31
aylangan. Amon-Ra dunyoning yaratuvchisi, podsho hokimiyati, Misr harbiy
qudratining homiysi bo`lgan.
Osiris o`layotgan va uyg`onayotgan tabiatning aksi, u dunyoning hukmdori,
podsho hokimiyati homiysi bo`lgan.
Uning rafiqasi Isida ona xudo, onalik va
erxotinlik muhabbatining homiysi bo`lgan. Ularning o`g`li ham osmon va
yorug`lik ifodasi, fir’avn homiysi bo`lgan. Donolik va hisob xudosi Tot; qudrat
ramzi m`buda Soxmet, osmon xudosi Xatxor quvonch va sevgi xudosi bo`lgan.
Sia-bilim xudosi, Maat-adolat xudosi bo`lib, adolat, aql kabi mavhum
tushunchalarni ifodalagan.
Misr Nubiya, Falastin va Suriya bilan yaqin aloqada bo`lgani sababli, chet el
xudolari Anat, Astarta, ma’bud Reshefa (Semit), Dedun (Kush xudosi) Misr
xudolari panteoniga qabul qilingan. Misr diniy tasavvurlarida fetishizm va
totemizm qoldiqlari saqlanib qolgan. Misrliklar o`z xudolarini hayvon, ilon,
qurbaqa tarzida tasavvur qilishlari shu sababli edi. Xudo Apis kuchli ho`kiz
qiyofasida, ma’buda Soxmet-sher, Tot-pavian, suv girdobi xudosi Sebek-timsoh,
Yuqori-Quyi Misr birligi timsoli bo`lgan ma’buda Uadjet-ilon-kobra ko`rinishida
ifodalangan.
Xudolarning ko`pligi, ularning vazifalarini bir-biriga bog`lanib
ketishi
kohinlarning xudolar panteonini tartibga solish, ular o`rtasida aniq
munosabatlarni o`rnatish vazifasini qo`yadi. Geliopol kohinlari ma’lum darajada
xudolar o`rtasidagi munosabatlar va ularning dunyoni yaratishdagi rolini
ko`rsatadigan tizimni ishlab chiqdilar. Shunga ko`ra, dastlab ibtidoiy suv xudosi
Nun yashadi. Undan xudo Atul (Ra) paydo bo`ldi. Atul (Ra) o`zidan suv xudosi
Shu va uning xotini Tefnut-namlikni paydo qildi. Ulardan yer xudosi Geb, osmon
ma`budasi Nut tug`ilib, ulardan o`z navbatida, Osiris, Isida, Sia va Neftida
tug`ilgan. Bu qadimgi ilohlar ilk ilohiy to`qqizlik-Enneada oilasiga birlashdi. Ana
shu ilohlardan boshqa Misr xudolari tarqalgan.
Podsholik qilayotgan va vafot etgan fir’avn o`z ibodatxonasiga ega bo`lgan.
Kohinlar bu ibodatxonalarda qurbonlik keltirganlar va fir`avnga sig`inganlar.
Ulug`vor piramidalar, hashamatli sog`onalar bunyod qilish fir`avnni
ilohiylashtirishning yana bir belgisi edi. Fir’avn ilohiyligining ramziy aks etishi
sfinks ko`rinishida bo`lgan. Misrda yagona xudoga sig`inish konsepsiyasi o`z
o`rnini topmagan (Exnaton islohoti).
Misr dinida u dunyodagi hayotga katta o`rin berilgan. Inson go`yoki, uch
asosiy substansiya: jismoniy tana, uning ma’naviy ko`rinishi («Ka») va uning ruhi
(«Ba») dan iborat. Faqat shu uch unsur birgalikda yashashga imkon beradi.
Demak, shunday ekan, odamlarning jasadini saqlash (mo`miyolash) kerak. Ana
shundagina mo`miyo oldida «Ka» va «Ba» turadi. O`limdan
keyingi hayot bu
hayotning davomi deb tushuniladi.
Ibodatxonalar ko`p sonli kohinlarni ta`minlash, bayram va ziyofatlarni
tashkil qilish uchun o`z xo`jaliklariga ega bo`lgan. Fir`avnlar, zodagonlar
ibodatxonaga hadya qilgan yerlarda ko`plab odamlar ishlagan. Ibodatxonalar
nafaqat mamlakatni diniy, madaniy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotida muhim rol
32
o`ynab qolmay, ibodatxona kohinlari davlat siyosatiga faol aralashganlar.
Sulolaviy tushkunlik paytida yangi fir`avnni tanlanishi bevosita
Amon-Ra oliy
kohinlariga bog`liq bo`lgan.
3. Til, yozuv, ta’lim tizimi. Qadimgi misrliklarning tili va yozuvi ming yillik tarix
davomida o`z taraqqiyotining 5 bosqichini bosib o`tdi:
1.
Qadimgi podsholik davridagi til;
2.
O`rta Misr klassik tili (bu tilda noyob adabiy asarlar
yaratilgan);
3.
Yangi Misr tili (er. avv. XIV-VIII asrlar); 4. Demotik til (er.
avv. VIII-eramizning V asri); 5. Kopt tili (III-VII asrlari).
Misrdan bizgacha maktab matnlari yozilgan papiruslar yetib kelgan.
Jumladan, o`quvchilarning yozuvlari, o`quv qo`llanmalar, namuna uchun adabiy
matnlar. Misrliklar yozuvni “Ilohiy so`z” deb aytganlar. O`qituvchilar o`quvchilar
uchun mashqlar, ko`rsatmalar tuzganlar. Misrda o`qish va yozishni bilgan kishilar
qadrlangan. Zodagonlar o`zlari va bolalarining savodli bo`lishiga jiddiy e`tibor
berganlar. Ta`lim tizimi shakllanib, maktablar paydo bo`lgan. Ular ikki
bosqichdan iborat bo`lgan. Maxsus tibbiyot maktablari bo`lib,
ularda tabiblar
tayyorlangan.
4.
Adabiyot. Misrliklar dunyoda eng qadimgi qiziqarli g`oyalar,
badiiy obrazlar bilan sug`orilgan boy adabiyotlarni yaratdilar. Adabiyotning
rivojlanishi uchun qulay omil bo`lib xalq og`zaki ijodi xizmat qildi. Ilk
abadiy asarlar er. avv. IV ming yillikda shakllandi. Ertaklar, didaktik
nasihatnomalar, zodagonlar tarjimai hollari, diniy matnlar va poetik asarlar
Qadimgi podsholik davridayoq paydo bo`ldi.
Misr adabiyotida nasihatnoma va bashoratlar didaktik janri to`laroq aks
etgan. Nasihatnomalardan eng qadimgisi «Ptaxotep nasihatnomasi»dir.
Keyingilari «Gerakleopol podshosi Axtoyning o`g`li Merikaraga nasihati»,
«Fir`avn Amenemxet I ning nasihatnomasi» kabi asarlarda davlatni boshqarish yo`l-
yo`riqlari bayon qilingan. «Axtoyning o`gli Duaufaga nasihati»da mirzalikni boshqa
kasblardan afzalligi ko`rsatiladi.
Yangi podsholik davrida nasihatnomalardan «Ani nasihati», «Amenemope
nasihati»da turmush axloqi va an’anaviy axloq qoidalari batafsil bayon qilinadi.
Ertaklar Misr adabiyotida alohida bir janr sifatida shakllandi. Ulardan eng
mashhurlari «Fir’avn Xufu va sehrgarlar», «Kema halokatiga uchraganlar», «Egri
va to`g`ri», «Ikki aka-uka» va «Fir’avn Petubastis to`g`risida» gi bir necha
ertaklardir.
Do'stlaringiz bilan baham: