1.2. Matematik tushunchalarni rivojlantirishga oid izlanishlar yo‘nalishlari. Ilk matematik tushunchalar bolalarning yoshiga mos tarzda qiziqarli qilib o‘rgatilsa, samarali natijalarga erishiladi. Bunday mashg‘ulotlar natijasida bolalar umumiy bilimlarni o‘rganish bilan birgalikda jamoa bilan kelishishni, o‘zaro bir - birini qo‘llab-quvvatlashni, yordamlashishni, jamoada o‘zini tuta olishni o‘rganadilar va ularda o‘ziga bo‘lgan ishonch, mustaqil fikrlash, o‘z fikrini chiroyli ifoda eta olish kabi fazilatlar shakllanadi. Matematik tushunchalarni rivojlantirishda bo‘lgan barcha izlanishlar quyidagi ikki asosiy yo‘nalishda olib borilmoqda:
Birinchi yo‘nalishda matematik tushunchalarning o‘ziga xos xususiyatlari ta’riflanadi. Bu borada ko’plab ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirilganva ularda bir necha g‘oyalar aks ettirilgan:
a) g‘oyalardan biri–bolalarning amaliy faoliyati bajarilishidagi ayrim belgilar ularning har xil jihatlariniajratib ko‘rsatmoqda, ya’ni amaliy masalalarni mustaqil ravishda tuzish, bajarish, ijodiy xarakterdagi masalalarni yechish, aniq va yashirin jarayonlarning funksional bog‘lanishini tushungan holda bajarishva hokazo;
b) izlanishlarning ikkinchi guruhi matematik tushunchalarnishakllantirishning xususiyatlarini bilim boyligi va uni o‘zlashtirish darajasi orqali izohlashni o‘z ichiga oladi;
d) uchinchisi –matematik tushunchalarni shakllantirishning asosini tarbiyachilarning turli xil (masalan, tushunchalar yig‘indisini: qo‘shmoq, mulohaza qilmoq, mantiqiy bog‘lanishni aniqlamoq, bilmoq) masalalarni yechishda namoyon bo‘lgan umumiy qobiliyatlari bilan bog‘laydi.
Ikkinchi yo‘nalishdagi izlanishlar matematik tushunchalarni shakllantirishning mexanizmi, o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish va tushuntirishga bag‘ishlangan. Bunda matematik tushunchalarni shakllantirishni shaxs xususiyatlari (kasbga bo‘lgan qiziqish, shaxs uchun ijodiy fikrlashning ahamiyati, shaxsning yoshiga xos bo‘lgan xususiyatlar) bilan bog‘lashga harakat qilingan.
Bolada matematik tushunchalarni rivojlantirish uchun uningshaxs xususiyatlarini bilish muhimdir.Buning uchun pedagog (tarbiyachi), bola haqidagi muhimma’lumotlarga, ya’ni uning ijodiy faoliyatiga tayyorgarligini bildiradiganma’lumotlarga ega bo‘lishi muhimdir. Faoliyat jarayonidaro‘y berayotgan o‘zgarishlar va faoliyatning so‘nggi natijalari haqidabilish katta ahamiyatga egadir. Shuning uchun matematiktushunchalarni rivojlantirishga xizmat qiluvchi axborotning uchshaklini shartli ravishda ajratish mumkin: dastlabki, joriy va so‘nggi.Dastlabki axborotning ahamiyati shundaki, u oldinda turganishning maqsadini yoki bolaning aniq vazifalarini bajarishgatayyorgarligini to‘g‘ri aniqlashga imkoniyat yaratadi.
Bolalarda matematik tushunchalarni shakllantirishda bolagaalohida yaqindan yondashish sezilarli ahamiyatga egadir. Tarbiyachiguruh bilan ko‘pincha frontal ish olib boradi. Ushbu frontalish yutuqlar bilan birga, kamchiliklarga ham egadir. Bolalarningfaoliyati uchun bir xil sharoit yaratilganligi va vazifani bajarishimkoniyatlari bolalarda har xil bo‘lganligi sababli materialningo‘zlashtirilishi ham har xil bo‘ladi. Frontal yondashish bolalarningaxborot xazinasini to‘liq e’tiborga olishga imkoniyat bermaydi,chunki ular turli bilim qiziqishlariga, qobiliyatlariga valayoqatlariga ega.
Mashg‘ulot jarayonida yakka yondashishni amalga oshirishning vositalaridan biri — bu har bir bolaning shaxsiy xususiyatlariga qarab ta’lim berishdir, ya’ni ta’lim berishni individuallashtirishdir.Ta’lim berish psixologik-pedagogik adabiyotda o‘quvjarayoniningshunday tashkili tushuniladiki, ta’lim-tarbiya berish uslub va vositalarininganlanishida bolaning shaxsiy psixologik xususiyatlarinazarda tutiladi. Ta’limni individuallashtirish bilim va ko‘nikmalarninghar bir bola tomonidan ongli, mustahkam o‘zlash tirilishini ta’minlashga, uning aqliy kuchi va bilish qobiliyatlarini rivojlantirishga, bilimni mustaqil topa bilishini shakllantirishgahamda bu bilimni turli amaliy va o‘rgatuvchi masalalarni yechishda ijodiy ishlata bilishni o‘rgatishga qaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |