Ro`yxatga olindi: №


AMALIYOT DARSI UCHUN TOPSHIRIQLAR



Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/208
Sana11.11.2020
Hajmi1,74 Mb.
#52112
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   208
Bog'liq
Korporotiv Boshqaruv Maruza matni 2019 (pdf.io)11

AMALIYOT DARSI UCHUN TOPSHIRIQLAR
Nazorat savollari
1. Aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv tizimini baholash
yo‘nalishlarini sanab o‘ting.
2. Aksiyadorlik jamiyatlari tashkiliy tuzilmasining namunaviy tuzilmaga 
muvofiqligini baholash yo‘nalishlari.
3. Axborot siyosati bo‘yicha korporativ boshqaruv tizimini baholash.
4. Aksiyadorlik jamiyatlari moliyaviy natijalarining korporativ boshqaruv 
tizimini baholashdagi roli.
5. Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyat samaradorligini baholashda
qo‘llaniladigan asosiy ko‘rsatkichlar..
6. Xususiy kapital va qarz kapitali rentabelligi aniqlash tartibi.
7. Aktivlar rentabelligini aniqlash tartibi.
8. Likvidlilik koeffitsientlarini aniqlash tartibi.
9. Moliyaviy mustaqillik koeffitsientini aniqlash tartibi.
10. Dividend chiqishi koeffitsientini aniqlash tartibi.
11. Korporativ boshqaruv tazimini baholash mezonlari va yo‘nalishlari.
Testlar
1. Mamlakatimizda aksiyadorlik jamiyatlari korporativ boshqaruv tizimini 
baholash kimlar tomonidan amalga oshiriladi?
a) fond birjasi, qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari,
shtatida tegishli korporativ boshqaruvchi attestati bo‘lgan auditorlik tashkilotlari;
reyting agentliklari, Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazi;
b) aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan mustaqil yoki soliq maslahati
tashkilotlari;
c) iqtisodiyot vazirligi, moliya vazirligi, davlat raqobat qo‘mitasi;
d) investitsion fondlar, fond birjasi, soliq maslahati tashkilotlari.
2. Korporativ   boshqaruv   tizimini   baholashni   o‘tkazish   uchun   mustaqil
tashkilotni   tanlash   aksiyadorlik   jamiyati   qaysi   boshqaruv   organi   qarori   asosida
amalga oshiriladi?
a) kuzatuv kengashi;
b) aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi;
c) ijroiya organi;
d) taftish komissiya
3. Korporativ boshqaruv tizimini baholash yo‘nalishi noto‘g‘ri keltirilgan 
javobni belgilang.
a) xodimlar bilan mehnat munosabatlari tashkil etilish holati;


b) korporativ boshqaruv kodeksini joriy etishga tayyorgarlik jarayonini va 
kodeks tavsiyalariga amal qilinishini baholash;
c) axborot siyosatini baholash, moliyaviy natijalarni baholash;
d) MHXS va XASga muvofiq e’lon qilishga o‘tishni baholash.
4. Korporativ boshqaruv tizimini baholashda eng yuqori va eng past ball 
chegarasi qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?
a) 1200; –1200
b) 100; –100
c) 600; –600
d) 1000; –1000
5. Aksiyadorlik jamiyatlari namunaviy tashkiliy tuzilmasi qaysi qonunchilik 
hujjati bilan tasdiqlangan?
a) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.04.2015 yildagi №PF-4720 
sonli farmonida;
b) “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish 
to‘g‘risida”gi Qonunda;
c) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 22.12.2015 yildagi №PQ-2455 
sonli qarorida;
d) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 21.12.2015 yildagi №PQ-2454 
sonli qarorida.
6. Korporativ boshqaruv tizimini baholashda eng yuqori ball qaysi
yo‘nalishga ajratilgan?
a) axborot siyosatiga;
b) moliyaviy natijalarga;
c) namunaviy tashkiliy tuzilmaga muvofiqligiga;
d) faoliyatning boshqa yo‘nalishlariga.
7. Korporativ boshqaruv tizimini baholashda axborot siyosatini baholash 
aynan qaysi jihatlar bo‘yicha belgilangan?
a) davlat tilida, rus va ingliz tillarida aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatiga doir
axborotlarning   aksiyadorlik   jamiyati   saytida   va   boshqa   manbalarda   oshkor
qilinganligi;
b) tijorat sirining e’lon qilinganligi yoki maxfiylik ta’minlanganligi;
c) aksiyadorlik jamiyatlari haqida ommaviy axborot vositalarida muntazam 
maqolalar, ko‘rsatuvlar berilganligi;
d) korporativ boshqaruv tizimini baholashda axborot siyosatini baholash 
amalga oshirilmaydi.
8. Korporativ boshqaruv tizimini baholashda moliyaviy natijalarni
baholashda qaysi jihatlarga alohida e’tibor qaratiladi?
a) biznes-rejada belgilangan prognoz moliyaviy natijalarga erishilganligi;


b) raqobatchidan ustun kelinganligi;
c) bozor segmenti egallanganli;
d) aksiya kursi o‘zgarish darajasi.
9. Aksiyadorlik jamiyati sifatni boshqarish tizimida e’tibor qaratiladigan 
asosiy jihat qaysi javobda berilgan?
a) Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO) sertifikati olinganligi;
b) mahsulot sifati bo‘yicha iste’molchilar shikoyatlari mavjud emasligi;
c) xodimlar qo‘nimsizligi past darajada ekanligi;
d) bankrotlik ehtimoli mavjud emasligi.
10. Aksiyadorlik jamiyat korporativ boshqaruv tizimini baholash natijalari 
qanday holatda qoniqarli hisoblanadi?
a) 0 dan 600 ballgacha natija bilan baholanganda;
b) – 600 dan 0 ballgacha natija bilan baholanganda;
c) – 600 dan 600 ballgacha natija bilan baholanganda;
d) 600 dan 1200 ballgacha natija bilan baholanganda.
11. Samaradorlikning asosiy muhim ko‘rsatkichlarida EBITDA ko‘rsatkichi 
qaysi ko‘rsatkich?
a) foizlar, soliqlar va amortizatsiya chegirilmagan holatdagi foyda;
b) foizlar va soliqlar to‘langunga qadar foyda;
c) soliq to‘langunga qadar foyda;
d) sof foyda.
12. Samaradorlikning asosiy muhim ko‘rsatkichlari noto‘g‘ri berilgan
javobni ko‘rsating.
a) mahsulot tannarxi, inflyatsiya darajasi;
b) xarajat va daromadning o‘zaro nisbati, jalb qilingan kapital rentabelligi;
c) aksiyadorlik kapitali rentabelligi, aksiyadorlar investitsiyasi rentabelligi;
d) aktivlar rentabelligi, mutlaq likvidlilik va moliyaviy mustaqillik
koeffitsientlari

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish