Ro`yxatga olindi: №


aksiyadorlarning   (davlatdan   tashqari)   roziligi



Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/208
Sana11.11.2020
Hajmi1,74 Mb.
#52112
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   208
Bog'liq
Korporotiv Boshqaruv Maruza matni 2019 (pdf.io)11

aksiyadorlarning   (davlatdan   tashqari)   roziligi  mavjud   bo‘lgan   taqdirda,
aksiyadorlarning oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Aksiyadorlarning   umumiy   yig‘ilishini   olib   borish   tartibi   bo‘yicha
aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tomonidan qaror qabul qilish tartibi jamiyatning
ustavida yoki jamiyatning aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi qarori bilan tasdiqlangan
boshqa hujjatlarida belgilab qo‘yiladi.
Aksiyadorlarning   umumiy   yig‘ilishi   kun   tartibiga   kiritilmagan   masalalar
bo‘yicha   qaror   qabul   qilishga,   shuningdek   kun   tartibiga   o‘zgartishlar   kiritishga
haqli emas.
Aksiyadorlarning   umumiy   yig‘ilishi   tomonidan   qabul   qilingan   qarorlar,
shuningdek ovoz berish yakunlari qonunchilikda hamda jamiyat ustavida nazarda
tutilgan tartib va muddatlarda, biroq bu qarorlar qabul qilingan sanadan e’tiboran
o‘ttiz kundan kechiktirmay aksiyadorlar e’tiboriga etkaziladi.
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan davlat vakilining ishtirokisiz
qabul qilingan qarorlar, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda veto
qo‘yilgan qarorlar ijro etilmaydi.
Agar aksiyador uzrli sababga  ko‘ra aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida
ishtirok etmagan yoki bunday qaror qabul qilinishiga qarshi ovoz bergan bo‘lsa, u
aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan qabul qilingan qaror ustidan sudga
shikoyat qilishga haqlidir.
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida kun tartibi masalalari bo‘yicha ovoz
berish   ovoz   berish   byulletenlari   orqali   amalga   oshiriladi.   Ovoz   berish
byulletenlarining   shakli   va   matni   jamiyatning   kuzatuv   kengashi   tomonidan
tasdiqlanadi,   aksiyadorlarning   navbatdan   tashqari   umumiy   yig‘ilishi   jamiyat
kuzatuv kengashi tomonidan chaqirilmagan hollar bundan mustasno. Ovoz berish
byulleteni umumiy yig‘ilishda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tgan aksiyadorga
(uning vakiliga) beriladi.
Ovoz   berish   byulletenida:   jamiyatning   to‘liq   firma   nomi,   aksiyadorlar
umumiy yig‘ilishini o‘tkazish sanasi, vaqti va joyi, ovoz berishga qo‘yilgan har bir
masalaning ta’rifi va uni ko‘rib chiqish navbati, ovoz berishga qo‘yilgan har bir
masala   bo‘yicha   «yoqlayman»,   «qarshiman»   yoki   «betarafman»   degan
mazmundagi so‘zlar bilan ifodalangan ovoz berish variantlari ko‘rsatilgan bo‘lishi
(bundan ovoz berishga qo‘yilgan masalaga «yoqlayman» degan mazmundagi so‘z
bilan ifodalanadigan kumulyativ ovoz berish mustasno), ovoz berish byulleteni


aksiyador (uning vakili) tomonidan imzolanishi lozimligi to‘g‘risidagi ko‘rsatma 
bo‘lishi kerak.
Kuzatuv kengashi yoki taftish komissiyasi a’zosini (taftishchisini) saylash
to‘g‘risidagi   masala   yuzasidan   ovoz   berish   o‘tkazilgan   taqdirda,   ovoz   berish
byulletenida nomzod to‘g‘risidagi ma’lumotlar, uning familiyasi, ismi, otasining
ismi ko‘rsatilishi lozim.
Ovoz berilganida ovoz beruvchi qaysi masala bo‘yicha ehtimol tutilgan ovoz
berish   variantlaridan   faqat   bittasini   qoldirgan   bo‘lsa,   o‘sha   masala   bo‘yicha
berilgan ovozlar hisobga olinadi. Mazkur talabni buzgan holda to‘ldirilgan ovoz
berish   byulletenlari   haqiqiy   emas   deb   topiladi   va   ulardagi   masalalar   bo‘yicha
berilgan ovozlar hisobga olinmaydi.
Agar   ovoz   berish   byulletenida   ovozga   qo‘yilgan   bir   nechta   masala
ko‘rsatilgan bo‘lsa, bir yoki bir nechta masalaga nisbatan ko‘rsatilgan talabga rioya
etilmaganligi   byulletenning   umuman   haqiqiy   emas   deb   topilishiga   sabab
bo‘lmaydi.
Ovoz   berish   yakunlari  bo‘yicha   sanoq   komissiyasi   ovoz  berish   yakunlari
to‘g‘risida   bayonnoma   tuzadi,   bayonnoma   jumladan   aksiyadorlar   umumiy
yig‘ilishining kvorumi mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ham o‘z ichiga oladi
va sanoq komissiyasining a’zolari tomonidan imzolanadi.
Ovoz berish yakunlari to‘g‘risida bayonnoma tuzilganidan va aksiyadorlar
umumiy   yig‘ilishining   bayonnomasi   imzolanganidan   keyin   ovoz   berish
byulletenlari   sanoq   komissiyasi   tomonidan   muhrlanadi   hamda   saqlab   qo‘yish
uchun jamiyatning arxiviga topshiriladi.
Ovoz   berish   yakunlari   to‘g‘risidagi   bayonnoma   aksiyadorlar   umumiy
yig‘ilishining bayonnomasiga qo‘shib qo‘yilishi lozim.
Ovoz   berish   yakunlari   aksiyadorlarning   ovoz   berish   o‘tkazilgan   umumiy
yig‘ilishida   o‘qib   eshittiriladi,   shuningdek   aksiyadorlarning   umumiy   yig‘ilishi
yopilganidan keyin ovoz berish yakunlari to‘g‘risidagi hisobotni e’lon qilish orqali
aksiyadorlar e’tiboriga etkaziladi.
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining bayonnomasi aksiyadorlarning umumiy
yig‘ilishi yopilganidan keyin o‘n kundan kechiktirmay ikki nusxada tuziladi. Har
ikkala nusxa ham umumiy yig‘ilishda raislik qiluvchi va umumiy yig‘ilish kotibi
tomonidan imzolanadi.
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining bayonnomasida:
- aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi o‘tkazilgan sana, vaqt va joy;
- jamiyatning ovoz beruvchi aksiyalariga egalik qiluvchi aksiyadorlar ega
bo‘lgan ovozlarning umumiy soni;
- umumiy yig‘ilishda ishtirok etgan aksiyadorlar ega bo‘lgan ovozlarning
soni;
- umumiy  yig‘ilishning  raisi  (rayosati)  va  kotibi,  yig‘ilish  kun  tartibi
ko‘rsatiladi.
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining bayonnomasida ma’ruzalarning asosiy
qoidalari,   ovozga   qo‘yilgan   masalalar   hamda   ular   yuzasidan   o‘tkazilgan   ovoz
berish yakunlari, yig‘ilish qabul qilgan qarorlar ko‘rsatilishi lozim.




Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish