239
Sharqda ishlarni tugallab Adrian Yevropa va Afrikada imperiya chegaralarini
mustahkamlash maqsadida chegara istehkomlarini qurish bo`yicha ulkan ishlarni
amalga oshirdi. Ana shunday istehkomlardan biri Adrian vali (istehkomi)
Britaniyada hozirgacha saqlanib qolgan.
Adrian qo`shinni yuqori jangovar holatda saqlab turishga katta e’tibor berdi.
U legionlarni Rim yoki latin fuqaroligi bo`lmagan provinsiya aholisidan
to`ldirishga ruxsat berdi. Cchunki qo`shinga xizmat qilishga xohish bildirgan
fuqarolar soni keskin qisqardi. Rim harbiy mashinasini varvarlashtirish uchun
asos ana shunday yaratildi.
Adrian davlat boshqaruvi tizimini mustahkamlashga
qaratilgan qator
tadbirlarni amalga oshirdi. U prinseps kengashini qayta tashkil qildi. Kengash
tarkibiga oliy amaldorlar, muassasa rahbarlari va yirik yuristlar jalb qilindi.
Adrian boshqaruvga suvoriylar toifasini ko`plab vakillarini taklif qildi. U davlat
pochtasini joriy qildi. Provinsiyalar boshqaruvini qayta tuzib, noiblar faoliyati
ustidan doimiy nazorat o`rnatdi. Adrian uzoq sayohat qildi va ko`plab inshootlarni
bunyod qildi: Venera va Roma ibodatxonalari, mashhur Rim panteonini bunyod
qildi.
Antoniylar sulolasining taniqli vakillaridan biri, tarixda taxtdagi faylasuf
sifatida kirgan Mark Avreliy (161-180-yillar) edi.
Mark Avreliy uchun davlat
manfaatlari hamma narsadan yuqori bo`lib, imperiya taqdiri uchun o`z
ma’suliyatini to`la anglab yetgan edi. U senator va suvoriy toifalari bilan yaqin
hamkorlikda ish olib bordi. Senat tarkibiga ko`pgina provinsiya zodagonlarini,
ayniqsa, kelib chiqishi Sharqdan va Afrikadan bo`lgan nufuzli kishilarni kiritdi.
Mark Avreliy 19 yil hukmronlik qildi. Unga qarshi shu yillar davomida birorta
ham fitna uyushtirilmadi. U 180-yil 59 yoshda Vindobana (Vena) shahrida vafot
etdi. Rimda uning sharafiga kolonna bunyod etildi. Uning merosxo`ri 18 yoshli
o`g`li Kommod (180-193-yillar) imperator bo`ldi. Antoniylar sulolasining so`nggi
vakili Kommod qo`pol, shafqatsiz va maishatparast hukmdor edi. Otasining
o`limidan keyin Kommod kvad va markomann qabilalari bilan urushni tugatib,
180-yilda Rimga qaytdi. Davlat boshqaruvni o`zining ochko`z yaqinlariga
topshirib, kayf-safoga berildi. Xotinini qatl etib, buzuqchilk yo`liga kirdi. Katta
jismoniy kuchga ega bo`lgan imperator o`zini rimlik Gerkules deb e’lon qildi.
Omma oldiga arslon terisini yopinib, yelkasida kaltak bilan paydo bo`lar edi.
Amfiteatr sahnasida gladiator sifatida chiqdi. Oxir-oqibatda eshushini yo`qotib,
kalendarning barcha oylarini o`z nomiga o`zgartirdi. Hatto,
Rimning nomini o`zgartirib, uni “Kommod” shahri deb atashga buyruq berdi.
Kommodga qarshi 183-yilda fitna uyushtrildi, lekin u amalga oshmadi.
Shundan so`ng, senatorlar toifasiga qarshi taqib-qatllar avj oldi. Pannoniya va
Britaniyada norozilik harakatlari, daklar va markomannlar qo`zg`olonlari qo`shin
tomonidan zo`rg`a bostirildi. 192-yilning oxirgi
kunida aqlsiz imperatorning
mashuqasi Marsiya va qo`riqchilar boshlig`i fitnasi natijasida Kommod o`ldirildi.
Boshqaruv tizimi va apparati imperator qo`lida to`plana boshladi. Senat o`z
siyosiy mavqeini yo`qotishi bilan uning tarkibi ham o`zgardi. Respublika davrida
240
yuqori mavqega ega bo`lgan zodagon oilalari fuqarolar urushi va
proskripsiyalarning qurboni bo`ldilar. Qolganlari esa, kambag`allashib qoldi.
Prinsipatning birinchi yillarida ularning o`rnini suvoriylar, munisipiylardan
chiqqan boy zodagonlar egalladilar. Klavdiy davrida senat tarkibiga gall qabilasi
ekvlarning romanlashgan zodagonlari uchun yo`l ochildi. Vespasian davrida
senatga munisipiylar, koloniyalar va provinsiyalardan yangi kishilar kiritildi.
Eramizning I asri so`nggida kelib chiqishi gallardan bo`lgan
kishilar senatga
kiritildi. Keyingi 100 yillik boshida senat tarkibida Kichik Osiyo va Afrikadan
kelgan senatorlar, ko`pgina yunonlar uchraydi. Qadimgi Rim nobilitetining
vakillari senatda deyarli qolmadi va ular bilan birga senatdagi muxolifat kayfiyati
ham yo`qoldi.
Rim jamoa huquqlarini bir shahar-davlat sifatida o‘zining yangi dunyosida
hukmronlikni amaliy ta’qib ostida boshladi. Faqat uzoq va ba’zan zo‘ravonlik
jarayoni sinov va xatolik bilan yakka hukmronlikka asoslangan imperiyaning
siyosiy tizimini yaratishga erishdi. Rim bosqinchiligi va imperiya binolari
uzluksiz tajriba, yangilik va moslashishdek bir jarayon kabi ifodalanadi
87
.
Prinsepslar hokimiyatining yana bir tayanchi suvoriylar toifasi edi. I-II
asrlarda suvoriylar savdo-moliya zodagonlari mavqeini saqlab qoldi.
Lekin bu
davrda suvoriylar xizmatdagi odamlkarga aylana boshladi. Ularning ijtimoiy
tarkibi ham o`zgardi. Yangi suvoriylarning kelib chiqishi Italiya munisipiylari va
provinsiyalardan edi. Suvoriylarning yuqori qatlamini, eng avvalo, boyib ketgan
moliya zodagonlari, o`rta qatlamni esa, davlat xizmatiga ko`tarilgan amaldorlar
tashkil qildi. Suvoriylarga prokuratorlar lavozimi, provinsiyalardagi prinseps
mulklarining boshqaruvi, pretorian gvardiyasi prefekti, politsiya xizmati
qo`riqchilarining prefekti kabi lavozimlar ajratildi.
Adrian davrida suvoriylar
prinsepsning shaxsiy devonxonasida xizmat qila boshladilar. Shu vaqtgacha
prinsepsning shaxsiy devonxonasida barcha ishlarni imperatorlarning ozod
qo`yilgan qullari bajarar edi. Avgurt davridan suvoriylar toifasining vakili uchun
eng oliy daraja pretor prefekti lavozimi bo`lib, undan keyingi o`rinda Misr prefekti
turar edi. Suvoriylar toifasi imperator hokimiyatining mustahkamlanishiga va
imperator boshqaruvining oqilona bo`lishiga yordam berdi.
Imperatorlar shahar plebeylariga nisbatan respublika davri Rim
zodagonlarining siyosatini davom ettirdilar. Rimda avvalgidek 200 000 kishiga
tekin non tarqatilar edi. Rimning oddiy aholisi hech qanday siyosiy huquqqa ega
emas edi. Ularning bir qismi ishlab chiqarish bilan, ko`pchiligi davlatdan tekin
non olib, zodagonlarning uylarida klient majburiyatini bajarar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: