O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA TA’LIM VAZIRLIGI
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI DIREKTOR VA MUTAXASSISLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI
“Himoyaga ruxsat etaman”
O‘quv va uslubiy ishlar bo‘yicha prorektori
N.F. Abdunazarova ______________
“_____” ________2022yil
“Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi”
36-guruh tinglovchisi Aslanova Gulshat Kamalovna
“Bolalarning matematik tasavvurlarini shakllantirishda oila bilan ishlashni tashkil etish” mavzusidagi
KURSNI TUGATISH ISHI
Kafedra mudiri:____________________
KTI rahbar:_________D. Muhammedova
Toshkent – 2022yil
ANNOTATSIYA
Mazkur kurs ishi “Bolalarning matematik tasavvurlarini shakllantirishda oila bilan ishlashni tashkil etish” mavzusida yozilgan bo‘lib, maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirishda oila bilan ishlashni dolzarb masalalari yoritilgan. Kurs ishi mavzuga doir ma’lumotlar rejalar kesimida yoritilib borilgan. Kurs ishida turli manbalardan foydalanganligini, matnning mazmundor, o‘ziga xos qaytarilmasligi ko‘zga tashlanadi.
Kurs ishi kirish qismi, 2 ta bob, 5 paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
Kursni tugatish ishining kirish qismida mavzuning dolzarbligi, o‘rni, ahamiyati batafsil yoritilgan, maqsad va vazifalari bayon etilgan hamda amaliy ahamiyati kelitirilgan.
Kursni tugatish ishining birinchi bobida maktabgacha ta’lim tashkilotlaridabolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va metodikasiga bag’ishlangan. Matematik tasavvurlarni shakllantirish ta’limining asosiy didaktik tamoyillari, bolalarning maktabga tayyorlik darajasiga qo‘yiladigan minimal talablar, oilada va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida olib boriladigan metodik ishlarni rejalashtirish kabi masalalarga oid ma’lumotlarga keng o‘rin berilgan. Bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish mashg‘ulotlarida foydalaniladigan yangi pedagogik texnologiyalar, didaktik o‘yinlar yoritib berilgan.
Kursni tugatish ishining ikkinchi bobida maktabgacha ta’lim tashkiloti matematik tasavvurlarni shakllantirishda oila bilan bitga amalga amalga oshiriladigan ishlar2 ta paragrafda to‘liq yoritib berilgan va ta’lim jarayoniga tadbiq etish masalalari keltirilgan.
Kursni tugatish ishining xulosa va tavsiyalar qismida esa mavzuga oid bo‘lgan aniq xulosalar va maktabgacha ta’lim tizimida mavzu bo‘yicha tegishli xulosa va tavsiyalar berilgan. Bundan tashqari o‘rganilgan masalalar bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va yutuqlarni ommalashtirishga doir aniq takliflar berilgan.Kursni tugatish ishini tayyorlashda adabiyot va manbalar, normativ-huquqiy hujjatlar, ilmiy va ommaviy adabiyotlar hamda maktabgacha ta’lim tizimiga tegishli hujjatlardan foydalanilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |