Boshqa lirik janrlar. Alisher Navoiydek buyuk san’atkor, tabiiyki, birgina g‘azalchilik doirasida qolishi mumkin emas edi. U o‘z davrida mavjud bo‘lgan barcha she’riy shakllarda samarali ijod etdi. Navoiy xilma-xil ruboiy janrlardan g‘oyat unumli foydalangan ijodkor edi. Ularda shoirni o‘ylantirgan fikr va tuyg‘ular janr imkoniyatlari doirasida o‘z ifodasini topdi. Shoirning «Xarobot aro kirdim oshuftahol...» nomli tarji’bandi tahlili’bu fikrlarni tasdiqlaydi.
Tarji’band – arabchadan olingan atama bo‘lib, «tarji’ va «band» so‘zlaridan tashkil topgan. «Tarji’» so‘zi qaytarish, takrorlash ma’nosini anglatadi. «Band» so‘zi kishan, qamoq, to‘xtatish, bog‘lash ma’nolarida kelib, she’riy janrlardagi misralarning miqdoriy tartibini bildiradi. Adabiy atama sifatida esa, bir necha banddan iborat bo‘lib, g‘azal singari qofiyalanadiKun, birinchi bandning maqta’si qolgan bandlarning so‘ngida ham takrorlanadigan she’r turini anglatadi.
Tarji’bandlar, ko‘pincha, falsafiy mavzuda yozilgan. U mumtoz she’riyatimizda keng uchraydigan adabiy janrlardan. Alisher Navoiy «Xazoyin ul-maoniy» kulliyotiga undan to‘rtta namuna kiritgan. «G‘aroyib us-sig‘ar» devonidan joy olgan «Xarobot aro kirdim oshuftahol...» tarji’bandi quyidagi satrlar bilan boshlanadi:
Ketur soqiy, ul mayki, subhi alast,
Aning nash’asidin ko‘ngul erdi mast.
Mayikim, qilur quysalar jom aro,
O‘zi mast-u kayfiyati mayparast.
Eshit sarguzashteki, bukun manga
Necha mayparast o‘ldilar hamnishast...
Ko‘rinadiki, tarji’bandning birinchi bandi g‘azalga o‘xshab qofiyalanadi. Ya’ni: birinchi bayt o‘zaro «alast–mast» tarzida qofiya-langan, qolganlarida esa toq misralar ochiq qolib, juft misralar o‘zaro qofiyalanib kelayotir «alast–mast», «mayparast – hamnishast». Boshqacha aytganda, qofiyalanish tizimi xuddi g‘azaldagiday aa, ba, va, ga shaklida. Tarji’bandning o‘n bayt yoki yigirma satrdan tarkib topgan birinchi bandi quyidagi bayt bilan yakunlanadi:
Xarobot aro kirdim oshuftahol,
May istarga ilgimda sing‘on safol.
Tarji’band o‘n band – ikki yuz satrdan iborat. Va har bir band «Xarobot aro kirdim oshuftahol, May istarga ilgimda sing‘on safol» maqta’si bilan yakunlanadi. Ushbu bayt mazmun va ruhiga ko‘ra barcha bandlarni bir-biriga bog‘lab turadi. She’rga boy hayotiy kuzatishlarga tayangan teran falsafa asos qilib olingan. Bu kuzatishlar bir tomondan, yengil mutoyibaga yo‘g‘rilgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, o‘z jiddiy xulosa-hukmlari bilan xayolingizni egallab oladi. Masalan, dastlabki bandda oshiqning qiziqarli bir sarguzashti hikoya qilingan: u bir necha mayxo‘r do‘stlari bilan mayxonaga kirib qolib, ko‘zi piri mug‘on (mayxona egasi)ga tushibdi. Birdan uning jozibasi oshiqni mahliyo etib, havaskor mayxo‘r qarmoqqa ilingan baliqdek inon-ixtiyorini yo‘qotib qo‘yadi. Darveshlik libosini garovga berib,-bir ko‘zacha may oladi. Og‘zini mum bilan mahkam berkitib, mastona qadam bosib kelmoqda edi, hamshishalari yugurishib kelib, ko‘zaeha ichida nima borligini tekshirishga tushib ketadilar. Oshiq bechora oyoqlar ostida qolib, hamma narsa shunday ag‘dar-to‘ntar bo‘ladiki... «Mening shikastlanganim hech narsa emas, ko‘zacha chil-chil bo‘lib, chorasiz qolgan edim»,– deb davom etadi o‘z sarguzashtini oshiq . Va «May ichish istagida parishon bir holda mayxonaga kirdim. Qo‘limda – singan safol idish» mazmunidagi yuqorida keltirilgan maqta’–bayt bu voqeani o‘ziga xos tarzda yakunlaydi.
Shu tariqa, har bir band soqiyga murojaat bilan boshlanadd va oshiqning aftodahol ahvoli tasviri bilan tugallanadi. To‘g‘ri., sarguzasht faqat birinchi bandda, qolganlarida asosiy o‘rinni holl tasviri egallaydi. Shoir goh umrning foniyligidan g‘alayonga kelib., mayxonada g‘avg‘o ko‘tarmoqchi bo‘ladi, goh safol ichidagi maydsa jahonning jilvalanishini tomosha etadi. Goh may xumoridam oshuftahol bo‘lib, soqiydan «og‘ziga may quy»ishini iltijo qiladi. Lekin ushbu tarji’bandning har jihatdan eng yuksak va mukammal bandi so‘ngisidir. U tarji’bandni yakunlaydi. Ilohiy ishq tasviri mazkur bandda o‘zining haddi a’losiga ko‘tarilgan:
Nechuk may bila bo‘lmasun ulfatim,
Ki jon qasdi aylar g‘am-u mehnatim.
Nazar ayla bu korgoh1 vaz’ig‘a2,
Ki ortar tamoshosida hayratim.
Quyosh yo‘qki, bir zarra mohiyatin
Topa olmadi sa’y ila fikratim.
Ne kelmak ayon bo‘ldi, ne ketmagim,
Ne mabda’3 yaqin bo‘ldi, ne raj’atim4.
Ne kasbi ulum etti hal mushkulim,
Ne tutti ilik taqvi-yu toatim.
Topay deb xabar ushbu maqsuddin,
Tutashti base qavm ila suhbatim.
...Mening boshima bas qotiq tushdi ish,
Chu toq o‘ldi bu dard ila toqatim.
Xarobot aro kirdim oshufta hol,
May istarga ilgimda sing‘on safol.
Bandda dunyoni anglamoq, o‘zini bilmoqqa tiyiqsiz ishtiyoq-mand oshiqning iztirob va kechinmalari betakror yo‘sinda o‘z ifodasini topgan. Dunyoning sir-sinoat ekanligi, uning o‘z qonuniyatlari borligi, uni anglash har kimning ham qo‘lidan kelavermasligi, haqiqat da’vosida yurganlarning o‘zlari haqiqatdan nihoyatda yiroq ekanliklari borasidagi shoir kuzatishlari va taftishlari o‘quvchini o‘yga soladi. Kishi beixtiyor shoir xulosalariga qo‘shiladi va uning izmidan yura boshlaydi. Darhaqiqat, g‘am-tashvislilan bo‘g‘ziga kelib qadalgan oshiq nega may bilan ulfat bo‘lmasin?
Shoir dalillariga e’tibor qilaylik: bu dunyo tuzumiga nazar sol, tomosha qilganing sayin hayrating ortadi. Mening fikr-u g‘ayratim quyosh u yoqda tursin, bir zarraning mohiyatini ham anglab yeta olmadi. Na kelishim ayon bo‘ldi, na ketishim. Na ularning sabab-oqibatini tushunib yeta oldim. Bularni bilmoq qasdida egallaganim ilm ham mushkulimni oson qila olmadi. Anglamoq ilinjidagi taqvo-toatim ham yordam bera olmadi. Ushbu maqsadda odamlar bilan suhbatga zo‘r berdim, natija bo‘lmadi. Bu dardimga na hakim iloj qiloldi, na shayx daf etoldi. Shuncha harakatim zoye ketdi, samara bermadi. Na biror niyatga yetolaman, na niyatdan voz kechib ketolaman. Boshimga juda og‘ir ish tushdi. Bu dard bilan toqatim toq bo‘ldi. Shu bois «May ichish istagida parishon bir holda mayxonaga kirdim. Qo‘limda – singan safol idish».
Shu tariqa shoir xarobot– mayxonaga kelish yo‘lini atroflicha asoslaydi. Endi tasavvufiy ramzlarni esga olaylik. May – Alloh ishqi. Xarobot – ahli darveshlar, soliklar, ya’ni yo‘lchilar. Soqiy – Alloh yo‘liga boshlovchi piri murshid. May ichiladigan jom – oshiq qalbi. Lekin bu yerdagi holm ko‘ringki, may idishning o‘zi siniq, ya’ni oshiq qalbi vayron. Garchi bu ham muhim bo‘lsa-da, bu vayronlik yor hajridan, unga intizorlikdangina emas. U olamni anglash va zabt etish imkoniyatining cheklangani bilan bog‘lanadigan holdir. Bu, albatta, tasvir etilayotgan vaziyatga alohida bir tus beradi, she’rdan olinadigan taassurotni kuchaytiradi va shoir asariga favqulodda mumtozlik baxsh etadi. Chunki she’rxon Yaratganini, demakki, o‘zini izlayotgan, tushunmoqchi bo‘layotgan, dunyo tartibotini anglashga intilayotgan shaxs ruhiyati, iztiroblari bilan oshno bo‘ladi.
Banddagi «ne-ne» so‘zlari bilan boshlanadigan dalil va e’tirozlar, norozilik va isyonlar junbushidan maydonga kelgan qizg‘in munozaraviy ohang asarga alohida bir ehtiros bag‘ishlagan. «Ulfatim – mehnatim – hayratim – fikratim – raj’atim – toatim – suhbatim – illatim – jur’atim –toqatim» qofiyalari va nihoyat epik dostonlarga xos bo‘lgan mutaqorib bahri (fauvlun fauvlun fauvlun fauvl)ning tanlanishi – bu ruh va ohangni ta’minlashda muhim o‘rin tutgan.
Buyuk iste’dod egasi uchun katta-kichik janr yo‘q. Uning sehrli qalami tekkan har bir so‘z alohida joziba baxsh etadi, abadiyat mulkiga aylanadi. Biroq, adabiyot nazariyasida ruboiy, tuyuq, fard, lug‘z, ta’rix kabi bir qator she’r turlari kichik janrlar sanaladi. Ular, odatda, hajman cheklangan bo‘ladilar. Quyida buyuk shoir qalamiga mansub kichik lirik janrlardagi ayrim asarlar haqida fikr yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |