Ro`yxatga olindi: №


 Aksiyadorlar   umumiy   yig‘ilishini   tashkil   etish   va   o‘tkazishning



Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/208
Sana11.11.2020
Hajmi1,74 Mb.
#52112
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   208
Bog'liq
Korporotiv Boshqaruv Maruza matni 2019 (pdf.io)11

5.3. Aksiyadorlar   umumiy   yig‘ilishini   tashkil   etish   va   o‘tkazishning
amaldagi holati
Aksiyadorlik   jamiyatlari   tomonidan   o‘tkazilgan   aksiyadorlar   umumiy
yig‘ilishi bilan yaqindan tanishish maqsadida O‘zsanoatqurilishbank aksiyadorlik
tijorat banki aksiyadorlarining 2017 yil 28 aprelda o‘tkazilgan navbatdagi hisobot
umumiy yig‘ilishi bayonnomasi bilan tanishib chiqamiz
28
.
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi bankning bosh binosi manzilida 2017 yil 28
aprelda soat 11.00 dan 13.00 ga qadar o‘tkazilgan.
Yig‘ilishni Bank Kengashi a’zosi – A.Kamalov ochdi.
Bank Kengashi tomonidan 2017 yil 5 aprelda O‘zbekiston Respublikasining
“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqini himoya qilish to‘g‘risida”gi,
“Banklar   va   bank   faoliyati   to‘g‘risida”gi   Qonunlari   hamda
“O‘zsanoatqurilishbank”   ATB   Ustaviga   binoan,   Aksiyadorlarning   umumiy
yig‘ilishini chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.
Amaldagi   qonunchilikda   belgilangan   tartibda   umumiy   yig‘ilish   o‘tkazish
to‘g‘risidagi  xabar  Bankning   rasmiy  veb-saytida  joylashtirildi,  “Birja”  iqtisodiy
gazetasining   2017   yil   6   apreldagi   sonida   e’lon   qilindi   hamda   aksiyadorlarning
elektron pochta manziliga yuborilgan.
“Aksiyadorlik   jamiyatlari   va   aksiyadorlar   huquqini   himoya   qilish
to‘g‘risida”gi   Qonunning   61-moddasiga   hamda   Bank   Kengashining   qaroriga
binoan,   Umumiy   yig‘ilishda   ishtirok   etish   huquqiga   ega   bo‘lgan   aksiyadorlar
ro‘yxatini tuzish sanasi 2017 yil 24 aprel deb belgilangan.
Aksiyadorlar   Umumiy   yig‘ilishining   vakolatli   ekanligi   (kvorum
to‘planganligi) bo‘yicha so‘z Sanoq komissiyasining raisi - Azizxon Nodirovga
berildi. “O‘zsanoatqurilishbank” ATB aksiyadorlarining reestriga ko‘ra, 2017 yil
24   aprel   holatiga   Umumiy   yig‘ilishda   ishtirok   etish   huquqiga   ega   bo‘lgan
aksiyadorlar ro‘yxatiga jami 204 365 135 (ikki yuz to‘rt million uch yuz oltmish
besh ming bir yuz o‘ttiz besh) dona oddiy aksiyalar egasi bo‘lgan 5 250 (besh
ming ikki yuz ellik) ta aksiyador kiritilgan.
Aksiyadorlar   ro‘yxatining   to‘g‘ri   rasmiylashtirilganligi   va   aksiyadorlar
nomidan   Umumiy   yig‘ilishda   ishtirok   etish   huquqiga   ega   bo‘lgan   vakillarning
vakolatlari tasdiqlandi.
Sanoq   komissiyasi   raisi   yig‘ilishda   ishtirok   etish   uchun   umumiy   ovoz
beruvchi aksiyalarning 177.456.421 (bir yuz etmish etti million to‘rt yuz ellik olti
ming to‘rt yuz yigirma bir) dona yoki 86,8 foiziga egalik qiluvchi 18 (o‘n sakkiz)
nafar aksiyador va aksiyadorlarning vakillari ro‘yxatdan o‘tganligi va Umumiy
yig‘ilish vakolatli, ya’ni kvorum mavjudligini ma’lum qildi.
Sanoq komissiyasi bayonnomasi, aksiyadorlar va ularning vakillari ro‘yxati,
Sanoq komissiyasi ma’lumoti matni ilova qilinadi.
Yig‘ilishga   raislik   qiluvchi   Bank   Kengashi   a’zosi   -   A.Kamalov   bank
Aksiyadorlarining  Umumiy  yig‘ilishini  ochiq  deb  e’lon  qildi  hamda  yig‘ilishda
28 
Ўзсаноатқурилишбанк АТБ расмий вебсайтидан олинди (http://www.uzpsb.uz/ru/node/2422).


