha umumiy elektron lug‘at dasturini ishlab chiqish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Elektron lug‘atlar an’anaviy lug‘atlarga qaraganda, bir qator afzalliklarga ega bo‘ladi. Zamonaviy elektron lug‘atlar nafaqat o‘zining so‘z boyligi bo‘yicha, balki bu so‘zlarni tezda qidirib topish bilan ham ajralib turadi.
Toshkent axborot texnologiyalari universitetida «O‘zbek, rus va ingliz tillari asosida ishlovchi elektron lug‘at (kompyuter dasturini) ishlab chiqish» to‘g‘risidagi 12–14 sonli qarorga muvofiq «e-Lug‘at» nomli elektron lug‘at yaratildi (Mualliflar: Ravilov M. M., Tog‘ayev Sh. Sh., Baxshullayev X. U., Ubaydullayev H. I.). Elektron lug‘at 3 tilda: o‘zbek, rus va ingliz tili asosida ishlaydi. Ushbu tillar asosida 6ta yo‘nalish bo‘yicha so‘zlarni tarjima qilish mumkin.
Tarjima yo‘nalishlari:

  • o‘zbek-ingliz;

  • o‘zbek-rus;

  • ingliz-o‘zbek;

  • ingliz-rus;

  • rus-o‘zbek;

  • rus-ingliz.

Elektron lug‘atning bazasi 145 000tadan ortiq so‘z va atamalardan tashkil topgan. Barcha so‘zlarning tarjimasi misollar orqali ko‘rsatilgan. «e-Lug‘at» nomli elektron lug‘atning shaxsiy kompyuterlar uchun Windows muhitida ishlovchi hamda mobil qurilmalar uchun Android va iOS muhitlarida ishlovchi dasturlari yaratilgan. Dasturning iOS muhitida ishlovchi versiyasi quyidagi internet manzilga (https://itunes.apple.com/app/id894894288) joylashtirilgan va iOSning barcha tizimlarida ishlaydi. Hozirda dastur iOS tizimiga ega bo‘lgan qurilmalar uchun mobil dasturlar joylashtirilgan AppStore tizimida yuqori ko‘rsatkichlarni egallab turibdi.

Dasturning iOS va Android muhitlar uchun tuzilgan versiyalarida dastur qurilmada yengil ishlash uchun bir necha ishlar amalga oshirilgan, ya’ni dasturning bazasi to‘liq faol holatda (operativ xotiraga) yuklanmaydi. Dastur qurilmada tez ishlashi, so‘zlarni qidirishda qiyinchilik tug‘dirmasligini hisobga olib, faqatgina faol holatda «A» harfidan boshlangan so‘zlarni ko‘rishi mumkin. Keyingi so‘zlarni ko‘rish uchun so‘zning bosh harfini bosish kerak bo‘ladi. Bu bilan dasturning tez va faol ishlashi ta’minlangan.
Dastur bazasini shakllantirishda kirill va lotin alifbolarida so‘zlarni yozish natijasida kelib chiqadigan xatolar ijobiy hal etildi. Kirill alifbosi va lotin alifbosidagi «a», «c», «y» harflarining ishlatilishi natijasida lug‘at bazasidan so‘zlarni qidirishda ko‘p xatoliklar yuzaga keltirib chiqaradi. Masalan, «o‘zbek-ingliz» bo‘limida «abad» so‘zini qidirmoqchi bo‘lsangiz, to‘g‘ri kiritayotgan so‘zingiz lug‘at bazasida so‘zdagi «a» harfi kirill alifbosida xato yozilganligi sababli topilmasligi mumkin. Bu muammo harflarga maxsus kod biriktirish yo‘li bilan bartaraf etildi. Lug‘at bazasining yana bir foydali jihati shundan iboratki, barcha bo‘limlarda ingliz tilidagi so‘zlarning o‘qilishi yozilgan.
Foydalanuvchilarga qulay bo‘lishi uchun ishlab chiqilgan dasturlar bo‘yicha foydalanuvchi uchun qo‘llanma ishlab chiqilgan. Mazkur dasturlar testdan o‘tkazilib, ular normal ishlashi uchun talablar shakllantirilgan. Dasturning yana bir afzalligi shundan iboratki, Windows muhitida tarjima qilingan misollardagi notanish so‘zlarning teskari tarjimasini va uning qo‘llanilishi haqidagi ma’lumotlarni olish mumkin. Buning uchun tarjima oynasidagi notanish so‘z belgilansa, so‘zning tarjimasi oynaning pastki qismida paydo bo‘ladi.

Dasturning keyingi imkoniyatlaridan yana biri bu foydalanuvchining doimiy ravishda, so‘z boyligini oshirib borish imkoniyatini yaratuvchi qismi hisoblanadi. Bu qism dastur ishga tushirilganda Windows operatsion tizimi masalalar panelining o‘ng tomonida kichik axborot oynasi ko‘rinishida ishlaydi va bu oynada ma’lum bir vaqt intervalida so‘zlarni ketma-ket ko‘rsatib turadi.

Dastur afzalliklaridan yana biri mobil qurilmalar uchun iOS va Android versiyalari mobil qurilmada ishlashida qiyinchilik tug‘dirmaydi. Dasturning bazasi optimallashtirilgan, har bir qidirilgan so‘z bir necha misollarda namoyon etiladi. Yaratilgan dasturni o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimida, oliy ta’limda chet tili faniga yordamchi material sifatida foydalanish mumkin. Bundan tashqari, chet tilini mustaqil o‘rganuvchilarga ham tavsiya etiladi.
Download 401,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish