Php on html



Download 35,78 Kb.
bet1/3
Sana24.01.2022
Hajmi35,78 Kb.
#406869
  1   2   3

1-mavzu: Tarmoqni dasturlash asoslari

Reja:

  1. Kirish.

  2. Fanning maqsadi, vazifasi, tarkibi va ko‘riladigan masalalar.

  3. Tarmoqni dasturlash asoslari bo‘yicha tushunchalar. Tarmoqning tarkibiy qismlari, klassifikatsiyasi.

  4. Tarmoqni dasturlash vositalari va dasturlash tillari.


Tayanch so‘z va iboralar. Tarmoq, dasturlash tillari, OSI modeli, TCP/IP modeli, TCP, UDP, FTP, URI, URL, URN, Application Programming Interface, IPv4 va IPv6 protokollari.
Keyingi avlod tarmoqlarini rivojlantirish hozirgi kunda telekommunikatsiya operatorlari tomonidan bo‘lgani kabi ularning buyurtmachilarida ham katta qiziqish uyg‘otmoqda. Bunday qiziqish inson va biznesning har kungi hayotida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarning ta’siri oshishi bilan asoslangan.

Zamonaviy tarmoqlarning kamchiliklaridan biri – ularning tor maxsus maqsad uchun belgilanishi hisoblanadi. Aloqaning har bir turi uchun hech bo‘lmaganda bitta mustaqil tarmoqqa ega bo‘ladi. Natijasi ishlab chiqarish va texnik xizmati ko‘rsatishining o‘z bosqichini talab etadigan ajratilgan tarmoqlarning har biri ushbu tarmoqlarning eng ko‘p sonining mavjudligi xisoblanadi. Bunda bir tarmoqning resurslari, odatda, boshqasidan foydalanmasligi mumkin. Axborot resurslari bilan tarmoqlar va xizmatlarning nomenklaturalarini funksionallikni bir vaqtda kengaytirish bilan axborot resurslarini samarali boshqarishda ehtiyoj yuzaga keladi. Ushbu masalani amalga oshirish uchun to‘liq funksional multiservislik talab etiladi. Ularni yaratish keyingi avlod aloqa tarmoqlarining asosi bo‘ladi.

Yangi avlod tarmog‘i – bu telekommunikatsiyaning yuz yillik evolyusion rivojlanish mevasi hisoblanadi, unda umumiy foydalanishdagi telefon tarmog‘ining masshtablilik va ishonchlilik ko‘rsatkichlari Internet tarmog‘ining ko‘lami va moslashuvi bilan mos keladi. Yangi avlod tarmog‘ining eng sodda ta’rifiga asosan – IP-trafik bo‘yicha ertangi yuklamani qabul qilish uchun zarur masshtablilik va bozor tomonidan qo‘yiladigan bir nechta talablarga tez ta’sir etish imkoniga ega moslashuvni bir vaqtda ta’minlagan holda, amaldagi ilovalar va xizmatlarning butun komponentini samarali qo‘llab-quvvatlashga asoslangan ochiq, standarti paketli infratuzilmalardir. Majburiy shartlari bo‘lib, konvergensiya hisoblanadi, bunda ilovalar konvergensiyadan (masalan, nutq va ma’lumotlarni uzatish) infratuzilma konvergensiyagacha (masalan, optika va IP) barcha aspektlarda qo‘llaniladi.

Zamonaviy ma’lumotlarni uzatish tarmog‘i yoki infokommunikatsiya tarmog‘i deb ham ataluvchi evolyusion yangilik ilm-fan o‘sishlari ichidagi ikki texnologiya kompyuter va telekommunikatsiya texnologiyalarining zamonaviy rivojlanishining natijasi bo‘lib hisoblanadi. Bugungi kunda ma’lumot uzatish tarmoqlari yoki kompyuter tarmoqlari kirib bormagan sohani topa olish mushkul. Ular bevosita jamiyatga va taraqqiyotga ta’sir ko‘rsatibgina qolmasdan, insonlar hayotining ajralmas qismiga aylanib ulgurdi. Birgina misol, internet tarmog‘i hozirgi kunda insonlarning axborotga bo‘lgan talabini qondiribgina qolmasdan interaktiv, ko‘ngilochar xizmatlarni ham taqdim etmoqda.

Yana bir alohida etiborli tomoni – zamonaviy texnologiyalar orqali bir vaqtda ko‘plab foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish imkoni mavjud. Shu jihatdan olib qaraganda, zamonaviy ma’lumot uzatish tarmoqlarini qurish, ularning ishini samarali tarzda tashkil etish bo‘yicha tarmoq vositalari, tarmoq ilovalarini yaratish, tarmoq turli jarayonlarini dasturlash, Internet tarmog‘i bo‘yicha adreslash, uning funksional imkoniyatlarini tahlil qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan “Tarmoqni dasturlash asoslari” fani ayni shu masalalarni yechishga, dasturlash vositalari hamda turli tarmoq protokollaridan foydalanib tarmoq imkoniyatlarini oshirishga yo‘naltirilgan.

“Tarmoqni dasturlash asoslari” fani tarmoq qurish va loyihalash ishida zarur bo‘ladigan: tarmoqni dasturlash asoslari, tarmoqlarning tuzilish prinsiplari, ma’lumot uzatish modellari (OSI va TCP/IP), tarmoqni dasturlashda protokollar, Internet tarmog‘i protokollari, tarmoqni dasturlashda dasturlash tillari klasslaridan foydalanish, tarmoq dasturlashda oqimlar, shuningdek, tarmoqni dasturlashda soketlar, broadcasting, multicasting, tarmoqni dasturlashda ko‘poqimlilik va funksiyalarni paralellashtirish tushunchalari, tarmoqda kommutatsiyani, marshrutizatsiyani dasturlash tamoyillari, tarmoqni dasturlashda amaliy pog‘ona protokollari va API (Application Programming Interface), tarmoq xavfsizligi va tarmoqqa ulanishni dasturlash, tarmoqni boshqarishni dasturlash, autentifikatsiya, identifikatsiya va avtorizatsiya tamoyillari, Internet tarmog‘i ilovalarini dasturlash, IPv4 va IPv6 protokollari tizimi asosida tarmoq dasturiy ta’minotini loyihalash masalalarini o‘z ichiga olgan bo‘limlardan tashkil topgan.

Fanni o‘qitishdan maqsad – tarmoqni dasturlash bo‘yicha ta’lim standartida talab qilingan nazariy va amaliy bilimlar, ko‘nikmalar va tajribalar darajasini ta’minlashdan iborat.

“Tarmoqni dasturlash asoslari” fanining bosh muhim vazifasi – talabalarga tarmoqni dasturlash asoslari, tarmoqni dasturlash vositalari va dasturlash tillari, ma’lumot uzatish modellari (OSI va TCP/IP), bog‘lanishning ko‘p sathli arxitekturasi, ochiq tizimlar o‘zaro bog‘lanishining OSI modeli, TCP/IP modeli, uning tavsifi, tarmoqlarni o‘zaro bog‘lanish asoslari, klient-server arxitekturasi, tarmoqni dasturlashda protokollar, IP protokoli, TCP protokoli, UDP protokoli, FTP protokoli, uning modellari, Internet tarmog‘i protokollari, HTTP protokoli, WWW xizmatlari, URL klassi, URL bog‘lanishi klassi, HTTP URL bog‘lanishi klassi, URI, URL, URN resurslari, tarmoqni dasturlashda oqimlar, tarmoqni dasturlashda soketlar va ularning turlari, soketlar asosida klient, server, klient-server dasturlarini yaratish, tarmoqni dasturlashda guruhli, multikast soketlardan foydalanish, tarmoqni dasturlashda jaraѐnlarni paralellashtirish, tarmoqda kommutatsiyani dasturlash, IP kommutatorlarni, IP marshrutizatorlarni loyihalash va dasturlash, tarmoqqa ulanishni dasturlash tamoyillari, autentifikatsiya, avtorizatsiya va identifikatsiyani dasturlash, Internet tarmog‘i va uning tuzilish prinsipi, HTTP va FTP protokollari, Internet tarmog‘i ilovalarini dasturlash bo‘yicha, shuningdek, telekommunikatsiya tarmoq qurilmalarining tuzilish prinsiplari, tarmoq qurilmalarining dasturiy ta’minotini loyihalash va yaratish, tarmoqda klient-server arxitekturasini realizatsiya qilish, IPv4 i IPv6 protokollari, IPv4 va IPv6 soketi manzillarining tuzilishi hamda ular asosida tarmoq dasturiy ta’minotini ishlab chiqish masalalarini o‘rganishni muvaffaqiyatli o‘zlashtirishlari uchun zarur bo‘lgan tayanch bilimlarni berishdir.

Tarmoqni dasturlash asoslari tarmoq, dasturlash tillari, ma’lumot uzatish modellari, protokol, internet, klasslar, oqim, soket, tarmoqni dasturlashda ko‘poqimlilik, funksiyalarni paralellashtirish, kommutatsiya, marshrutizatsiya, API, tarmoq xavfsizligi, autentifikatsiya, identifikatsiya, avtorizatsiya, tarmoqni boshqarish, Internet tarmog‘i ilovalarini dasturlash, IPv4, IPv6 kabi asosiy tushunchalarni qamraydi.

Shu o‘rinda qisqacha ma’lumot uzatish tarmoqlarida ma’lumot uzatish jarayoni va uni tashkil etish modelini ko‘rib chiqamiz:

Ma’lumot uzatish jarayonida ko‘plab operatsiyalar bajariladi. Haqiqatda esa uzatiladigan barcha axborot ishlanishni ko‘p bosqichlardan o‘tadi. Har bir bosqichlardagi ma’lumotlar bloklari paketlar ko‘rinishida tasvirlanadi. Paketlar kodlanadi, tanlangan kirish usullari bo‘yicha tarmoqqa elektrik yoki yorug‘lik signallar yordamida uzatiladi. Keyin qabul qilingan paketlardan ular ichidagi ma’lumotlar bloki yana tiklanadi, bloklar kerakli ko‘rinishdagi ma’lumotlarga aylantiriladi va ular boshqa ilovaga erishishga imkon beradi. Ko‘rsatilgan protseduralarning bir qismi faqat dasturiy amalga oshiriladi, ikkinchisi – apparatli, qandaydir operatsiyalar dasturlar bilan ham, apparatlar bilan ham bajarilishi mumkin. Barcha bajaradigan protseduralarni tartibga solish, ularning darajalarga va daraja qismlariga bo‘lib, bir-biriga ta’sirini ko‘rsatish – tarmoq modellarining vazifasidir. Ular to‘g‘ri ta’sir etishni tashkillashtirishni bir tarmoq ichidagi abonentlarga ham, har xil darajadagi xilma-xil tarmoqlarga ham imkon yaratadi.

1984 yili OSI (Open System Interconnection – ochiq tizimlar o‘zaro bog‘lanish etalon modeli) modeli halqaro ISO standartlari tashkiloti tomonidan taklif etilgan. O‘sha vaktdan beri uni barcha tarmoqli mahsulot ishlab chiqaruvchilari OSI modelini qo‘llaydi. Birok OSI modeli bilan yakinroq tanishish tarmoqda nimalar bo‘lishini yaxshi tushinish mumkin.

Modeldagi barcha tarmoqli funksiyalar yetti darajaga bo‘lingan (1.1-rasm). Bunda yuqorida turgan darajalar ancha murakkab, global vazifalarni bajaradi, buning uchun o‘zining maqsadlarida pastki darajalarini ishlatadi va ularni boshqaradi.



7. Amaliy daraja

6. Taqdim etish

5. Seans

4. Transport

3. Tarmoq

2. Kanal

1. Fizik

1.1-rasm.OSI modeli darajalari
Pastdagi darajani maqsadi – yuqorida turgan darajalarga xizmat ko‘rsatish bo‘lib, bu xizmatlarni bajarishda detallar muhim emas. Pastdagi darajalar oddiy, aniq funksiyalarni bajaradi. Ideal qaraganda har bir daraja faqat yonida bo‘lgan bilan muloqotda bo‘ladi. Yuqoridagi daraja shu vaqtda ishlab turgan ilovani amaliy vazifasiga to‘g‘ri keladi, pastki esa – aloqa kanallari bo‘yicha bevosita uzatishga to‘g‘ri keladi.

Bunda bir abonentdagi har bir daraja shunday ishlaydiki, boshqa abonentning tegishli darajasi bilan to‘g‘ri aloqada bo‘layotganday, ya’ni tarmoq abonentlarining bir nomdagi darajalari o‘rtasida virtual aloqa mavjud.

Real aloqani bir tarmoqdagi abonentlar faqat eng pastki – birinchi, fizik darajada olishadi. Uzatuvchi abonentda axborot hamma darajani o‘tadi.


Download 35,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish