Adabiyot fanidan 9 – sinf uchun test
( I chorak )
1. Xalq og'zaki ijodining qaysi janri kuy bilan ijro etiladi?
A. Qo'shiq, doston. B. Maqol, qo'shiq.
C. Afsona, qo'shiq. D. Qo'shiq, asotir.
2. Alpomishning Chilbir cho'liga kelib cho'ponlar qushxonasida uxlab ko'rgan tushini yana kimlar ko'rdilar?
A. Barchin, Qaldirg'och. B. Qorajon, Ko'kaldosh.
C. Barchin, Qorajon. D. Boybo'ri, Boysari.
3. Sharq adabiyotida ,,Xamsa" yozish an'anasini boshlab bergan ijodkor kim?
A. Firdavsiy. B. Ganjaviy. C. Jomiy. D. Dehlaviy.
4. ,,Farhod va Shirin" dostoni muqaddimasida tirik filga qiyoslab madh etilgan buyuk shoir kim edi?
A. N. Ganjaviy. B. Osafiy. C. M. Ashraf. D. A. Jomiy.
5. ,,Farhod va Shirin" dostonidagi ushbu misralar kim tomonidan aytilgan?
Menga ne yor-u, ne oshiq havasdur, Agar men odam o'lsam, ushbu basdur.
A. Layli. B. Shirin. C. Mehr. D. Mehnbonu.
6. ,,Farhod va Shirin" dostonida hakim Suqrot Farhodga nima haqida saboq beradi?
A. Foniy va boqiy dunyo haqida. B. Tabobat haqida.
C. Haqqa yetishish yo'li haqida. D. Majoziy va haqiqiy ishq haqida.
7. Quyidagi asarlardan aruz vazniga bag'ishlanganini belgilang.
A. Muxtasar. B. Mag'zan ul-asror.
C. Matia' ul-anvor. D. Xamsat ul-mutaxayyirin.
8. Bobur qalamiga mansub ,,Topmadim" radifli g'azalining qofiya tuzilishini belgilang.
A. a-a b-a v-a. B.a-a b-b v-v. C. a-b a-v a-g. D. b-a v-a g-a.
9. Boburga bag'ishlab yozilgan romanni belgilang.
A. Avlodlar dovoni. B. Yulduzli tunlar.
C. Shukuhli karvon. D, Saadatsdhili.
10. ,,Xamsa” yozishda Navoiy tomonidan qudrati sherga tenglashtirilgan siymo kim?
A. Dehlaviy. B. Jomiy. C. Firdavsiy. D. Ganjaviy.
11. Alisher Navoiy haqidagi ushbu tavsif kim tomonidan berilgan?
„... Bu ulug' amir din-u davlat homiysi, shariat hamda millatning pushti panohidir"
A. Davlatshoh Samarqandiy. B. Xondamir.
C. Husayn Boyqaro. D. Mirxond.
12. Quyidagi misralarda qo'llanilgan asosiy tasviriy vositani belgilang;
Mening ko'nglumki, gaining g'unchasidek tah-hatah qondur, Agar yuz ming hahor o'lsa, ochilmog'i na imkondur.
A. O'xshatish. B. Sifatlash. C. Mubolag'a. D. Jonlantirish.
13. Navoiy asaridan berilgan ushbu misralarda qaysi qahramon sifatlari tavsiflangan?
Agar bir qatia ko'rdi har saboqni, Yana ochmoq yo'q erdi ul varoqni.
A. Shirin. B. Layli. C. Farliod. D. Majnun.
14. ,,Farhod va Shirin" dostoni mumtoz lirikaning qaysi she'riy shaklida yozilgan?
A. Erkin vazn. B. Aruz vazhi.
C. Barmoq vazni. D. Masnaviy usuli.
15. ,,Hayrat ul- abror" asaridagi ,,Rostlik ta'rifida" masali mavzusini aniqlang.
A. Yaxshilik va ezgulik. B. Do'stlik-birodarlik.
C. Mehr-rnuhabbat. D. Rostgo'ylik va yolg'on so'zlash.
16. Quyidagi baytda qo'llanilgan asosiy tasviriy vositani belgilang.
Kishi ayhing desa dam urmag'ilkim ul erur ko'zgu Chu ko'zgu tiyra ho'ldi, o'zga aybing zohir aylarmu?
17. Tabiat manzaralari, jonzotlar, hayotdagi turli tushunchalarning insonga xos xususiyatlar bilan berilishi she'riyat ilmida.
18. Rabg'uziyning ,,Qisasi Rabg'uziy" asaridan olingan quyidagi so'zlarni kim aytgan?
,,Ey yer, tutg'il". Yer Qobilni yu'zigacha yutdi.
19. Iblis (,,Qisasi Rabg'uziy") qaysi illati sababli gunohkor bo'ldi?
20. ,,Qisasi Rabg'uziy" asarida ,,Bo'g'iz uchun imonni ilikdin chiqarmasunlar" degan so'zlarni kimlar aytadi?
21. “Xamsa” yozishda Navoiy qanday ijodiy tamoyillarga tayanganligini yozing?
22. Xalq dostonlarining yozma dostonlardan farq qiladigan jihatlarini yozing?
23. Xalq dostonlarining turlarini yozing?
24. O’zbek mumtoz adabiyotida eng kichik janr atamasini yozing?
25. Ham she’riy shakl, ham janrni bildiruvchi atamani yozing?
Do'stlaringiz bilan baham: |