bankning   yirik   aksiyadorlari   Tiklanish   va   taraqqiyot   jamg‘armasi   nomidan   -
Ijrochi   direktor   o‘rinbosari   Sh.Vafaev,   boshqarma   boshlig‘i   o‘rinbosari
U.Muxtarov,   “O‘zbekiston   temir   yo‘llari”   AJ   nomidan   -   boshqarma   boshlig‘i
o‘rinbosari I.Subanov, “Uzneftmahsulot” AKnomidan - bosh buxgalter I.Abidov,
boshqa   aksiyadorlar   va   ularning   vakillari   hamda   Bankning   mas’ul   xodimlari
ishtirok etayotganligi to‘g‘risida xabar berdi.
Aksiyadorlar Umumiy yig‘ilishining Ishchi organlari quyidagi tarkibda 
tuzildi:
Yig‘ilish hay’ati: A.Kamalov (Raislik qiluvchi), Sh.Vafaev, U.Muxtarov, 
I.Abidov, O.Almardanov.
Yig‘ilish kotibiyati: Z.Baymuradova, K.Xasanova
Sanoq komissiyasi: B.Anarkulov, D.Rasulev, A.Nodirov, Z.Bekova.
Aksiyadorlar Umumiy yig‘ilishining kun tartibiga quyidagi masalalar
kiritilgan:
1. Bank Kengashi va Boshqaruvining yillik hisobotini, bankni rivojlantirish
strategiyasiga   erishish   bo‘yicha   ko‘rilayotgan   chora-tadbirlar   to‘g‘risidagi
hisobotlarini eshitish;
2. Bank Taftish komissiyasining xulosasini eshitish;
3. Bankning 2016 yil yakunlari bo‘yicha yillik hisobotini tasdiqlash;
4. Bankda o‘tkazilgan korporativ boshqaruv tizimini mustaqil baholash 
natijalarini ko‘rib chiqish;
5. Bank foydasini taqsimlash;
6. Bank Kengashi a’zolarini saylash;
7. Bank Taftish komissiyasi a’zolarini saylash;
8. Bank Boshqaruvi Raisi va Boshqaruv a’zolari bilan tuzilgan mehnat 
shartnomalarini 1 (bir) yil muddatga uzaytirish;
9. Bank aksiyalarini maydalash;
10. Bankning e’lon qilingan aksiyalarining eng ko‘p miqdorini belgilash;
11. Bank Ustaviga o‘zgartirishlar kiritish;
12. Bankning tashkiliy tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish va qayta
tasdiqlash.
Umumiy yig‘ilishni ish tartibi quyidagicha belgilab olindi:
Kun tartibiga kiritilgan masalalar buyicha hisobot va axborot berish, 
muzokaralarda so‘zga chiqish, ovoz berish uchun quyidagi reglament o‘rnatildi:
- Bank
Kengashi
va
Boshqaruvining
yillik hisoboti
bo‘yicha ma’ruzachiga – 20 daqiqagacha;
-
Taftish komissiyasining hisoboti bo‘yicha ma’ruzachiga – 20 daqiqagacha;
-
Ma’ruzalar bo‘yicha muhokamalar uchun – 35 daqiqagacha;
-
Kun tartibidagi masalalar bo‘yicha ovoz berish uchun – 20 daqiqagacha.
Kun tartibiga kiritilgan masalalar bo‘yicha ovoz berish tartibi ham belgilanib
olindi.
Kun tartibidagi birinchi masala - «Bank Kengashi va Boshqaruvining yillik 
hisobotini, bankni rivojlantirish strategiyasiga erishish bo‘yicha ko‘rilayotgan


chora-tadbirlar to‘g‘risidagi hisobotlarini   eshitish» masalasi yuzasidan Bank
Boshqaruvi Raisi o‘rinbosari – O.Almardanov ma’ruza qildi (ilova etiladi).
Kun tartibidagi ikkinchi masala – «Bank Taftish komissiyasining xulosasini
eshitish» masalasi bo‘yicha Taftish komissiyasi a’zosi – O.Xudoyberdiev ma’ruza
qildi (ilova etiladi).
Kun   tartibining   qolgan   masalari   bo‘yicha   yig‘ilishga   raislik   qiluvchi
A.Kamalov batafsil to‘xtalib o‘tdi va tegishli tushuntirishlarni berdi.
Kun tartibiga kiritilgan masalalarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha hamda
kiritilgan takliflar va ovoz berish yakunlarini hisobga olgan holda, Aksiyadorlar
Umumiy   yig‘ilishi   -   “O‘zsanoatqurilishbank”   ATBni   respublika   iqtisodiyoti   va
bank tizimini isloh etish hamda milliy iqtisodiyotdagi islohotlarni chuqurlashtirish
bo‘yicha Hukumat qarorlarini bajarish yo‘lida barqaror faoliyat yuritayotganligini
qayd etdi.
2016 yil yakunlari bo‘yicha “O‘zsanoatqurilishbank” ATB “Axbor-Reyting”
milliy reyting kompaniyasining “uzA+” darajasidagi «Ijobiy» prognoz bilan yuqori
raqobatbardoshlik reytingini qo‘lga kiritdi.
Shuningdek,   bankning   barqaror   rivojlanib   borayotganligi   xalqaro   reyting
kompaniyalari tomonidan ham tasdiqlanmoqda. Jahonda katta nufuzga ega “Fitch
Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zsanoatqurilishbank” ATB reytingini “B+”
darajada “Barqaror” istiqboli bilan qayta tasdiqladi. Hisobot yilida yana bir nufuzli
reyting agentligi “Standard&Poor’s” ham “O‘zsanoatqurilishbank” ATBga “B+”
darajada “Barqaror” bo‘lgan xalqaro reytingini qayta tasdiqladi.
O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   va   Hukumatining   iqtisodiyot   real
sektori korxonalarini qo‘llab-quvvatlash, ularning barqaror ishlashini ta’minlash va
eksport salohiyatini oshirish, oziq-ovqat va nooziq-ovqat iste’mol tovarlari ishlab
chiqarishni   kengaytirishni   rag‘batlantirish,   bankning   kapitallashuv   darajasini
yanada   oshirish   va   iqtisodiyotni   modernizatsiyalash   bo‘yicha   investitsion
jarayonlardagi   ishtirokini   faollashtirish,   bozor   va   bank   infratuzilmasini
kengaytirish,   moliyaviy   ko‘rsatkichlarni   yanada   yaxshilash,   aholining   bank
tizimiga bo‘lgan ishonchini oshirishga qaratilgan qarorlar va dasturlarni bajarishda
O‘zsanoatqurilishbankning   faolligini   oshirish   maqsadida,   kun   tartibidagi
masalalarni ko‘rib chiqib, Bank Aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishi tomonidan
quyidagi qarorlar qabul qilingan:

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish