Differensial tashxis- suvchechak, qizamiq, belbog‘simon temiratki, vezikulyoz gematorikketsioz, emlangandan keyingi toshma.
Davolash. CHechakni maxsus davolash–chechakka qarshi gamma-globulindir. U muskul orasiga Bezredko usulida 10-15 ml 1-3 marta yuboriladi.
Septik asoratlarni oldini olish va yiringlash davri engilroq kechishi uchun tetrassiklin qatoridagi antibiotiklar, levomitsetin, penitsillin, streptimitsin qo‘llani ladi. Reaktivlikni oshirish, dezintoksikatsiya va desensebilizatsiya uchun nospetsifik gamma-globulin (15ml) hamda antigistamin dorilar beriladi. Gemorragik forma va kol lapsda kortikosteroidlar qo‘llaniladi. Simptomatik davolash-analgin, amidopirin, kardiotonik vositalar beriladi.
Profilaktikasi. CHin chechak karantinli infeksiya hisoblanadi. CHin chechakli be mor va bu kasallikka gumon qilingan bemorlar qat’iy izolyasiya qilinishi, klinik va laborator tekshirilishi va maxsus statsionarda davolanishi kerak. Tibbiy xodim hi moya kiyimida bo‘lishi zarur. Bemor kiyimlari, o‘rin-ko‘rpalari, bemor yotgan xona, u ish latgan idish-tovoqlar dezinfeksiya qilinadi. Bemor bilan kontaktda bo‘lganlar 17 kun ga karantin saqlaydilar. Ular chin chechakka qarshi emlanadi. Ularga bir marotaba donor immunoglobulini 3 ml yuboriladi.
Nazorat savollari:
1. Bakteriologik qurol va uni qo‘llash usullari
2. Bakteriologik o‘choq
3. Observatsiya va karantin
4. O‘ta xavfli yuqumli infeksiyalar
5. Vabo kasalligi
6. Kuydirgi kasalligi
7. O‘lat kasalligi
8. CHinchechak kasalligi
6-Mavzu.Sanitar obrabotkasi, zararsizlantirish turlari va usullari.
Reja:
To‘la va qisman sanitariya obrabotkasi.
Dezinfeksiya turlari, usullari va vositalari.
Dezinseksiya va deratizatsiya usullari va vositalari.
Dezaktivatsiya va degazatsiya usullari va vositalari.
Tayanch so‘z va iboralar: sanitariya obrabotkasi, dezinfeksiya, dezinseksiya, deratizatsiya, dezaktivatsiya, degazatsiya.
Radioaktiv moddalar, zaharli moddalar va biologik vositalar bilan zararlangan hudud, oziq-ovqat, suv, em-xashak va boshqa zararsizlan tirilmaguncha foydalanish uchun xavfli hisoblanadi. Zararlanishning turiga qarab, zararsizlantirish 3 ga bo‘linadi: dezaktivatsiya, degazatsiya va dezinfeksiya.
Dezaktivatsiya – zararlangan ob’ektlardan radioaktiv moddalarni yo‘qotishdir. Dezaktivatsiya – 2 xil usul bilan qilinadi:
Mehanik usul - Ob’ektlarning ustki qismini supurish, qoqish, suv oqimi bilan yuvish, ho‘llangan latta bilan artish mexanik usul hisoblanadi.
Fizik-ximiyaviy usul - kuchli yuvish xususiyatiga ega bo‘lgan eritmalardan foydalanishga asoslangan: SF-2, SF-2U poroshogi, OP-7, OP-10 yuvuvchi moddalari (emulьgatorlar).
Oziq-ovqatni dezaktivatsiya qilish uchun ustki zararlangan qismi olib tashlanadi, suvni dezaktivatsiya qilish uchun tindirish yoki maxsus filьtrlovchi yordamida filьtrlanadi. Kiyim va boshqa engil narsalarni qoqish, щetka yoki chang so‘rg‘ich bilan tozalash orkali dezaktivatsiya qilinadi. Asfalьtlangan ko‘chalarni, hovlilarni dezaktivatsiya qilish mashina va qo‘l bilan supirish, so‘ngra suv sepuvchi mashina va shlang bilan yuvish orqali o‘tkaziladi. Tuproqli erlarni dezaktivatsiya qilish erning ustki qatlamini 5-7 sm chuqurlikda bulьdozer, greyder yoki belkurak bilan qirishtirish, chopiqqilish orqali o‘tkaziladi. Dezaktivatsiya qilingandan so‘ng radiaktiv moddalar yul qo‘yish mumkin bo‘lgan darajagacha yo‘qotilganiga ishonch hosil qilish uchun, albatta dozimetrik kontrol o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |