Qo‘shimcha topshiriqlar
1. Aksiyadorlik jamiyatlari, shu jumladan ochiq tipdagi va yopiq tipdagi
aksiyadorlik jamiyatlarining afzalliklari va kamchiliklarini ko‘rsatgan holda
quyidagi T-sxemani to‘ldiring.
Afzalliklar
i
Kamchiliklari
Aksiyadorlik jamiyati
1.
1.
2.
2.
…
…
Ochiq tipdagi aksiyadorlik jamiyati
1.
1.
2.
2.
…
…
Yopiq tipdagi aksiyadorlik jamiyati
1.
1.
2.
2.
…
…
2. Aksiyadorlik jamiyati faoliyati bo‘yicha klaster shakllantiring.
3. Aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish bo‘yicha aniq ketma-ketlik asosida
sxema shakllantiring.
Aksiyadorlik
jamiyati
IV bob. AKSIYADORLIK JAMIYATLARIDA BOSHQARUV ORGANLARI
4.1. Aksiyadorlik jamiyatlari tashkiliy tuzilmasi va boshqaruv organlari
tarkibi
Aksiyadorlik jamiyatlari tashkiliy tuzilmasi tarmoq va faoliyat
xususiyatlaridan kelib chiqqan holda o‘zaro farqlanadi. Lekin moliyaviy
boshqaruvning tarkibiy tuzilishi bir muncha murakkab va ular faoliyatining
mamlakat iqtisodiy taraqqiyotidagi ahamiyatidan kelib chiqqan holda korporativ
moliyaviy boshqaruv tizimini takomillashtirish yuzasidan Birinchi Prezidentimiz
I.Karimov “Hozirgi kunda yurtimizda 90 dan ortiq davlatning xorijiy investorlari
ishtirokida tashkil etilgan 4 mingdan ziyod korxona muvaffaqiyatli faoliyat
ko‘rsatmoqda. Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan ushbu kompaniyalar
O‘zbekistonda ham, uning tashqarisida ham yaxshi ma’lum.
O‘zbekiston hududida to‘liq chet el kapitali va korporativ boshqaruvning
xorijiy usullariga asoslangan korxonalar muvaffaqiyatli faoliyat olib
bormoqda. Mazkur xorijiy kompaniyalar tajribalarini chuqur o‘rganishimiz va
ularning tahlili asosida korxonalarimiz uchun korporativ boshqaruvning
namunaviy tuzilmalarini yaratishimiz, real iqtisodiyotning barcha tarmoq va
sohalaridagi aksiyadorlik jamiyatlarining boshqaruv tizimini ayni shu asosda isloh
qilgan holda, ularni amaliyotga faol joriy qilishimiz zarur”
22
, deya ta’kidlab
o‘tgandilar. Shu boisdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 24
apreldagi “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini
joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni asosida aksiyadorlik
jamiyatining namunaviy tashkiliy tuzilmasi tasdiqlandi (4.1-rasm).
Amaldagi qonunchilik asosida tuzilgan tashkiliy tuzilmadan ko‘rinib
turibdiki, aksiyadorlik jamiyatlarida aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi, kuzatuv
kengashi va ijroiya organi boshqaruv organlari hisoblanadi. Nazorat organlari
sifatida esa taftish komissiyasi va ichki audit xizmati faoliyat yuritadi. Shuningdek
minoritar aksiyadorlar huquqlarini ta’minlash maqsadida to‘g‘ridan to‘g‘ri
aksiyadorlar umumiy yig‘ilishiga bo‘ysunuvchi minoritar aksiyadorlar qo‘mitasi
tashkil etilishi mumkin.
Keltirib o‘tilgan tashkiliy tuzilmadan ham ko‘rishimiz mumkinki, ijroiya
organi tarkibida moliya direktori, investitsiyalar va rivojlantirish bo‘yicha
direktorlar yangi namunaviy tuzilmaga kiritilgan, o‘z navbatida ularga
bo‘ysunadigan lavozimlar ham keltirilgan.
22
Karimov I.A. 2015 yilda iqtisodiyotimizda tub tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, modernizatsiya va diversifikatsiya
jarayonlarini izchil davom ettirish hisobidan xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikka keng yo‘l ochib berish – ustuvor
vazifamizdir. – T. “O‘zbekiston”, 2015. – 72 bet.
4.1-rasm. Aksiyadorlik jamiyatining namunaviy tashkiliy tuzilmasi
23
Aksiyadorlik jamiyati tashkiliy tuzilmalari, boshqaruv organlari tarkibi
aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tomonidan mustaqil belgilanadi va ustavda qayd
etiladi.
Rivojlangan davlatlar amaliyotida aksiyadorlik jamiyatlari tashkiliy
tuzilmalari korporativ boshqaruv modellari asosida belgilanadi. Shundan kelib
chiqqan holda hamda tarmoq xususiyatlari asosida aksiyadorlik jamiyatlarida
tashkiliy tuzilmalar o‘zaro farq qiladi. Va mos ravishda boshqaruv organlari ham
o‘zaro farq qilishi mumkin. Quyida AQSh, Buyuk Britaniya, Evropa ittifoqi va
Xitoyda kompaniyalar boshqaruv organlari xususida ma’lumotni keltiramiz (4.2-
rasm).
23
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 24 apreldagi “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv
uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni,1-ilova.
Bir pog‘onali
(AQSh, Buyuk
Britaniya)
Ikki pog‘onali
(Kontinental
Evropa)
Xitoy
Do'stlaringiz bilan baham: |