Rtа mахsus tа’lim vаzirligi nizomiy nomidаgi toshkent dаvlаt pedаgogikа universiteti



Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/170
Sana19.02.2022
Hajmi2 Mb.
#457700
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   170
Bog'liq
jahon tarixi

5. Pergam. Attalidlar davlati. 
Er. avv. 287-yil Pergam Salavkiylar davlati 
tarkibiga kirdi. Er. avv. 240-yil Salavkiylar noibi Attal I Pergamni mustaqil deb 
e’lon qilib, podsholik tojini kiydi. Uning asosiy hududi Kichik Osiyoning 
shimoliy-g`arbiy qismi va Misiyaviloyatidan iborat edi. Attalidlar sulolasi 
hukmdorlarining faol tashqi siyosati hamda mohir diplomatiyasi sababli, Pergam 
davlatining hududi er. avv. II asr boshlarida G`arbiy Kichik Osiyoning Troada, 
Lidiya, Kariyava Likiyani qo`shib olinishi bilan kengaydi. Bu hududlarda 
qadimdan rivojlangan yunon polislari mavjud bo`lganligi sababli, rivojlangan 
iqtisodiyotga ega edi. 
 
Attalidlar tashqi siyosatda sharqda Salavkiylar podsholigiga qarshi turib, 
g`arbda kuchli ittifoqchi sifatida Rim davlatiga tayandilar va bu amalda Pergamni 
Rim respublikasiga tobe bo`lishga olib keldi. Attal I (er. avv. 241-197yillar) 
galatlar ustidan g`alaba qilib, Rim bilan ittifoq tuzdi. U I va II makedon 
urushlarida (er. avv. 215-205-yillar va 200-197-yillar) rimliklar tomonidan
ishtirok etdi. Rimliklar homiyligi yordamida Pergam podsholigi Kichik Osiyodagi 
barcha Salavkiylar mulklarini egallab oldi va o`zining eng qudratli davriga kirdi.
Ammo Pergamning yuksalishi uzoq davom etmadi. Attal II va Attal III 
hukmronligi davrida Rim Pergam jamiyatining hukmron tabaqalariga kuchli ta’sir 
o`tkazgan holda, podsholikning ichki va tashqi siyosatiga faol aralasha boshladi. 
Oqibatda Attalidlar sulolasining so`nggi podshosi er. avv. 133-yilda vafot etgan 
Attal III ning vorisi bo`lmaganligi sababli, o`z davlatini rimliklarga vasiyat 
qilishga majbur bo`ldi.
Bunga javoban Pergam jamiyatining quyi tabaqalari podsho Yevmen II ning 
noqonuniy o`g`li Aristonik boshchiligida qo`zg`olon ko`tardilar. Qo`zg`olonni 
yunon shaharlari aholisi qo`llab-quvvatlamadi. Natijada qo`zg`olonchilar 
yengildi. Aristonik er. avv. 129-yilda rimliklar tomonidan qatl qilindi. Vasiyat 
qilingan podsholik o`rniga Rimning Osiyo provinsiyasi tashkil etildi.
Pergam Ellin dunyosining iqtisodiy jihatdan rivojlangan markazlaridan biri 
edi. Qulay iqlim va tabiiy sharoit qishloq xo`jaligini uzluksiz rivojlanishiga 
imkoniyat yaratdi. Pergam O`rtayer dengizi hududi aholisi uchun qishloq xo`jaligi 
mahsulotlari yetkazib beradigan markazlardan biriga aylandi. Qul mehnatidan 
unumli foydalanildi. Pergam shaharlari dengiz savdosi yo`llarida turganligi uchun 
mamlakatning boy xomashyolari (metall, yog`och, smola, teri, jun), Pergam 
hunarmandchilik mahsulotlari, jumladan

pergament qog`ozi butun O`rtayer 
dengizi ehtiyojlarini qondirdi.
Attalidlar sulolasi podsholari savdo-hunarmandchilikka homiylik qildilar. 
Yunon tipidagi yangi shaharlarga asos soldilar. Bu shaharlar eski shaharlar bilan 
bir qatorda tezda iqtisodiyot va madaniyat o`choqlariga aylandi.
Attalidlar fan, adabiyot va san’atga faol homiylik ko`rsatdilar. Podsholik 
poytaxtida galatlar ustidan g`alaba sharafiga ulkan Zevs ibodatxonasi qurildi. 


179
EvmenII mashhur Pergam kutubxona binosini barpo qildi. Bu kutubxona antik 
mualliflar asarlari to`plami hamda filologiya maktabiga ega bo`lib, mashhur 
Iskandariya kutubxonasi bilan raqobat qildi.

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish