Ruboiylarning mavzu mundarijasiga ko‘ra tasnifi. Tuyuqlarda shakldosh so‘zlar va ma’no tanosubi. Fardlarda Navoiy hikmatlarining aks etishi



Download 60,26 Kb.
bet2/5
Sana27.04.2022
Hajmi60,26 Kb.
#584973
1   2   3   4   5
Bog'liq
KICHIK LIRIK JANRLAR TAVSIFI

Tuyuqlari. Alisher Navoiy bir qator go‘zal tuyuqlar ham yozgan. To‘g‘ri, shoir ijodida tuyuq miqdor jihatidan katta o‘rin tutmaydi. Lekin badiiy saviyasi hamda tasvir maromiga ko‘ra, Navoiy tuyuqlarini she’riyatimiz rivojidagi o‘ziga xos bosqich deyish mumkin. Turkiy til jinsdosh – shakli o‘xshash, ammo turli ma’nolarni ifodalovchi so‘zlarga boyligi bilan ajralib turadi. Hazrati Navoiy ota tilining ana shu imkoniyatlaridan mahorat bilan foydalana olish salohiyatini namoyish etib, o‘n uchta mumtoz tuyuq yaratdi. Shoir «Yolabdurur» tarzida qofiyalangan tuyuqda ma’shuqa sifatlari hamda oshiq holatini yuksak mahorat bilan tasvirlaydi:
Yo rab, ul shahd-u shakar yo labdurur?
Yo magar shahd-u shakar yolabdurur?
Jonima payvasta novak otqali,
G‘amza o‘qin qoshig‘a yolabdurur.
Tuyuq mazmunini quyidagicha izohlash mumkin: «Yo rabbim, bu asalmi, shakarmi, yo labmi? Yo u sanam asal, shakar yalabdimi? Jonimga tinimsiz (payvasta) o‘qlar otmoq uchun g‘amza (noz-karashma) o‘qini qoshiga (qoshning yoyga o‘xshashligiga ishora) joylabdimi?» Tuyuqning butun tarovati «yolabdurur» so‘zi ifodalagan turli ma’nolar ichiga yashiringan. Qofiya vazifasini bajargan so‘z uch o‘rinda uch ma’noni ifodalab keladi: a) yo labmikin? degan so‘roqni; b) yalabdimi degan taajjubni; d) joylabdimi! degan hayratni ifodalaydi. Tajnis (omonim) so‘z ham qofiya, ham radif o‘rnida kelgan. Tuyuq aaba tarzida qofiyalanib, ramali musaddasi maqsur vaznida yozilgan. O‘lchami – foilotun foilotun foilun, foilotun foilotun foilun.
Navoiy boshqa bir tuyug‘ida ham «yoqilur» so‘zining jinsdoshlik imkoniyatlaridan foydalangan holda yetuk asar yarata olgan:
La’lidin jonimg‘a o‘tlar yoqilur,
Qoshi qaddimni jafodin yo qilur.
Men vafosi va’dasidin shodmen,
Ul vafo bilmonki qilmas yo qilur.
Ko‘rinadiki, bu tuyuq ham yor vasfiga bag‘ishlangan. «La’l» – istiora. Ya’ni aslida qimmatbaho qizil tosh degani. Bu yerda yorning labi ma’nosini anglatmoqda. Demak, yor labi oshiq qalbida o‘tlar yoqadi. Nega o‘tlar yoqadi? Bu holat, birinchidan, psixologik asosga ega: yorning go‘zal labi ishtiyoqidan oshiq yuragiga o‘t tushadi. Bu – tabiiy hol. Ikkinchidan, zohiriy asos – ranglar hamohangligi bor. Lab ham, o‘t ham qizil. Qoshi qaddimni jafodan yo (yoy) qiladi misrasini qanday tushunmoq kerak? Uni tushunmoq uchun mumtoz adabiyot bilan bog‘liq ayrim tushunchalardan xabardor bo‘lish kerak. Chunonchi, yor qoshi shakliga ko‘ra kamon (yoy)ga, mehrobga va arab imlosidagi «yoy» harfiga, oshiqning tik qaddi esa «alif’ga o‘xshatiladi. Demak, yorning yoyga o‘xshagan qoshi hasratida oshiqning alifdek qaddi yoyga aylandi, ya’ni egilib qoldi. Bu o‘xshatish-tashbehda ham yuqoridagi har ikki asos bor. Uchinchi-to‘rtinchi satrlar: men bu yorning vafo haqidagi va’dasidan shodman, lekin u va’dasiga vafo qilish-qilmasligini aytolmayman, degan mazmunni ifoda etadi. Bu tuyuq tajnisli. Tajnis ham qofiya, ham radif bo‘lib kelayotir. Barcha tuyuqlar singari bu ham ramali musaddasi maqsur vaznida yozilgan.

Download 60,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish