Rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti



Download 3,19 Mb.
bet26/192
Sana27.04.2023
Hajmi3,19 Mb.
#932699
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   192
Bog'liq
portal.guldu.uz-Аналитика 2-курс УУМ

NAZORAT SAVOLLARI:

  1. Organik reagentlarning analitik kimyoda roli nimalardan iborat?

  2. Qanday organik birikmalar o’zini reagent sifatida namoyon qiladi?

  3. Organik reagentlarda qanday asosiy kompleks hosil qiluvchi guruhlar uchraydi?

  4. Nima sababdan ko’pincha polidentant ligand hosilalarini namoyon qiluvchi organik reagentlar qo’llaniladi?

  5. Kompleks birikmaning barqarorligi organik reagentning qanday xossalariga bog’liq bo’ladi? Bunda organik reagentlarning funktsional guruhlarining joylashuvi qanday rol o’ynaydi?

  6. Necha a’zoli halqa hosil qiladigan kompleks birikmalarning barqarorligi yuqori bo’ladi?

  7. Analogiya nazariyasi nima? Misollar asosida tushuntiring.


10-MAVZU:OKSIDLANISH-QAYTARILISH REAKTSIYALARIDAGI MUVOZANAT. MODDALARNI AJRATISHNING EKSTRAKTSIYA USULI.
REJA:

  1. Qanday reaktsiyalarga oksidlanish- qaytarilish reaktsiyalari deyiladi?

  2. Standart oksidlanish-qaytarilish potentsiali qanday omillarga bog’liq bo’ladi?

  3. Formal potentsial nima va u qanday omillarga bog’liq bo’ladi?



Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar:
Oksidlovchi, qaytaruvchi, elektr yurituvchi kuch, elektrod potentsiali, galvanik element, formal potentsiallar, elektrod yoki yarim element, oksidlanish–qaytarilish potentsiali.

Oksidlanish-qaytarilish reaktsiyalarining xarakterli xususiyati bu o’zaro ta’sir etuvchi zarrachalar orasidagi elektron o’tishdir. Elektron qabul qiladigan zarrachani oksidlovchi, elektron beradigan zarrachani esa qaytaruvchi deyiladi.


Masalan. Fe2Ce4 Fe3Ce3 (1)
Bunda elektronlar Fe2 dan Se 4 ga o’tadi, natijada
tseriyning oksidlanish darajasi kamayadi, temipHikiesa ortadi. Bu reaktsiyada Se4 oksidlovchi, Fe2esa qaytaruvchidir. Shunday qilib, bir moddaning oksidlanishi jarayoni boshqasining qaytarilishi bilan ajralmas bog’liqdir. Shuning uchun bunday reaktsiyalar oksidlanish-qaytarilish reaktsiyalari deyiladi. Har qanday oksidlanish-qaytarilish reaktsiyasini 2 ta yarim reaktsiyaning yig’indisi deb qarash mumkin. Ya’ni, ulardan biri oksidlovchining qaytarilishi, 2 chisi qaytaruvchining oksidlanishidir. Masalan, (1) tenglamadagi oksidlovchining yarim reaktsiyasi:
Se4e- Se3(2) qaytaruvchiniki esa Fe2Fe3e-(3) (2) va (3) tenglamaning yig’indisi kimyoviy reaktsiya (1) ni beradi ikkala yarim reaktsiyaning yig’indisini olishda eritmaning elektroneytralligi qonuniyatiga amal qilinishi zarur, ya’ni qaytaruvchi bergan elektronlar soni oksidlovchi olgan elektronlar soniga doimo teng bo’lishi kerak Oksidlanish-qaytarilish reaktsiya-larining koeffitsient tanlashdagi elektron-ionli usuli ana shunga asoslangan.
Agar oksidlanish jarayoni murakkab ko’p atomli zarrachalar qayta guruhlanishi bilan borsa, masalan, o’zida kislorod tutgan (MnO4-, H2O va boshqalar) moddalar bilan, u holda yarim reaktsiyaga atomlar sonini tenglashtirish uchun, jarayonlarning ishtirokchisi sifatida H, OH- yoki H2O molekulalarini ham qo’shish mumkin. Agar reaktsiya kislotali muhitda borsa, u holda reaktsiyada Nionlari, ishqoroiy sharoitda borsa reaktsiyaga OH- ionlari qo’shiladi. Masalan, Fe2 ionlarining kislotali sharoitda MnO4- ionlari bilan oksidlanish reaktsiyasiga stexiometrik koeffitsient tanlashni ko’rib o’taylik.
Fe2MnO4- Mn2Fe3
Oksidlovchi MnO4- reaktsiya natijasida Mn2 ga aylanadi. MnO4-Mn2
Tenglamaning ikki tomonidagi atomlar sonini tenglashtirish uchun, yarim reaktsiyaning chap tomoniga 8 N ni kiritamiz, u holda o’ng tomoniga 4 N2O ni yozish kerak bo’ladi:
MnO4-8HMn24 H2O
Bularning zaryadlari sonini tenglashtirish uchun tenglamaning chap tomoniga 5 ta elektron kiritiladi:
MnO4-8H5e-Mn24H2O (4)
Ko’rinib turibdiki, qabul qilingan elektronlar sonini aniqlash uchun reaktsiyaga kirishuvchi moddalarning oksidlanish darajasi, valentligi haqidagi ma’lumot kerak bo’lmadi.
Fe2 ning yarim reaktsiyasi (3) tenglamadagidan farq qilmaydi, ammo olgan va bergan elektronlar sonini tenglashtirish uchun (3) yarim reaktsiyani 5 ga kupaytirish kerak:
5Fe25Fe35e- (5)
(4) va (5) larni hadlab qo’shsak quyidagi hosil bo’ladi:
MnO4-Fe28HMn25Fe34H2O (6)
Odatda yarim reaktsiyalarni birini 2-chisining tagiga yoziladi va tenglamaning o’ng tomoniga vertikal
chiziq chizilib har yarim reaktsiyaning to’g’risiga ko’paytuvchi ko’rsatiladi.
Hamma olingan va berilgan elektronlar sonini teglashtirish uchun yarim reaktsiyadagi stexiometrik koeffitsentlarga ko’paytiriladi. Ko’rib o’tilgan misolda u quyidagicha yoziladi:

MnO4-8H5e-Mn24H2O

1

Fe2Fe3e-

5

MnO4-5Fe28HMn25Fe34H2O

Download 3,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish