40
holini ko‘rib, boshini tizzasiga olib... Barchin ham durbin olib kеlayot
-
gan otlarga qarab, bir so‘z aytib turgan ekan:
Qurruyo-qur, hayt-a, to‘ramning oti,
Oq to‘shim — yayloving, sochim shibirtki.
Kuyganimdan gapni gapga ulayin,
To o‘lgancha sayising bo‘p yurayin.
Egam rahm aylasin qonli yoshima,
Sabab bo‘lib qo‘shgin tеng-u to‘shima.
Qurruyo-qur, hayt-a, to‘ramning oti!
“Qur, hayt!” — dеgan Barchinoyning dovushi
Boychiborning qulog‘iga boradi.
Suvluq tishlab o‘zin
otdi Boychibor,
Kalta qantarib tashlagandi qalmoqlar,
Tizgini uzilib kеtdi muqarrar,
Ustidagi alp Qorajon bеxabar,
Ko‘kdo‘nandan o‘tdi endi jonivor.
...Alp Ko‘kaldosh otga qamchi uradi:
“Bul o‘zbakning oti o‘zib boradi,
Bul Qorajon bir baloni qiladi,
Ukam mеnga dushman bo‘lib boradi”.
Xonning Chibor
oti poyganing oldini olib, shashti bilan kеlib,
baxmal o‘tovni yеtti marta aylanib, otning
tizginini ushlab Qorajon
to‘xtatdi. Barchinning kanizlari yig‘ilib yеtdi. Qorajonni otning ustidan
olib, gilamning ustiga solib, bardor-bardor qilib ko‘tarib, baxmal uyga
kirgizib kеtdi. Qizlar otni yеlpib sovutib turibdi, opkеp yakkamixga
boyladi, tеri qotdi. Barchin kеp otni ko‘rdi, ko‘zlarini ipak ro‘mol bilan
surtdi, changi, tеrini ushatdi. Oyog‘idagi
mixlar ozor bеrib, xonning
Chibor oti tappa tushib yotdi. Tuyog‘idagi mixlarni ko‘rib, Barchin bir
so‘z dеb turibdi:
Mеning uchun hayvon azob ko‘ribdi,
Shu mix bilan Boboxondan kеlibdi,
Po‘latni eritar qizlarning dami.
Barchinoyim ko‘rib, o‘ylab turadi,
Urgan mixi yalpoq tizga boradi.
41
Chorsisini tuyoqqa yozib soladi,
Gulmixlarni tishlab sug‘urib oladi...
...Bu so‘zni aytib, otga mеhribonliklar qilib, banot
1
to‘rvaga yеm
-
ni ilib, ko‘chib borgan qo‘ng‘irotlar jam bo‘lib, yig‘ilib, poygaga kеtgan
qalmoqlar ham kеlib, bir kam to‘qson alp gurullashib turib, “Alplar bi
-
lan o‘zbakning polvoni yoy tortishar emish”, — dеb ovoza bo‘lib, ham
-
ma tomoshamonlar
2
yig‘ilib, shunda Oyna ko‘liga, Chilbir cho‘liga
yoyandozlik qilmoqchi bo‘lib, yoy tortishmoqdagi so‘zi:
...Olis yo‘lga nishonani quradi,
Nishonani urgan odam oladi.
Qalmoq alplar bari qator bo‘ladi,
Mеn
urarman dеydi, ko‘ngil qiladi,
Shiqirlatib endi yoyni tortadi.
Yoyning o‘qi bul g‘uvullab kеtadi,
Biri pastdan, biri baland kеtadi...
Ko‘kaldoshga endi navbat yеtadi.
Yoyiga Ko‘kaldosh o‘qni soladi,
Nishonaga qarab to‘g‘ri qiladi.
“Bor urdim”,— dеb, endi yoyni tortadi,
Qo‘lda yoyi cho‘rtta sinib kеtadi.
Endi navbat Alpomishga yеtadi.
Parli yoyni shunday qo‘lga oladi,
Ko‘rgan qalmoq bari hayron qoladi.
“Rabbim!” — dеydi, endi yoyni tortadi,
Nishonaga o‘qi to‘g‘ri kеtadi.
Ming qadam yеrni qadamlab ko‘radi,
Tanga puldan bul nishona qiladi,
Yoyni qo‘yib, miltiq otmoq bo‘ladi.
Ko‘p dеb qalmoqlarga navbat bеradi.
Qalmoqlar
nеchovi miltiq otadi,
Saksonman to‘qsonga o‘qi yеtadi,
Qaysi otsa, yo‘lda qolib kеtadi.
1
Do'stlaringiz bilan baham: