Ro`yxatga olindi: №


Milliy amaliyot bo‘yicha baholash yo‘nalishlari



Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/208
Sana11.11.2020
Hajmi1,74 Mb.
#52112
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   208
Bog'liq
Korporotiv Boshqaruv Maruza matni 2019 (pdf.io)11

Milliy amaliyot bo‘yicha baholash yo‘nalishlari
AQShd
a
Yaponiyad
a
Germaniyad
a
Kodeksni joriy etishga tayyorlanish taomillarini baholash
...
...
...
Kodeks tavsiyalariga amal qilinishini baholash
...
...
...
AJ tashkiliy tuzilmasi muvofiqligini baholash
...
...
...
Tanlov o‘tkazilishini baholash
...
...
...
MHXS va XASga muvofiq e’lon qilishga o‘tishni baholash
...
...
...
Zamonaviy boshqaruv tizimlari joriy etilishini baholash (ISO,
ERP, ITTKI va b.)
...
...
...
Axborot siyosatini baholash
...
...
...
Moliyaviy natijalarni baholash
...
...
...
AJ faoliyatining boshqa yo‘nalishlarini baholash
...
...
...


VII bob. KORPORATIV NIZOLARNING OLDINI OLISH VA 
MANFЕDRASIAATLAR TO‘QNASHUVINI SAMARALI BOSHQARISH
7.1. Korporativ  nizolar,  ularning   yuzaga   kelish   sabablari   va
tasniflanishi
Milliy   va   xalqaro   tajribaning   ko‘rsatishicha,   korporativ   munosabatlarda
nizoli   vaziyatlarning   yuzaga   kelishi   ko‘p   kuzatiladigan   holatlardan  biridir.  Shu
boisdan   korporativ   boshqaruv   ishtirokchilarining   korporativ   nizolar   mohiyati,
yuzaga kelish sabablari va keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan oqibatlari, bunday
vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha ichki va tashqi imkoniyatlar, davlat tomonidan
tartibga solish mexanizmlari kabilarni bilishlari va amalda qo‘llay olishlari shart
hisoblanadi. Bunda manfaatlar to‘qnashuvini samarali boshqarish masalasi birinchi
navbatdagi   masala   hisolanadi.   Keltirilayotgan   jihatlarni   chuqurroq   o‘rganish
maqsadida   quyida   korporativ   nizolarning   mohiyati,   yuzaga   kelish   sabablari   va
oqibatlariga batafsil to‘xtalib o‘tamiz.
Korporativ munosabatlar sub’ektlari o‘rtasidagi manfaatlar qarama-
qarshiligi korporativ nizolarning asosi hisoblanadi. Aksiyadorlik jamiyatlari
faoliyati va korporativ boshqaruv amaliyotiga doir masalalar bo‘yicha jarayon
ishtirokchilari o‘rtasida o‘zaro kelishuvga erishilmasligi natijasida yuzaga
keladigan nizolar korporativ nizolarni anglatadi. Bunda korporativ  munosabatlar
ishtirokchilari korporativ nizolarning sub’ektlari sifatida namoyon bo‘lsa,
tomonlarning manfaatlari korporativ nizolarning ob’ekti sifatida ko‘zga tashlanadi.
Korporativ   tuzilmalarda   korporativ   munosabatlar   sub’ektlari   o‘rtasidagi
ziddiyatlar quyidagi oqibatlardan biri natijasida yuzaga kelishi mumkin:
- aksiyador yoki aksiyadorlar guruhi huquqlari, aksiyadorlik jamiyati ustavi
yoki   boshqa   ichki   hujjatlar,   umumiy   olganda   amaldagi   qonunchilik   me’yorlari
buzilishi;
- korporativ tuzilmalarda axborot yopiqligi;
- foydani taqsimlash bilan bog‘liq munosabatlar va aksiyadorlar noroziligi;
- qabul qilingan qarorlar mohiyati asosida  aksiyadorlik jamiyatiga, uning
boshqaruv organlariga nisbatan da’volar qo‘zg‘atilishi;
- boshqaruv organlari vakolatlarining muddatidan oldin tugatilishi;
- ijroiya   organi   a’zolari   bilan   mehnat   shartnomasining   muddatidan   oldin
bekor qilinishi;
- aksiyadorlarning aksiyadorlik jamiyati bo‘yicha nazoratni qo‘lga olishga
intilishi;
- aksiyadorlar   tarkibidagi   jiddiy   o‘zgarishlar   (g‘arazli   aksiyadorlarning
aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga kirib kelishi).
Shuningdek,   yuqoridagilarga   qo‘shimcha   ravishda   boshqaruvchilarni
javobgarlikka   tortish   bo‘yicha   samarali   mexanizmlarning   mavjud   emasligi,
korporativ   tuzilma   faoliyati   ustidan   ichki   nazoratning   sustligi,   korporativ
tortishuvlarga nisbatan sud amaliyotining sustligi kabilar ham korporativ nizolarga
sabab bo‘lishi mumkin.


Yuqorida keltirilgan korporativ nizolarning yuzaga kelish sabablarining har
biriga alohida to‘xtalib o‘tamiz.
Korporativ   tuzilmalar   axborot   yopiqligi   masalasi   mamlakatimizda
muntazam   ravishda   kuzatilib   kelinayotgan   holat   hisoblanadi.   Bu   holat   ma’lum
darajada ma’muriy bosimning saqlanib qolinayotganligi, korporativ birlashmalar
(xoldinglar)   faoliyati   keng   yo‘lga   qo‘yilganligi   bilan   izohlanadi.   Shu   o‘rinda
axborot shaffofligi va axborotlarni oshkor qilishning xavfliligi o‘rtasida qarama-
qarshilik   mavjudligini   ham   alohida  qayd  etish   zarur.   Axborotlar   shaffofligi
insayderlik   ma’lumotlaridan   foydalanishni   to‘xatib   qo‘yish   orqali   korporativ
nizolarning   oldini   olish   vositasi   sifatida   xizmat   qiladi.   Axborotlarni   oshkor
qilishning   xavfliligi   esa   g‘arazli   qo‘shib   olishlarga   hamda   ma’lum   bir
tomonlarning   ma’muriy   bosimini   kuytirishiga   olib   keluvchi   omil   sifatida   ham
qaralishi bilan izohlanadi.
Aksiyadorlik   jamiyatlaridagi   axborot   yopiqligi   korporativ   qimmatli
qog‘ozlar orqali moliyalashtirish bilan birga tijorat banklari tomonidan kreditlash
amaliyotiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Chunki bunday holatda investorlarning
aksiyadorlik   jamiyati   moliyaviy   barqaroligi,   bozordagi   nufuzi,   to‘lovga
qobiliyatligini baholash bir muncha murakkab kechadi va ma’lum darajada yuqori
risk mavjud, deya qaraladi.
Yuqoridagilarga qo‘shimcha ravishda qayd etish kerakki, axborot yopiqligi
korporativ   munosabatlar   alohida   ishtirokchilari   tomonidan   ko‘rilgan   foydani
o‘zlashtirish maqsadida insayderlik (ichki) ma’lumotlardan foydalanilishiga olib
keladi. Bu jihat o‘z navbatida korporativ nizolarga sabab bo‘ladi. Aynan shuning
uchun   ham   axborot   yopiqligining   oldini   olish   insayderlik   ma’lumotlaridan
noqonuniy foydalanishdan vositasi sifatida xizmat qiladi.
Korporativ   boshqaruvdagi   jiddiy   muammolardan   biri   boshqaruv
funktsiyalarini bajaruvchi shaxslarga nisbatan real yuridik javobgarlikning mavjud
emasligidir.   O‘zbekiston   Respublikasi   “Aksiyadorlik   jamiyatlari   va   aksiyalorlar
huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni 81-moddasida kuzatuv kengashi
a’zolarining,   jamiyat   direktorining,   boshqaruv   a’zolarining,   ishonchli
boshqaruvchining   javobgarligi   belgilangan.   Unga   ko‘ra,   kuzatuv   kengashining
a’zolari,   jamiyat   direktori   va   boshqaruvi   a’zolari,   shuningdek   ishonchli
boshqaruvchi o‘z huquqlarini amalga oshirishda va o‘z majburiyatlarini bajarishda
jamiyatning manfaatlarini ko‘zlab ish tutishi hamda belgilangan tartibda javobgar
bo‘lishi lozim. Agar bir nechta shaxs javobgar bo‘lsa, ularning jamiyat oldidagi
javobgarligi   solidar   javobgarlik   bo‘ladi.   Jamiyatga   zarar   etkazilishiga   sabab
bo‘lgan qarorga ovoz berishda ishtirok etmagan yoki ushbu qarorga qarshi ovoz
bergan jamiyat kuzatuv kengashi a’zolari, boshqaruv a’zolari javobgar bo‘lmaydi.
Jamiyat   yoki   u   joylashtirgan   aksiyalarning   hammasi   bo‘lib   kamida   bir   foiziga
egalik qiluvchi aksiyador (aksiyadorlar) jamiyatga etkazilgan zararlarning o‘rnini
qoplash to‘g‘risidagi da’vo bilan jamiyatning kuzatuv kengashi a’zosi, direktori
yoki boshqaruv a’zosi, shuningdek ishonchli boshqaruvchi ustidan sudga murojaat
qilishga haqli.


Rivojlangan   mamlakatlar   amaliyotida   top-menejerlarga   nisbatan   ham
javobgarlik choralari qat’iy belgilab qo‘yilganligi asosida  mamlakatimizda ham
bunday amaliyotga o‘tish ahamiyatga ega.
Ichki nazorat tizimida ichki audit xizmati va taftish komissiyasining samarali
faoliyat yuritishi aksiyadorlar uchun muhim sanaladi. Lekin bunda ichki nazorat
tizimining mustaqilligini ta’minlash muhim sanaladi. Aks holda ichki nazoratning
zaifligi kuzatuv  kengashi  va  boshqaruv  a’lozarining  noqonuniy xatti-harakatlari
yuzaga kelishiga va korporativ nizolarga olib keladi. Shundan kelib chiqqan holda
mamlakatimizdagi aksiyadorlik jamiyatlarida ham ichki audit xizmati va taftish
komissiyasi  faoliyatini samarali tashkil etish nuqtai nazaridan tegishli me’yoriy
hujjatlar qabul qilingan.
Korporativ   tortishuvlarga   nisbatan   sud   nazoratining   etarli   darajada
ixtisoslashmaganligi   ham   korporativ   nizolarga   sabab   bo‘lmoqda.   Korporativ
nizolarga   doir   muammolarni   to‘liq   hal   qilish   uchun   korporativ   tortishuvlarning
alohida   jihatlarini   chuqur   o‘rgangan   holda   samarali   sud   tizimi   amal   qilishini
ta’minlash muhim. Mamlakatimizda bu boradagi masalalarni hal qilish maqsadida
2006   yil   16   oktyabrda   O‘zbekiston   Respublikasining   “Hakamlik   sudlari
to‘g‘risida”gi Qonuni ham qabul qilingan va hakamlik (arbitraj) sudlari faoliyati
yo‘lga qo‘yilgan.
Korporativ nizolarni turli yondashuvlar asosida quyidagi mezonlar bo‘yicha
tasniflash mumkin (7.1-jadval):
7.1-jadval

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish