Rukn: Mobil aloqa



Download 2,63 Mb.
bet55/110
Sana19.07.2021
Hajmi2,63 Mb.
#123395
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   110
Bog'liq
NGN YANGI AVLOD TARMOQLARI

WiMAX texnologiyasi strukturasi bo‘yicha Wi-Fi ga o‘xshash. WiMAX texnologiyasining tafsilotlari IEEE 802.16e standartida keltirilgan. WiMAX tizimida sotali qoplash tizimiga birlashtirilgan abonent qurilmalari va bazaviy stansiyalarni o‘z ichiga oluvchi tayanch radiotizim, shuningdek, umumfoydalanish tarmoqlari bilan shlyuzlar mavjud bo‘lgan simli komponenta, avtorizatsiya, identifikatsiya (Radius), boshqaruv, kommutatsiya va boshqa serverlar mavjud. WiMAX texnologiyasi boshida MAN kirish tarmoqlarini yaratishga qaratilganligi sababli, boshqaruv elementlarining arxitekturasi unda Wi-Fi ga qaraganda chuqurroq ishlab chiqilgan va o‘z ichiga NGN tizimlarining boshqaruv va kommutatsiya sathlarini oladi.

Wi-Fi va WiMAX texnologiyalari nafaqat tarmoqning murakkabligi, balki chastota diapazoni, sotalar o‘lchami, AAA protseduralari, shuningdek, abonentlarning mobilligini ta’minlovchi maxsus texnologik echimlar bilan farqlanadi.

 

5.3-jadval



Wi-Fi va WiMAX texnologiyalarini taqqoslash

Ko‘rsatkich

802.16 standart (WiMAX)

802.11 standart (Wi-Fi)

Samaradorlik

O‘tkazuvchanlik qobiliyati

Radiochastota resursidan samarali foydalanish ta’minlanadi

Har bir abonent bilan kamayib boradi

Tezlikni boshqarish

Har bir abonentga optimat tezlikda ishlash imkonini beradi

Nazarda tutilmagan. Abonentlar bir xil tezlikda ishlaydi

QoS

O‘tkazish polosasi

Har bir abonentga yuqoriga/pastga yo‘nalishlardan mustaqil ravishda taqdim qilinadi

Tashqi nazorat qurilmasi talab qilinadi

Paketlarni imtiyozlash

Servisni nazorat qilishga asoslangan kafolatlangan etkazishni ta’minlaydi

Tarmoq boshqaruvi bo‘lmaganida oldindan aytib bo‘lmaydigan tarmoq operatsiyalari

Ushlanish va jitter

Xizmat ko‘rsatish kelishuviga muvofiq tarzda barcha yo‘nalishlar uchun nazorat qilinadi

Paketni kafolatlangan ushlab qolish qo‘llab-quvvatlanmaydi

Multiservislilik

VoIP, Video, Data servislarini kombinatsiyalash bitta SU orqali ta’minlanishi mumkin

Qo‘llab-quvvatlanmaydi

Kirishni nazorat qilish

Kirishni nazorat qilish

2-sath (MAS bo‘yicha) va 3-sath (IP bo‘yicha)

MAS ro‘yxati bo‘yicha kirish. MAS adresni o‘zgartirish mumkin

Paketlarni tanish

Har bir CPE qurilmasi faqat o‘ziga mo‘ljallangan ma’lumotlarni qabul qiladi

Ma’lumotlar barcha CPE lar uchun ochiqdir

 

 

Ushbu texnologiyalar 5.3-jadvalda qisqacha keltirilgan tafovutlari ham mavjud. Jadvaldan kelib chiqadiki, WiMAX texnologiyasi yirik radiokirish tarmoqlarini yaratish uchun istiqbolliroqdir. SHu bilan birga Wi-Fi texnologiyasi zamonaviy shaharlarning eng mashhur nuqtalarida katta bo‘lmagan radiokirish tizim nuqtalarini hosil qiladi. YUqorida ko‘rib chiqilgan tendensiyani hisobga olgan holda, Wi-Fi va WiMAX texnologiyalariga hozirgi vaqtda ikki raqobatchi texnologiyalar sifatida qarash mumkin.



Bu holatda, simli kirish tarmoqlari tizimlari kabi tarmoqni o‘rnatishning ikki alternativ biznes-modeli mavjud. Operator kirish tarmoqlarini abonentdan Wi-Fi texnologiyasi asosida rivojlantirishi mumkin. Bu holatda “shaxarni qoplash” strategiyasi kirish nuqtalarini eng gavjum joylarga o‘rnatish butun tarmoq bo‘ylab rouming o‘rnatishdan iborat bo‘ladi. SHu tarzda “biznesni bosqichma-bosqich rivojlantirish” modelini olamiz. WiMAX texnologiyasi radiokirish tarmog‘ini butun shahar hududini qoplaydigan qilib o‘rnatish orqali investitsion biznes-modelni taklif qiladi.

Agar simli kirish texnologiyalari bilan solishtirilsa, biznes-modeldan foydalanish bo‘yicha uy Ethernet tarmog‘i Wi-Fi texnologiyasiga, WiMAX ga esa – DSL va PON investitsion loyihalari ekvivalent bo‘ladi. Keltirilgan analogiyalar tasodifiy emas. Uy Ethernet tarmog‘i operatorlari bino ichida abonent tarmog‘ini tejash uchun Wi-Fi texnologiyasidan foydalanadilar. Shuningdek, yirik operatorlar ham DSL va PON tarmoqlarining rivojlanishi bilan oxirgi vaqtlarda IEEE 802.16 standarti texnologiyalaridan foydalanmoqdalar.

 


Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish