7.9. Bloklarni optik kommutatsiyalash tarmoqlarda QoS
OBS tarmoqlarda QoSni ta’minlash signalli (zaxiralash uchun) protokollarni talab etadi. Shuningdek, magistral kommutator bloklari uchun bloklarni loyixalashtirish algoritmi zarur. Bu algoritmni asosiy kamchiligi shundan iboratki, yuqori ustunlikli trafikni uzatishda etarlicha ushlanib qolishni kiritadi.
OBS da rejalashtirish. Boshqaruvchi blok bog‘lamaga kelganida, mos kelgan ma’lumotlar bloki uchun kiruvchi zvenoda, to‘lqinli kanalni aniqlash uchun to‘lqinli kanallarni rejalashtirish algoritmi qo‘llaniladi. Rejalashtiruvchiga quyidagi axborotlar zarur, blokni kelish vaqti va boshqaruvchi blokka nisbatan uni siljishi. Rejalashtiruvchi xar bir to‘lqinli kanalda erishish mumkin bo‘lgan vaqtli slotlarni kuzatadi. Agar bog‘lamada FDL qo‘llanilsa, ma’lumotlar blokini ushlab turish uchun bitta yoki bir necha FDLni tanlaydi, agar zarur bo‘lsa.
Do'stlaringiz bilan baham: |