Deratizatsiya – kemiruvchilarga qarshi kurash chora-tadbirlaridir.
Deratizatsiya mexanik, kimyoviy va biologik usullarda amalga oshiriladi.
Mexanik usulda qopqonlardan foydalaniladi.
Kimyoviy usulda zaharlangan ovqatlar bilan zaharlaniladi (margimush).
Biologik usulda ularning tabiiy dushmanlaridan foydalaniladi yoki ular o‘rtasida epizootiya tarqatiladi.
Zararsizlantirish tadbirlari faqat odamlar borishi mumkin bo‘lgan ob’ektlardagina o‘tkaziladi. Qolgan hududlar o‘z – o‘zidan zararsizlanadi: radioaktiv moddalar o‘z-o‘zidan parchalanadi va radiatsiya darajasi pasayadi, zaharlovchi moddalar bug‘lanadi, quyosh nuri ta’sirida mikroblar o‘ladi. SHaroit va vositalarning mavjudligiga qarab, zararsizlantirishni o‘tkazish to‘la va qisman bo‘lishi mumkin. Qisman zararsizlantirish o‘tkazilganda predmetlarning faqat odam tegishi mumkin bo‘lgan joylarigina zararsizlantiriladi.
Zararsizlantirish ishlarini olib borishda
xavfsizlik choralari.
Dezaktivatsiya, degazatsiya, dezinfeksiya ishlarini olib boruvchi kishilar o‘zlarini zararsizlanishdan saqlash choralariga rioya qilishlari shart. SHaxsiy himoya vositalaridan foydalanish shart. Ishlayotgan vaqtda zaruriyati bo‘lmagan choqlarda zararlangan predmetlarga tegish mumkin emas, zararlangan joyda suv ichish, ovkatlanish, xojatga borish ta’qiqlanadi. Ish tamom bo‘lgandan keyin foydalanilgan buyumlar yig‘ib yo‘qqilinadi, odamlar esa to‘liq sanitar obrabotkasidan o‘tishlari shart.
RM bilan zararlangan tuman hududlarida ishlaganda VKP 50A shaxsiy dozimetrlar yordamida, shuningdek radiatsiya darajasiga qarab, taxminiy hisoblab, nurlanishni kontrol kilib boriladi.
Sanitar obrabotkasi.
Germetik boshpana va pana joydan tashqarida, zararlangan territoriyada qolgan hamma aholi, shuningdek zararlanganlar maxsus sanitariya obrabotkasidan o‘tishlari shart. Sanitariya obrabotkasi 2 elementdan iborat:
Odamlarning terisi, shilliq pardalarini sanitariya obrabotkasidan o‘tkazish.
Kiyimlar, poyabzal, himoyaning shaxsiy vositalari va boshqalarni dezaktivatsiyalash, degazatsiyalash va dezinfeksiyalash. Sanitariya obrabotkasi RM, ZM va bakteriologik vositalarning organizmga ta’sirini oldini olish va to‘xtatish maqsadida o‘tkaziladi.
Sanitar obrabotkasi to‘la va qisman bo‘ladi. Aholi o‘rtasida qisman sanitariya obrabotkasi o‘ziga va o‘zaro yordam tariqasida, shuningdek sanitariya postlari va drujinalari tomonidan o‘tkaziladi.
RM bilan zararlangan territoriyada qisman sanitar obrabotkasi radioaktiv changlarni kiyim-boshdan qoqib tashlash, poyabzal va himoya vositalaridan supurib tashlash yo‘li bilan o‘tkaziladi. Bunda protivogazni echish mumkin emas. Zararlangan joydan chiqqan zahoti radioaktiv changni supurib tashlash yoki qoqib tashlash zarur. Buning uchun plashch, palьto yoki boshqa ustki kiyim sekin echiladi va ularni RM dan qoqib, uchragan narsalar bilan supurib tashlanadi. Bu vaqtda o‘zini va atrofdagilarni zararlamaslik uchun shamolga teskari qarab turish kerak.
ZM dan zararlanganda qisman sanitar obrabotkasini tezda zararlangan territoriyaning o‘zida o‘tkazish lozim. Qisman sanitar obrabotkasi ximiyaviy moddalarga qarshi individual paket(IPP) yoki PXS sumkasi yordamida o‘tkaziladi. Ko‘rsatilgan vositalar topilmaganida tananing ochiq joylarini xlorli ohak eritmasi, xloraminning suvdagi eritmasi yoki dixloraminning suv – spirtdagi eritmasi bilan tozalash zarur. Hamma kiyim zaharlovchi modda bug‘ini va aerozollarni shimib olganligi sababli zararlangan joydan chiqib olgandan keyin kiyimlarni echib almashtirib olish kerak. Tananing ochiq joylarini tozalab keyin protivogazni echish mumkin.
Bakterial aerozollardan zararlanganda tananing ochiq joylarini, himoya vositalarini, kiyimlarini va poyabzalni dezinfeksiyalovchi eritmada ho‘llangan latta bilan artiladi. To‘la sanitar obrabotkasini o‘tkazmaguncha protivogazni echish mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |