Ro`yxatga olindi: №



Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/208
Sana11.11.2020
Hajmi1,74 Mb.
#52112
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   208
Bog'liq
Korporotiv Boshqaruv Maruza matni 2019 (pdf.io)11

Aksiyadorlar 
umumiy yig’ilishi
Aksiyadorlar
umumiy
assembliyasi
Nazorat kengashi
Direktorlar
kengashi
Boshqaruv 
kengashi
Ijrochi direktorlar
va top-menejment
Ijrochi direktorlar
va top-menejment
Menejer va 
xizmatchilar
Menejer va 
xizmatchilar


tegishli bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlarida aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi 
o‘tkazilmasligini ham alohida ta’kidlash lozim.
Umumiy   yig‘ilishni   kuzatuv   kengashining   raisi,   u   uzrli   sabablarga   ko‘ra
bo‘lmagan taqdirda esa, kuzatuv kengashining a’zolaridan biri olib boradi.
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini o‘tkazish sanasi va tartibi, yig‘ilish
o‘tkazilishi haqida aksiyadorlarga xabar berish tartibi, aksiyadorlarning umumiy
yig‘ilishini   o‘tkazishga   tayyorgarlik   vaqtida   aksiyadorlarga   beriladigan
materiallarning (axborotning) ro‘yxati kuzatuv kengashi tomonidan belgilanadi.
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining vakolat doirasiga quyidagilar kiradi:
- jamiyat   ustaviga   o‘zgartish   va   qo‘shimchalar   kiritish   yoki   jamiyatning
yangi tahrirdagi ustavini tasdiqlash;
- jamiyatni qayta tashkil etish;
- jamiyatni tugatish, tugatuvchini (tugatish komissiyasini) tayinlash hamda
oraliq va yakuniy tugatish balanslarini tasdiqlash;
- jamiyat kuzatuv kengashining va minoritar aksiyadorlar qo‘mitasining son
tarkibini   belgilash,   ularning   a’zolarini   saylash   va   a’zolarning   vakolatlarini
muddatidan ilgari tugatish;
- e’lon qilingan aksiyalarning eng ko‘p miqdorini belgilash;
- jamiyatning ustav kapitalini ko‘paytirish;
- jamiyatning ustav kapitalini kamaytirish;
- o‘z aksiyalarini olish;
- jamiyatning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash, ijroiya organini tuzish, uning
rahbarini   saylash   (tayinlash)   va   rahbarning   vakolatlarini   muddatidan     ilgari
tugatish;
- jamiyat   taftish   komissiyasining   a’zolarini   (taftishchisini)   saylash   va
ularning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish, shuningdek taftish komissiyasi
(taftishchi) to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash;
- jamiyatning yillik hisobotini va yillik biznes-rejasini, shuningdek jamiyat
faoliyatining   asosiy   yo‘nalishlari   va   maqsadidan   kelib   chiqqan   holda   jamiyatni
o‘rta muddatga va uzoq muddatga rivojlantirishning aniq muddatlari belgilangan
strategiyasini tasdiqlash;
- jamiyatning foydasi va zararlarini taqsimlash;
- jamiyat kuzatuv kengashining va taftish komissiyasining (taftishchisining)
o‘z   vakolat   doirasiga   kiradigan   masalalar   yuzasidan,   shu   jumladan   jamiyatni
boshqarishga doir qonun hujjatlarida belgilangan talablarga rioya etilishi yuzasidan
jamiyat   kuzatuv   kengashining   hisobotlarini   va   taftish   komissiyasining
(taftishchisining) xulosalarini eshitish;
- jamiyat   tomonidan   korporativ   obligatsiyalar,   shu   jumladan   aksiyalarga
ayirboshlanadigan obligatsiyalar chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
- qimmatli qog‘ozlarning hosilalarini chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
- jamiyatning   korporativ   obligatsiyalarini   qaytarib   sotib   olish   to‘g‘risida
qaror qabul qilish;
- imtiyozli huquqni qo‘llamaslik to‘g‘risida qaror qabul qilish;


- aksiyalarni   joylashtirish   (qimmatli   qog‘ozlarning   birja   bozoriga   va
uyushgan birjadan tashqari bozoriga chiqarish) narxini belgilash;
- aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining reglamentini tasdiqlash;
- aksiyalarni maydalash va yiriklashtirish;
-
jamiyatning   ijroiya   organiga   to‘lanadigan   haq   va   (yoki)
kompensatsiyalarni, shuningdek ularning eng yuqori miqdorlarini belgilash;
- sho‘’ba   va   tobe   xo‘jalik   jamiyatlari   bo‘yicha,   birlashish,   qo‘shib   olish,
ajralib chiqish bo‘yicha bitimlar tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
- qonun hujjatlariga muvofiq boshqa masalalarni hal etish.
Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishida jamiyatning kuzatuv kengashini
va   taftish   komissiyasini   (taftishchisini)   saylash   to‘g‘risidagi,   jamiyatning
yakkaboshchilik   asosidagi   ijroiya   organi   (direktor),   kollegial   ijroiya   organining
a’zolari,   ishonchli   boshqaruvchi   bilan   tuzilgan   shartnomaning   muddatini
uzaytirish, uni qayta tuzish yoki bekor qilish mumkinligi haqidagi masalalar hal
etiladi, shuningdek jamiyatning yillik hisoboti jamiyat ijroiya organi va kuzatuv
kengashining jamiyatni rivojlantirish strategiyasiga erishish bo‘yicha ko‘rilayotgan
chora-tadbirlar to‘g‘risidagi hisobotlari va boshqa hujjatlari ko‘rib chiqiladi.
Aksiyadorlar  umumiy  yig‘ilishining   vakolat  doirasiga   kiritilgan   masalalar
ijroiya organ hal qilishi uchun berilishi mumkin emas. Lekin aksiyadorlar umumiy
yig‘ilishining   vakolat   doirasiga   kiritilgan   quyidagi   masalalar   kuzatuv   kengashi
zimmasiga yuklatilishi mumkin:
- jamiyatning ustav kapitalini ko‘paytirish, shuningdek ustavga jamiyatning
ustav kapitalini ko‘paytirish hamda jamiyatning e’lon qilingan aksiyalari sonini
kamaytirish bilan bog‘liq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish;
- aksiyalarni   joylashtirish   (qimmatli   qog‘ozlarning   birja   bozoriga   va
uyushgan birjadan tashqari bozoriga chiqarish) narxini belgilash;
- korporativ   obligatsiyalar,   shu   jumladan   aksiyalarga   ayirboshlanadigan
obligatsiyalar chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
- qimmatli qog‘ozlarning hosilalarini chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
- korporativ obligatsiyalarini qaytarib sotib olish to‘g‘risida qaror  qabul
qilish;
- jamiyatning ijroiya organini tuzish, uning rahbarini saylash (tayinlash),
rahbarning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish;
- jamiyatning ijroiya organiga to‘lanadigan haq va kompensatsiyalar
miqdorlarini belgilash;
- yillik biznes-rejani tasdiqlash.

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish