Rukn: Mobil aloqa


Keyingi avlod tarmog‘i elementlari



Download 2,63 Mb.
bet25/110
Sana19.07.2021
Hajmi2,63 Mb.
#123395
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   110
Bog'liq
NGN YANGI AVLOD TARMOQLARI

2.5. Keyingi avlod tarmog‘i elementlari

 

Keyingi avlod tarmog‘i (NGN), tarmoqning yangi konsepsiyasini, tovush funksiyalari, xizmat ko‘rsatish sifati (QoS) va paketli tarmoqning               afzalliklari va samaraliligi bilan kommutatsiyalanadigan tarmoqni o‘z ichiga oladi. NGN tarmog‘i tarmoqlar va texnologiyalarning birlashishida aks etadigan ishlab turgan telekommunikatsiya tarmoqlarining evolyusiyasini bildiradi. Shu sababli telefoniyaning klassik xizmatlaridan boshlanib va ma’lumotlarni uzatishning turli to‘plami yoki ularning kombinatsiyalarida tugagan xizmatlarning keng to‘plamini ta’minlaydi.



        NGN tarmoqlarining tuzilmasida integratsiyalangan qurilmada alohida qurilmalar yoki ixtiyoriy kombinatsiyalardan iborat bir nechta elementlar ishtirok etadi. NGN tarmog‘ining eng muhim elementlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:

-  media-shlyuz (MG) telefon tarmog‘idan tovush chaqiriqlarini terminallaydi, tovushni qisadi va paketlaydi, IP tarmoqda qisqargan tovushli paketlarni uzatadi, shuningdek IP tarmoqdan tovushli chaqiriqlari uchun teskari operatsiyani o‘tkazadi. ISDB/POTS chaqiriqlari signalizatsiya ma’lumotlarini media-shlyuz kontrolleriga uzatadi yoki signalizatsiyani N.323 xabarga o‘zgartirish shlyuzda amalga oshiriladi. Yuqorida keltirilgan media-shlyuz masofadan kira olish, marshrutlash, tarmoqning virtual qismlari, TCP/IP trafikni filtrlash va boshqalar uchun funksionallikni kiritishi  mumkin.

-  signalizatsiya shlyuzi (SG) signalizatsiyani o‘zgartirish uchun xizmat qiladi va uni kommutatsiyalanadigan paketli tarmoq o‘rtasida tiniq uzatishni ta’minlaydi. U signalizatsiyani terminalashtiradi va xabarni media-shlyuz kontrolleriga yoki signalizatsiyaning boshqa shlyuzlariga IP orqali uzatadi.

-  media-shlyuz kontrolleri (MGC) ro‘yxatga oladi va media-shlyuzning o‘tkazish qobiliyatini boshqaradi. Media-shlyuz orqali xabarlar bilan telefon stansiyalari bilan almashinadi. Quyida keltirilgan sxemada yuqorida keltirilgan barcha elementlarni o‘z ichiga olgan NGN tarmog‘iga misol keltirilgan (2.3 - rasm).



 

2.3 – rasm. Keyingi avlod tarmog‘iga misol



 

Yuqorida keltirilgan NGN tarmog‘ining elementlari bilan bir qatorda quyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin:

N.323 standarti bo‘yicha aralash kommutatsiyalanadigan va paketli tarmoqlarda tor polasali audio/video telefon xizmatlarini quvvatlash va ulardan foydalanish uchun xizmat qiladigan N.323 tarmoqli qurilma. N.323 tarmoqli qurilmaga quyidagilar kiradi: tarmoqning oxirgi nuqtasini o‘z ichiga oladigan terminal, N.323 terminallari bo‘lib, tegishli dasturiy ta’minotga ega shaxsiy kompyuterlar va N.323 standartini quvvatlaydigan IP telefonlar hisoblanadi.

N.323 shlyuzlari - paketli va kommutatsiyalanadigan tarmoqlar tomonida N.323 oxirgi nuqtalar o‘rtasida o‘zgarishlarning funksionalligini       ta’minlaydigan qurilmadir. O‘z ichiga uzatish formatlarini o‘zgartirish, kommunikatsiya protseduralari, audio/video kodeklarni oladi va bog‘lanishlarni o‘rnatadi va uzib qo‘yadi.

N.323 geytgipperi – paketli va kommutatsiyalanadigan tarmoqlarda foydalaniladigan adreslar (IP, telefon nomerlari) o‘zgartirishini ta’minlaydigan qurilmadir. Shu bilan birga  u o‘tkazish polasasini boshqaradi, masalan, tarmoq band bo‘lganda seanslar o‘tkazilishini cheklash. Geytgipper bir qurilmada integratsiyalangan bo‘lishi mumkin, masalan, terminal, shlyuz yoki ko‘p protokolli kontroller.

 

 



 

2.4 - rasm. N.323 tarmoq elementlari



 

Ko‘p nuqtali boshqarish bloki (MCU) – N.323 uch yoki undan ortiq oxirgi nuqtalarining ko‘p nuqtali kommunikatsiyasi (konferensiyasi) quvvatlanishini ta’minlaydigan qurilmadir. MCU bloklari kommunikatsiyani boshqarish va oqimlarni adaptatsiya qilish uchun javob beradi.

Umumiy geytgipper yordamida boshqariladigan ko‘p nuqtali              boshqaruvning terminallari, shlyuzlari va bloklari uchun «N.323 zonasi» (N.323 Zone) umumiy nom qabul qilingan.

Yuqoridagi 2.4 - rasmda N.323 tarmoqning arxitekturasi keltirilgan.

RADIUS serveri foydalanuvchilarning autentifikatsiyasi va xizmatlar doirasida o‘tuvchi tovush va ma’lumotlarni uzatish seanslari to‘g‘risidagi ma’lumotlar qayd etilishini ta’minlaydi. Odatda, ma’lumolar RADIUS serveridagi markaziy bazada saqlanadi.

 


Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish