Rukn: Mobil aloqa


Xizmat ko‘rsatish sifati soxasida terminlarni tushuntiruvchi



Download 2,63 Mb.
bet67/110
Sana19.07.2021
Hajmi2,63 Mb.
#123395
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   110
Bog'liq
NGN YANGI AVLOD TARMOQLARI

7.1. Xizmat ko‘rsatish sifati soxasida terminlarni tushuntiruvchi

 

ITU-T modeli. Ingliz tilida “Xizmat ko‘rsatish sifati” terminiga  Quality of Service (QoS) erkin so‘z birikmasi mos keladi. “Xizmat ko‘rsatish sifati” termini telefon tarmoqlarining ishlab turishida turli aspektlarning tavsiflarida qo‘llaniladi.

ITU-T xujjatlarida xizmat ko‘rsatish sifatiga tegishli bo‘lgan terminlar E.800 tavsiyasi bilan aniqlanadi. Bu tavsiyada QoS ko‘rsatkichlari, xizmat ko‘rsatish xarakteristikalarining birgalikda paydo bo‘lishi kabi qaraladi. Quyidagi 7.1 rasmda xizmat ko‘rsatish sifati komponentlarini va ularning o‘zaro aloqasini aniqlovchi model ko‘rsatilgan.

Kutiladigan xizmat ko‘rsatish satxi quyidagi xarakteristikalar bilan baholanadi:

    xizmat ko‘rsatishni qo‘llab-quvvatlash (service support);

    xizmat ko‘rsatishning qulayligi (service operability);

    xizmat ko‘rsatishni taqdim etish (serveability);

    xizmat ko‘rsatish xavfsizligi (service security).

Xizmat ko‘rsatishni qo‘llab-quvvatlash xarakteristikasi, operator xizmatini taqdim etish qobiliyatini va uning qobiliyatliligini qo‘llashni aks etdiradi. O‘z navbatida xizmat ko‘rsatishni taqdim etish xarakteristikasi quyidagi uchta guruxga bo‘linadi:

    xizmatlarga ulanish (service accessibility);

    xizmat ko‘rsatish mo‘‘tadilligi (service retainability);

    xizmat ko‘rsatishning to‘liqligi (service integrity).

Xizmatlarga ulanish xarakteristikasi, foydalanuvchi talablari bo‘yicha ularni olish imkonini va so‘ralgan vaqt intervalida yomonlashishi sezmaydigan ravishda xizmat ko‘rsatishni davom ettirishni baholaydi.

Xizmat ko‘rsatish mo‘‘tadilligining xarakteristikasi, so‘ralgan vaqt intervali davomida berilgan atributlar bilan, olingan xizmatlardan foydalanish imkonini aniqlaydi. 

Xizmat ko‘rsatishning to‘liqlik xarakteristikasi, ko‘rsatiladigan xizmatlar to‘laligicha, yomonlashmasdan amalga oshadi.

         Xizmat ko‘rsatish xavfsizligi xarakteristikasi, telekommunikatsiya tarmoqlarining quyidagi ishlash aspektlari bilan bog‘liq: ruxsat etilmagan monitoring, g‘irromlikni qo‘llash, buzuq niyatlilik tufayli shikastlanish, noto‘g‘ri qo‘llash, inson xatoligi, tasodifiy falokatlar.

Yuqorida qayd qilingan barcha xizmat ko‘rsatish xarakteristikalari tarmoqning ishlash sifatiga, shuningdek funksional imkoniyatlariga bog‘liq. Mos keluvchi bog‘lanishlar 7.1-rasmning pastida punktir liniyalar bilan belgilangan.



 

 

7.1-rasm. Xizmat ko‘rsatish sifati soxasida terminlarni tushuntiruvchi   ITU-T modeli



 

Platalarning ustama xarakteristikasi (charging performance), aloqa turi, belgilangan punkt, sutkadagi vaqt va ulanishning davomiyligi nuqtai nazaridan korreksiyalangan ustama platalar ehtimolligi orqali  aniqlanadi.

Trafikga xizmat ko‘rsatish xarakteristikasi (trafficability perfor­mance), ma’lum bir parametrga ega bo‘lgan trafikga xizmat ko‘rsatuvchi texnik vositalarning qobiliyatini aniqlaydi. Bu xarakteristika uchta katta guruxga bo‘lingan.

Birinchi gurux uchun terminlar, “Resurslar va qurilmalar” deb ataladi va ular hali aniqlanmagan. Umuman olganda rejalashtirish xarakteristikalari uchun ta’rif (planning performance), xizmatlarni taqdim etish (provisioning performance) va ma’muriy boshqarish yaqin vaqtlarda ishlab chiqiladi.

Ikkinchi gurux, funksional ishonchlilik (dependability) deb ataladi. Bu yig‘ma termin, asosiy ta’sir qiluvchi faktorlarni inobatga olgan holda ishga qobiliyatlilik xarakteristikasida ko‘rsatiladi va to‘rtta muhim xarakteristika ajratiladi: 

    tayyorlik (availability) – berilgan vaqt lahzasida yoki har qanday berilgan vaqt intervali lahzasida texnik vositalarni talab qilingan funksiyani bajarish qobiliyati (agar zarur bo‘lsa mos keluvchi tashqi resurslarni qo‘llagan holda);

    ishonchlilik (reliability) – ma’lum bir sharoitda, belgilangan vaqt intervali davomida texnik vositalarni talab qilingan funksiyani bajarish qobiliyati;

    qayta tiklanuvchanlik (maintainability) – o‘rnatilgan sharoitda texnik vositalarni qo‘llashda xuddi shunday holatda tiklanishini qo‘llab quvvatlash, shuningdek, belgilangan protsedura va resurslarni qo‘llash yordamida talab qilingan funksiyani bajarishi mumkin bo‘lgan texnik xizmat ko‘rsatish qobiliyati tushuniladi;

    texnik xizmat ko‘rsatishni qo‘llab quvvatlash (maintenance sup­port) – texnik xizmat ko‘rsatishni belgilangan qoidalarida, talab bo‘yicha  ma’lum bir texnik vositalarni ishga qobiliyatliligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan resurslarni qo‘llash imkonini beruvchi ekspluatatsion kompaniyalarning qobiliyati tushuniladi.

Uchunchi guruxga, signallarni uzatish xarakteristikalari (transmission performance) kiradi. Ular, ishga qobiliyatli holatda bo‘lgan aloqa tizimi orqali uzatilgan, qayta tiklangan signalning satxi kabi aniqlanadi.

ITU-T E.800 tavsiyasida tarqalish muhitining xarakteristikalari (propagation performance) ajratilgan. Ular, shu jarayonni sun’iy  boshqarishsiz, belgilangan ulanish bilan signallarni o‘tishini ta’minlovchi shu muhit qobiliyati bilan aniqlanadi.

Bugungi kunda keng tarqalgan yana bir fikr mavjud, bugungi KK va PK tarmoqlari IP- infrastrukturasiga asoslangan tarmoqlarga asta sekinlik bilan birlashmoqda. Bunday tarmoqlar TUF trafiklari kabi odatdagi Internet trafiklarini ham tashiydi. Konvergensiyaning bunday ssenariysi, texnologiyalarni birlashtirish orqali tannarxning kamayishi olib kelgani kabi yangi xizmatlarni yaratish orqali industriyaning rivojlanishi bilan yoqimli. Lekin amalda konvergensiya juda sekin ketmoqda. Texnik nuqtai nazardan eng qiyini xizmat ko‘rsatish (QoS)ni ta’minlash sifati muammolari bilan bog‘liq.

Odatdagi IP tarmoqlari, foydalanuvchilarga taqdim etildigan tarmoq resurslarining mumkin bo‘lgan haqqoniy ulushini sifatli “eng yaxshi urinish”  (best effort)ni qo‘llaydi. Lekin bularni ishlab chiqarish satxida bajarilishi kafolatlanmaydi.

best effort prinsipi noreal vaqt masshtabida (elektron pochta, fayllarni uzatish) ilovalarni qo‘llab quvvatlash uchun etarli darajada samarali va vaqtning real masshtabiga yaqin bo‘lgan ilovalar (audio/video eshittirish, Webni ko‘rish) uchun kengaytirildi. Biroq foydalanuvchilardan kutiladigan interaktiv ovozli telefoniya va real vaqtning boshqa ilovalarni sifatini ta’minlash kam extimollidir, o‘tkazish qobiliyatini chegaralash paketlarni yo‘qolishiga yoki ushlanib qolish kattaligini jiddiy ravishda oshishiga olib keladi.

Kelajakda, IP-tarmoqlariga asoslangan konvergensiyaning to‘liq foydali samaradorligi qo‘llash uchun, IP (VoIP)dan yuqori bo‘lgan ovozga ega bo‘lgan ko‘p va turli tuman foydalanuvchi ilovalari uchun QoSni differensiallashni ishonchli ta’minlash qobiliyatiga ega bo‘lgan resurslarni yangi taqsimlash prinsipini qo‘llash kerak.

QoSni boshidan oxirigacha IP uchun hal qilish, qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan IP/TUF ni muvoffaqiyatli konvergensiyalash imkonini beradi, masalan quyidagi 3 qadamni:

1. IRni ishlab chiqish parametrlarining umumiy majmuasiga nisbatan  tarmoq provayderlari shartnomalari va QoS talablarini amalga oshirish;

2. Terminal terminal uchastkasida QoSning belgilangan talablarini qo‘llab quvvatlovchi tarmoq mexanizmlarini  tarqatish;

3. Kafolatlangan QoS bilan IP-potokollari so‘rovi bo‘yicha signalizatsiya protokollarida QoS talablarini joriy qilish  imkonini yaratish.

Oxirgi vaqtlarda IP tarmoqlarida, xizmat ko‘rsatish sifati (QoS) savollari, juda dolzarb bo‘lib qoldi, chunki bunday masalalarning hal qilinishi kelajakdagi XXI asr aloqa tarmoqlari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liq.

O‘tgan bir necha yil davomida IETF tashkilot doirasida, QoS ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan katta yoki kichik darajadagi  bir qancha arxitekturalar va mexanizmlar taklif qilindi. Anchagina taniqli bo‘lgan va qo‘llanilgani IntSerf, DiffSerf, MPLS (GMPLS)lar, shuningdek majburiy marshrutlashtirish mexanizmi hisoblanadi.

 


Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish